01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:43
Jamiyat 👁 229

KOʻChAT EKIB BOGʻ YaRATSAK, TABIAT MUSAFFO BOʻLADI

KOʻChAT EKIB BOGʻ YaRATSAK, TABIAT MUSAFFO BOʻLADI

Yaxshi niyat bilan koʻchat ekish, bogʻ-rogʻlar yaratish ota-bobolarimizdan kelayotgan yaxshi udumlardan biri, milliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Dunyo miqyosidagi global muammoga aylanib borayotgan ayni paytdagi ekologik vaziyatda yerga nihol qadash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotganini bugun davrning oʻzi koʻrsatmoqda.

Shu kunlarda yurtimiz boʻylab, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan boshlangan ezgu anʼana – “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻchat ekish ishlari yana davom etmoqda.

Tumanimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumida 1 mln. 159 ming dona manzarali va mevali daraxtlar koʻchatlari ekish rejalashtirilgan. Shunga koʻra 2021-yil noyabr va dekabr oylarida 434 ming 600 dona manzarali va mevali daraxtlar koʻchatlari ekildi. Joriy yil bahor mavsumida esa 724 ming 400 dona manzarali va mevali daraxtlar koʻchatlari ekildi. Kuz mavsumi davomida esa 412 ming 800 dona manzarali va mevali daraxtlar koʻchatlari ekilishi koʻzda tutilgan sababli tumandagi barcha korxona-tashkilotlar  fuqarolar yigʻinlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer xoʻjaliklari bu ezgu ishlarda faol qatnashishmoqda. 

Tuman hududiga Qoraqalpogʻiston iqlim sharoitiga mos keluvchi daraxt koʻchatlari tanlab olinib ekilmoqda. Koʻchatlar asosan tumandagi Oʻrmon xoʻjaligi issiqxonasida yetishtirilmoqda. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan  ham maxsus issiqxonalarda  10 000 dona terak qalamchalari parvarish qilinib, kelgusi yilgi bahor mavsumi uchun tayyorlanmoqda. Ushbu daraxt koʻchatlarining oʻsishiga, rivojlanishiga, sugʻorish va agrotexnik ishlovlariga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Loyiha doirasidagi mevali va manzarali daraxt koʻchatlarining ekilishini va hisobotini yuritish boʻyicha maxsus shtab tashkil etilgan. Ushbu shtab masʼullari tomonidan barcha ekilgan koʻchatlar «Yashil makon» platformasiga kiritilib,  hisoboti yuritilib borilmoqda.

Hozirda atmosfera  asosan, avtotransport vositalari,  turli zavod-fabrikalar va shu kabi qurilmalar  chiqarayotgan chiqindi gazlar sababidan ifloslanmoqda. Biz atmosferani tozalaydigan, qayta havo ishlab chiqarib beradigan tabiiy imkoniyatlardan keng foydalanishimiz lozim. Barchaga maʼlumki, oʻsimlik va daraxtlar kislorod ishlab chiqaruvchi eng qulay va zararsiz vositadir.

Shunday ekan, koʻchat ekib, bogʻ yaratishga, atrof-muhitni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga har birimiz imkon boricha hissa qoʻshishimiz darkor.

Gʻ.Iskandarov.  I.Kenjaboyev, Amudaryo tumani ekologiya boʻlimi inspektorlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026