16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 00:14
Jamiyat 👁 352

MUDDATLI HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChILARNI SARALASh DAVOM ETMOQDA

MUDDATLI HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChILARNI SARALASh DAVOM ETMOQDA

Mamlakatimizda mudofaa salohiyatini yuksaltirish maqsadida sohada islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan 2021-yil 30-sentyabrda imzolangan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunga muvofiq harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tanlab olish jarayonlari ham oʻzgardi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatchi chaqirilayotgan fuqarolarni harbiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman, shahar mudofaa ishlari boʻlimidagi hududiy tibbiy komissiyalar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida harbiy tibbiy komissiyalar tashkil etildi.

Hududiy tibbiy komissiyalar tomonidan sogʻligʻi darajasi boʻyicha harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilar butlash komissiyasida suhbatdan oʻtkazilib, sogʻligʻining darajasi, jismoniy tayyorgarligi, fikrlash qobiliyati va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni qoʻshin turlariga tayinlash boʻyicha qaror qabul qilinmoqda.

Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi xizmatchilari tumanimizning 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan chaqiriluvchilarni navbatdagi 2023-yilgi chaqiruvga tayyorlash boʻyicha tizimli oʻrganish ishlarini amalga oshirayotir. Oʻrganish ishlari 2022-yilning 10-avgustidan boshlandi va 2023-yilning 10-fevraligacha davom etadi.

Shu kungacha muddatli harbiy xizmatga 100 nafar chaqiriluvchi rejim komandalariga tayinlandi.

Ayni kunda ham harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tanlov asosida qabul qilish uchun sinovlar davom etmoqda. Davlatimiz Qurolli Kuchlari safini jismonan baquvvat, bilim darajasi yuqori, oʻz yurtining tinchlik-osoyishtaligiga oʻzini daxldor deb hisoblaydigan, maʼnaviyatli oʻgʻlonlar bilan butlash maqsadida oʻtkazilayotgan tanlovlar uchta bosqichni tashkil etadi.

Harbiy xizmatga chaqiriluvchilar yaʼni 1996-2005-yilda tugʻilgan yigitlar dastlab umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha sinovdan oʻtadilar. Bunda ular 100 metr, 300 metr masofaga yuugurish, turnikda tortilish mashqlarini bajaradilar. Ikkinchi bosqichda chaqiriluvchilar bilan yakka suhbat oʻtkazish orqali bilim darajasi, oilaviy ahvoli oʻrganiladi. Ushbu sinovlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtashga loyiq deb topilgan chaqiriluvchilar komandalarni butlash komissiyasiga tavsiya qilinadi. Butlash komissiyasi ularning qiziqishlari, intilishlari va salohiyatini hisobga olgan holda yakuniy qaror qabul qiladi.

Tuman mudofaa boʻlimi xodimlari oʻsib kelayotgan yosh avlodning Qurolli kuchlar saflarida xizmat qilishga munosib boʻlib voyaga yetishlariga hissa qoʻshish maqsadida tumanimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida vatanparvarlik mavzusida koʻpgina tadbirlar oʻtkazmoqda va ularning harbiy sohaga qiziqishlarini oshirishga erishmoqda.

Harbiy xizmat – har bir yigitning sharafli burchidir. Oʻz Vatanini sevgan yigitlar uning osoyishtaligini asrashga doimo shay boʻladi.

Qahramon AHMEDOV, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi chaqiruv boʻlinmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019