01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:44
Jamiyat 👁 266

HUDUDLAR IChKI YOʻLLARINI TAʼMIRLASh, INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh MASALASIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

HUDUDLAR IChKI YOʻLLARINI TAʼMIRLASh, INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh MASALASIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Joriy yilning 25-oktyabrida qabul qilingan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorida mamlakatimiz hududini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda Ichki yoʻllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obʼektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish vazifa qilib qoʻyilgan edi. Ushbu vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida barcha viloyatlarda boʻlgani kabi Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham hududiy ishchi guruhlar tuzilib, ular tomonidan ovul va mahallalardagi aholining turmush darajasiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi eng dolzarb masalalar oʻrganilib, 2022-2023-yillarda infratuzilmasini rivojlantirish lozim boʻlgan mahallalar, bajariladigan ishlar koʻlamini belgiladi.

Tumanimizning Qipchoq shaharchasi, Beshtom, Daryoboʻyi mahallalari hududlarida ham taʼmirlashga muhtoj ichki koʻchalar hisobga  olinib, taʼmirlash uchun sarflanadigan mablagʻ miqdori aniqlandi.

Shu yil 10-noyabr kuni hududdagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida shu masalaga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda tuman hokimligining sanoat, yirik qurilish, kommunikatsiya, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish masalalari boʻyicha majmuasi boshligʻi Nodirbek Kamolov va mutaxassislari, Qipchoq shaharcha, Beshtom, Daryoboʻyi mahallalari fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari va faollari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda hokim oʻrinbosari Nodirbek Kamolov Prezidentning yuqorida qayd etilgan qaroriga asosan tumanimiz hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish va infratuzilmasini rivojlantirish uchun 22 milliard 209 million soʻm pul mablagʻi ajratilayotganligi, ushbu mablagʻdan Qipchoq shaharcha, Beshtom, Daryoboʻyi mahallalari hududlaridagi ichki yoʻllarni taʼmirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash ishlari amalga oshirilishini keng turda tushuntirdi.

Ajratilayotgan jami mablagʻning 12 milliard 516 million soʻmi tuman hududidagi 19 ta ovul va mahallalardagi jami 504 kilometr uzunlikdagi ichki yoʻllarni taʼmirlash, shuning 46,7 kilometriga tosh-shagʻal yotqizish, 1,6 kilometriga asfalt qoplamasini yotqizish, 2,1 kilometriga ShPS qoplamasini yotqizish ishlarini amalga oshirish belgilangan. Xususan, Qipchoq shaharchasi hududida elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida hududdagi 63 ta xonadonni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun qiymati 100 million soʻmlik 2 kilometr uzunlikda kabellar yangidan tortiladi va 57 ta tayanch ustunlar yangidan oʻrnatiladi.

Yigʻilishda aholiga bular haqda batafsil maʼlumotlar berildi.

Ishtirokchilar davlatimiz rahbarining xalqimiz turmushi sifatini oshirish. munosib hayot kechirishlari yoʻlidagi saʼy-harakatlarini quvonch bilan eʼtirof etdilar.

Yurtimizda inson shaʼni, qadri ulugʻlanib, uning oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashiga erishish yoʻlida izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ahamiyatini, mohiyatini har bir fuqaro oʻz hayotida his qilayotgani mazkur yigʻilishda ham yaqqol namoyon boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026