01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 12:11
Jamiyat 👁 248

Hokim va yoshlar uchrashuvi: muammolar va takliflar tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi

Hokim va yoshlar uchrashuvi: muammolar va takliflar tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi

Yoshlar – har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom maʼnoda, Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir. Bugun yurtimizda ularning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashlari uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Shuningdek, ularning hayotida uchrayotgan maishiy muammolarini hal qilish, ijobiy yechim topish, taklif va fikrlarini oʻrganish maqsadida muntazam ravishda “hokim va yoshlar” uchrashuvlari oʻtkazilib kelinmoqda. Amudaryo tumanining Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan tuman hokimining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi ham ayni shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tegishli tashkilot masʼullari hamda ovul hududida istiqomat qiluvchi 30dan ortiq faol yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, ularni yanada gʻayrat-shijoat bilan olgʻa intilishga, Vatan koriga yaraydigan munosib farzand boʻlishga daʼvat qildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgust kungi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnalogiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushintirishlar berib oʻtdi.

Qayd etilganidek, yosh tadbirkorlarga ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish uchun zarur asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali 7-yil muddatga qarz mablagʻlari taqdim etiladi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2022-yil yakuniga qadar qoʻshimcha ravishda 200 mlrd. soʻm kredit resurslari ajratiladi.

Shu bilan birga, faqat qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun Oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha qabul kvotalari ajratilgani yoshlar uchun katta imkoniyatdir. Bu yoshlarimizning oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olib, zamon talablariga mos kadrlar boʻlib yetishishiga imkoniyat yaratadi.

Yigʻilishda tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov yoshlarning hech bir murojaatlari eʼtibordan chetda qolmasligini, tadbirkorlik qilib, oilasiga qoʻshimcha daromad keltirishni istovchi yoshlarga hokim yordamchilari tomonidan amaliy yordamlar koʻrsatilib kelinayotganini aytib oʻtdi.

Uchrashuv davomida ovul yoshlaridan taʼlim sohasi bilan bogʻliq murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, kontrakt toʻlovining bir qismi qoplab berilishi boʻyicha qilingan murojaat hamda qizlarga kontrakt toʻlovini toʻlashi uchun 7-yil muddatga ajratiladigan foizsiz kredit ajratilishi masalasida murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berilib, bu boradagi tartib-taomillar haqida axborot berildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari bilan birgalikda takliflari ham tinglandi hamda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimiga murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026