01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:42
Jamiyat 👁 261

JINOYaTChILIKNING OLDINI OLISh MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

JINOYaTChILIKNING OLDINI OLISh MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

Amudaryo tumanida jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va galdagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Shu yil 30-oktyabr kuni tuman hokimligi binosida boʻlib oʻtgan mazkur yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rajabov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman prokurori, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va masʼullari ishtirok etishdi. Shuningdek, hokim oʻrinbosarlari, sektorlar, tegishli davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari ham qatnashishdi.

Yigʻilishda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, bu borada tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlarining hamkorligi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga doir masalalar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, joriy yilning 9 oyi davomida tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan hududda tinchlikni saqlash, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlash, sodir etilgan jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning, shuningdek, har qanday favqulodda hodisalar sodir etilishining oldini olish borasida jamoatchilik vakillari va boshqa masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator tezkor-profilaktik tadbirlar amalga oshirilgan. Ammo olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlarga qaramasdan Amudaryo tumani hududida joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida jami jinoyatlar soni 22,5 foizga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 38,9 foizga, iqtisodiy sohadagi jinoyatlar 3,1 foizga oshgan. Boshqa sohadagi jinoyatlar esa 10,7 foizga kamayishiga erishilgan.

Bundan tashqari, tumandagi 37 ta ovul va mahallalarda voyaga yetmaganlar, guruhlar, muqaddam sudlanganlar, xotin-qizlar, ishsizlar va yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 52 tani tashkil qilgan. Shunga koʻra, tuman hududidagi 49 ta mahallalarning 22 tasi “qizil”, 7 tasi “sariq” toifalarga ajratilgan. 20 ta ovul yoki mahallada esa umuman jinoyat sodir qilinmagani bois “yashil” toifaga kiritilgan.

Yigʻilishda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda kuzatilayotgan ayrim kamchiliklar sohadagi islohotlarga soya solayotgani eʼtirof etildi. Shu sababli huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, jinoyatlarning oldini olish, jinoyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish, tezkor qidiruv va tergovdagi tizimli kamchiliklar tanqidiy muhokama etildi.

Jinoyat va huquqbuzarliklar aksariyat hollarda oila va oddiy maishiy munosabatlar zamirida kelib chiqqani, qarindosh-urugʻlar, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasidagi nizolar toʻliq bartaraf etilmayotgani, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish borasidagi kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi. Ilgari sudlangan shaxslar tomonidan va mast holda jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar taʼsirchanligini oshirish kerakligi tilga olindi.

Yigʻilish davomida fuqarolar yigʻinlari hamda profilaktika inspektorlari faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlar koʻrib chiqildi. Yoshlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishda tuman hokimligi, Xalq taʼlimi, Ichki ishlar boʻlimi, Yoshlar agentligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Shuningdek, jinoyatni hisobga qoʻyish, tezkor qidiruv va tergovdagi kamchiliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ayrim xodimlari tomonidan inson huquqlarini poymol etish holatlariga chek qoʻyish borasida masʼullar oldiga aniq vazifalar qoʻyildi.

Yigʻilish yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar eʼtiborga olingan holda aholi tinchligini taʼminlashdagi nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf etish, davlatimiz rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldiga qoʻygan vazifalarni bajarish boʻyicha aniq tadbirlar belgilab olindi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026