01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 11:23
Jamiyat 👁 598

TARAQQIYoT YOʻLIGA JIDDIY TOʻSIQ BOʻLUVChI VA JAMIYaT RIVOJIGA TAHDID SOLUVChI ASOSIY ILLAT – BU KORRUPTsIYaDIR

TARAQQIYoT YOʻLIGA JIDDIY TOʻSIQ BOʻLUVChI VA  JAMIYaT RIVOJIGA TAHDID SOLUVChI  ASOSIY ILLAT – BU KORRUPTsIYaDIR

 

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev oʻz faoliyati boshidan jamiyatimizda korruptsiyani yoʻqotish boʻyicha huquqiy asoslarni yaratishga katta eʼtibor qaratdi. 

Shavkat Mirziyoyevning 2016-yilgi saylovoldi dasturida korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini samarali yechish ustuvor vazifalardan biri boʻlib qolishi taʼkidlangan.

Shuningdek, Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan kiritilgan «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonun 2016-yili 24-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, bu qonun 2016-yil 13-dekabrda Senat tomonidan maʼqullandi.

2017-yili 3-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti «Korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida»gi qonunni imzoladi.

Ushbu qonunga koʻra, Korruptsiyaga quyidagicha taʼrif berildi, yaʼni korruptsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish boʻlib hisoblanadi.

 Bundan tashqari, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini taʼminlash ekanligi belgilandi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti etib belgilandi.

Keyinchalik, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan 2017- 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.

Ushbu harakatlar strategiyasining ikkinchi yoʻnalishi, yaʼni qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarning biri sifatida korruptsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korruptsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish belgilandi.

2019-yil 27-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-sonli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonning 1-ilovasiga koʻra, “2019-2020-yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish» davlat dasturi tasdiqlanib, dasturda 4 ta yoʻnalishda 35 banddan iborat vazifalar belgilab berilgan boʻlib, ular quyidagilardir:

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarini bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini taʼminlash;

Korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik.

Bundan tashqari, mazkur Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari rahbarlik qiluvchi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha maxsus komissiya tuzildi.

2020-yili 29-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilib, ushbu agentlikning vakolatlari, huquq va majburiyatlari, vazifalari belgilab berildi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy idoralararo komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari etib qayta tashkil etilib, agentlik Milliy kengashning ishchi organi etib belgilandi.

Oʻzbeksiton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yili
6-noyabr kuni lavozimga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqida kelasi besh yilda asosiy vazifalarni belgilash, «Harakatlar dasturidan - Taraqqiyot strategiyasi sari» degan asosiy gʻoyani amalga oshirishda korruptsiya masalasiga toʻxtalar ekan, soʻnggi besh yilda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga olib chiqilganligini taʼkidlab, Prezident «Bundan buyon ham taraqqiyot kushandasi boʻlgan ushbu illatga barham berishga davlat va jamiyatning barcha kuch va vositalarini safarbar etamiz. Bu borada aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan cheklanib qolmasdan, tizimli preventiv choralarni koʻrish zarur. Shu asosda korruptsiyaning nafaqat oqibatlarini, balki sabablarini oldindan bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan choralar amalga oshiriladi.” deya taʼkidladi.

Prezidentning ushbu fikrlari, yaʼni korruptsiyaning oldini olishda aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan cheklanib qolmasdan, tizimli preventiv chora-tadbirlarni koʻrish, yaʼni korruptsiyaning sabablarini barvaqt barataraf etish boʻyicha taʼsirli choralarni amalga oshirish kelasi besh yilda amalgaa oshiriladgan davlat siyosatining yoʻnalishlarini belgilab berdi deb hisoblayman.

Aynan ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvar kuni “Korruptsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-sonli qarori qabul qilinib, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan Korruptsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish va korruptsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash quyidagi beshta yoʻnalish boʻyicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshirilishi belgilandi:

davlat tashkilotlarida korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tatbiq etilganligi;

korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;

davlat tashkilotlari rahbarlarining korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatni koʻrsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;

xodimlarning korruptsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;

korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining samaradorligi.

Reyting baholash tizimining barcha sohalarga tatbiq etilishi jamiyatimizda korruptsiyaviy holatlarni boʻldirmaslikka, soha rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.

Qayrat Qipshakbayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026