01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:43
Jamiyat 👁 218

DARYoBOʻYI MAHALLASIDA “HOKIM VA YoShLAR” UChRAShUVI OʻTKAZILDI

DARYoBOʻYI MAHALLASIDA “HOKIM VA YoShLAR” UChRAShUVI OʻTKAZILDI

Yoshlar – ertangi kun bunyodkorlari, yurt tayanchi va kelajagi hisoblanadi. Shu bois ularni komil insonlar qilib voyaga yetkazish, yetuk va bilimli boʻlib ulgʻayishlariga sharoit, imkoniyat yaratish kabi masalalarga davlatimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

Shu yil 3-noyabr kuni Daryo boʻyi mahallasidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida hudud yoshlarini qiynayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish, ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan yoshlarga yordam koʻrsatish, tashabbuskor yigit-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kabi maqsadlarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashevning uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov hamda mutasaddi tashkilotlar masʼullari ishtirok etishdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovlar soʻnggi vaqtlarda yoshlar uchun juda koʻplab imkoniyatlar yaratilayotgani bois yoshlar undan  unumli foydalanib, oʻz kelajaklarini yoʻlga qoʻyishlari, yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshadigan munosib kadrlar boʻlib yetishishlari lozimligini taʼkidlashdi. Yoshlar agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon hamda qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanda olib borilayotgan ishlar, tuman yoshlarini qoʻllab-quvvatlash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar, kelgusidagi rejalar xususida keng toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, tadbirda ishtirok etayotgan mahalla yoshlarining murojaat va takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan qilingan murojaatlarining ayrimlari shu joyning oʻzida oʻrganildi va amaliy  yordam berildi.

Jumladan, mahalla fuqarosi boʻlgan yoshlardan biri Munira Rajabova oʻgʻliga kasalligi tufayli davolatish boʻyicha amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Murojaat egasiga shu joyning oʻzida soha mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Oʻz tadbirkorchiligini rivojlantirish uchun imtiyozli kredit olishda yordam soʻrab murojaat qilgan Elmira Oʻtemurodovaga ham yoʻl-yoʻriq va tavsiyalar berilib, kredit olish tartibi tushuntirildi. Bir martalik moddiy yordam olishda yordam berishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro Munojot Yoʻldoshevaga esa Vazirlar Mahkamasining 312-qarorga koʻra bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida  bir martalik moddiy yordam beriladigan boʻldi.

Shuningdek, mahalla fuqarolari boʻlgan, hozirda oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-shartnoma boʻyicha tahsil olayotgan Jaloladdin Oʻrazimbetov hamda Munojot Jumaboyevalarga murojaatlariga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 312-qaroriga muvofiq toʻlov-kontrakt summasini 50 foizgacha boʻlgan qismini qoplashda amaliy yordam koʻrsatiladigan boʻldi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarimizning oʻzlariga boʻlgan ishonchi yanada yuqori boʻlishiga zamin yaratib, qalblaridagi yurt taqdiriga daxldorlik hissi yanada mustahkamlanishi, komil insonlar boʻlib ulgʻayishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026