01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:42
Jamiyat 👁 403

Tuman hokimligining nuroniylar, yoshlar va barcha amudaryoliklarga “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasidagi “dolzarb 40 kunlik”ni munosib tarzda oʻtkazish boʻyicha MUROJAATI

Tuman hokimligining nuroniylar, yoshlar va barcha amudaryoliklarga “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasidagi “dolzarb 40 kunlik”ni munosib tarzda oʻtkazish boʻyicha  MUROJAATI

Hurmatli yurtdoshlar!

Azal-azaldan ota-bobolarimiz yaxshi niyatlar bilan koʻchat ekishib, farzandlarining kamolini shu ekilgan koʻchatlarning unib-oʻsishi bilan bogʻlashgan. Necha ming yillik ushbu qadriyatlarimiz bugungi kunda – iqlim oʻzgarishlari, ekologik muammolar sharoitida har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida boshlangan “Yashil yillik” umummilliy tadbirlari ana shu ming yillik qadriyatlarimiz davom etayotganining, tabiat oldidagi, kelgusi avlodlar oldidagi burchni his qilishdek insoniy fazilatning amaldagi ifodasidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-oktyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bu yil yakunigacha 75 million dona, kelgusi yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali koʻchatlar ekish vazifasi qoʻyilgan edi.

20-oktyabrdan 1-dekabrgacha koʻchat ekish boʻyicha mamlakatimiz boʻylab “dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi. Ushbu ekologik loyiha doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta koʻchatini ekish, shu orqali mamlakatimiz yashil maydonlarini amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

Agar har bir fuqaro, ovul va mahalla ahli, har bir korxona, muassasa, davlat va nodavlat tashkiloti xodimi ushbu ezgu ishga hissa qoʻshsa, yurtimizda yashil hududlar maydoni yanada kengayib, ekologik holat ancha yaxshilanadi.

Aziz nuroniylar, otaxonu-onaxonlar!

Ajdodlarimiz azaldan “Birni kessang, oʻnni ek”, deya tabiatni asrashga, yaratuvchilikka daʼvat etib kelgan. Har qanday ezgu ishda targʻibotning oʻrni alohida. Shunday ekan, daraxt ekishning savobini, iqlim oʻzgarishi va ekologik falokatlarning oldini olishdagi ahamiyatini yoshlarga, aholiga tushuntirish orqali ushbu xayrli ishga oʻzingiz bosh-qosh boʻlishingizga ishonamiz!

Aziz onaxonlar, qadrli ayol-qizlar!

Siz millat salomatligi, avlodlar davomiyligi, farzandlarimiz kelajagi haqida hammadan ham koʻproq qaygʻurasiz. Shunday ekan, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasidagi “dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etib, koʻkalamzorlashtirish va koʻchat ekish ishlariga hissa qoʻshing. Zero, sogʻlom farzandlar dunyoga kelishi hamda ularning barkamol boʻlib voyaga yetishi atrof-muhit musaffoligiga koʻp jihatdan bogʻliq.

Aziz yoshlar!

Yurtimiz ravnaqi Siz kabi vatanparvar yoshlar qoʻlida. Yurtboshimizning Sizga bildirgan ishonchini har qadamda, har jabhada sidqidildan oqlash uchun xalqimizga kamarbasta boʻlmogʻingiz lozim. Zero yoshlar – ulkan ummon, yoshlik kuch-qudrat, gʻayrat-shijoat pallasidir.

Ishonamizki, Siz yerga qadagan  har bir nihol kun kelib katta daraxtga aylanadi. Uning mevasidan yoki soyasidan odamlar, jonzotlar rohat olsa, quyoshda toblangan yam-yashil barglaridan atmosfera tozalanadi, atrof-muhit poklanadi, chuqur ildiz otgan tomiridan esa tuproq mustahkamlanadi, namligi saqlanadi.

Shunday ekan, har biringiz mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekib, mehr bilan parvarishlang. Ekkan nihollaringiz oʻzingiz bilan baravar oʻsib, rivojlanib, azim daraxtlarga aylansin!

Qadrli yurtdoshlar!

Keyingi paytlarda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻronlari va noodatiy ob-havo iqlim oʻzgarishining nishonalaridir. Bu esa daraxt ekish va yashil hududlar maydonini koʻpaytirishning naqadar dolzarbligini, bu xayrli ishga katta masʼuliyat va alohida eʼtibor bilan yondashish zarurligini koʻrsatmoqda.

Haqiqatan ham, yashil oʻrmonlar, daraxtzorlar tashkil etilishi Orolning qurishi oqibatida mintaqamizda yuzaga kelgan ogʻir ekologik muammolarni yumshatishda, atrof-muhit musaffoligini saqlashda muhim oʻrin tutadi.

Shunday ekan, barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, “Yashil makon” umummilliy dasturida faol ishtirok etib, hovlimiz, koʻchamiz va ishxonamiz atrofiga, ovul yoki mahallamiz hududiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekaylik!

Xalqimizda “Yaxshidan bogʻ qoladi” degan ibora bejiz aytilmagan. Kelgusi avlodlar soʻlim bogʻlar, goʻzal tabiat va musaffo osmon uchun bizdan minnatdor boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026