MAKTABDA VATANPARVARLIK DARSI OʻTILDI
Kelajagimiz vorislarini ona Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbida mardlik, jasurlik, shijoat va matonat tuygʻularini kamol toptirish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri sanaladi.
Shu sababli umumtaʼlim maktablarida vatanparvarlik soatlari tashkil etilib, Vatanimiz tinchligini asrash yoʻlida olib borilayotgan islohotlar va bu saʼy-harakatlardan koʻzlangan ulugʻvor maqsadlar xususida maʼlumotlar berib boriladi.
Shu yil 6-oktyabr kuni 36-sonli maktabda tuman Qoʻriqlash boʻlimi xodimi M.Yaxshimuradov bir soatlik dars davomida oʻquvchi-yoshlarga vatanparvarlik tuygʻusi, yurt ozodligi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimiz jasorati, dunyoda kechayotgan turli mafkuraviy tahdidlar, ularga qarshi maʼnaviy immunitetni mustahkamlashda kitobxonlikning ahamiyati kabilar toʻgʻrisida soʻzladi.
Aytish joizki, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi umumiy tarbiyaning tarkibiy qismi boʻlib, yoshlarda Vatanni fidokorona himoya qilishga tayyorlik va bunga qodirlikni shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek ulugʻ maqsadga erishish yoʻlida asosiy tayanchimiz boʻlgan azm-u shijoatli yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.
Yoshlar qalbida mardlik, jasurlik, shijoat va matonat tuygʻularini kamol toptirish maqsadida oʻtkazilgan vatanparvarlik darsi oʻquvchilarga juda manzur boʻldi.
E.Yusupov, tuman Qoʻriqlash boʻlimi
Texnik qoʻriqlash markazi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶