15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 22:51
Jamiyat 👁 10,921

“KEKSALAR UChUN TURIZM OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLARDA AMUDARYoLIK NURONIYLAR MAROQLI HORDIQ ChIQARIShMOQDA

 “KEKSALAR UChUN TURIZM OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLARDA AMUDARYoLIK NURONIYLAR MAROQLI HORDIQ ChIQARIShMOQDA

Mavzuga oid fotogalereya

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra har yili 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar “Keksalar uchun turizm oyligi”ni oʻtkazish belgilangan. Shunga muvofiq ayni kunlarda yurtimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasidagi tadbirlar davom ettirilib, keksa otaxonu-onaxonlar uchun diyorimizdagi diqqatga sazovor va tarixiy maskanlarga sayohatlar tashkil etilmoqda.

Mazkur qaror va buyruqning ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida ham “Keksalar uchun turizm oyligi”ga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tuman ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi va ishchi guruh aʼzolari barcha fuqarolar yigʻinlariga biriktirildi.

Oylik doirasida tumandagi barcha ovul va mahallalarda reja asosida qator tadbirlar tashkil qilinmoqda. Birgina 19-noyabr kungi tadbirlar misolida oylikning qanchalik yuqori saviyada oʻtkazilayotganini koʻrish mumkin.

Shu kuni tadbirlar ertalabdan “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostidagi marafon bilan boshlandi. Marafonda 200 nafardan ortiq nuroniylar ishtirok etib, Olmazor mahallasidagi Markaziy oʻyingohdan shu mahalla hududidagi sunʼiy qoplamali futbol maydonchasigacha piyoda yurishdi hamda sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarida qatnashishdi. Shundan soʻng, nuroniylar ishtirokida mini futbol musobaqasi tashkillashtirildi hamda sovrindorlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Olmazor mahallasi hududidagi “Barkamol avlod” maktabida boʻlib oʻtgan milliy hunarmandchilik koʻrgazmasi va “Uch avlod” uchrashuvi tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Nuroniylar jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi Majid Umarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari, Nuroniylar jamgʻarmasi raisi Tursunboy Abdujabborov, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi maslahatchisi Bahodir Boltaboyev hamda 30 nafardan ortiq nuroniylar, 50 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi. Qiziqarli oʻtgan tadbir yakunida homiylar tomonidan nuroniylarimizga esdalik sovgʻalari berildi.

Masʼullar va bir guruh keksalar Olmazor mahallasidan chiqib, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosiga kelishdi hamda boʻlim binosida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etishdi. Boʻlim binosida nuroniylar ishtirokida sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari, shaxmat-shashka musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqa yakunida faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar boʻlim tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalari hamda diplomlar bilan taqdirlandi.

Boʻlimda oʻtkazilgan tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri Sogʻindiq Turmanov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashevlar ham ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari faxriy nuroniy Bozorboy Xolimbetov va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan haykaltaroshlik, rassomchilik hamda boshqa ijodkor nuroniylarning ijod namunalari, kitoblar koʻrgazmalari bilan tanishtirildi. Tadbir yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nuroniylar jamgʻarmasi va tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan faxriy nuroniylar Tursunboy Abdullayev, Saʼdulla Xoʻjaniyozov, Bozorboy Xolimbetov, Salima Xolboyeva, Gulchehra Atabayeva hamda Robiya Yoʻldoshevalarga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Shu kunning oʻzida tumandagi Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻini binosining ochilishi marosimi ham boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri Sogʻindiq Turmanov, Oʻzbekiston Respublikasi Nuroniylar jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi Majid Umarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari, Nuroniylar jamgʻarmasi raisi Tursunboy Abdujabborov, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi maslahatchisi Bahodir Boltaboyevlar, 60 nafardan ortiq nuroniylar, faol yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur bino zamonaviy uslubda qurilgan boʻlib, xodimlar ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri Sogʻindiq Turmanov soʻzga chiqib, barchani yangi bino bilan tabrikladi va Ayoqchi mahallasi xodimlari uchun yangidan bitta kompyuter va bitta rangli printer sovgʻa qildi.

Shundan soʻng, Ayoqchi mahallasidagi “Otalar choyxonasi”da “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi va ushbu tadbirda 60 nafardan ortiq nuroniylar, shu hududdagi faol yoshlar qatnashdilar. Ochiq dasturxon atrofida oʻtkazilgan tadbir ishtirokchilariga milliy taom – osh tortildi.

Ayoqchi mahallasida boʻlib oʻtgan tadbirlardan soʻng, masʼullar Qilichboy ovulidagi “Xidirboy ota” toʻyxonasida tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda nuroniylarning oʻrni” tadbirida ishtirok etishdi. Tadbirda 50 nafardan ortiq yoshlar hamda 70 nafarga yaqin nuroniylar qatnashishdi. Ushbu tadbirda nuroniylar yoshlarga oʻzlarining boy hayotiy tajribalari haqida soʻzlab berishdi. Shuningdek, kontsert dasturi ham tashkil etilib, ishtirokchilar ochiq dasturxon atrofida yigʻildilar. Ularga ham homiylar tomonidan osh tortildi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Nuroniylar jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi Majid Umarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari, Nuroniylar jamgʻarmasi raisi Tursunboy Abdujabborovlar tuman “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov va Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻini raisining Keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchisi Erdosh Davletovlar bilan birga Amudaryo televideniyesida “Keksalar uchun turizm oyligi” mavzusi boʻyicha telekoʻrsatuvni efirga olish jarayonida qatnashishdi.

Shundan keyin masʼullar Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini binosi oldidagi Street workout maydonchasiga olib borildi va ular fuqarolar yigʻini binosi oldida mahalla bogʻini yaratishda ishtirok etib, koʻchat ekdilar.

Masʼul mehmonlar, nuroniylar ovulda tashkil etilgan “Uch avlod” uchrashuvi tadbirida ham ishtirok etib, oʻzlarining boy tajribalari bilan boʻlishdilar. Tadbirda mehmonlardan tashqari 50 nafardan ortiq nuroniylar va faol yoshlar ham qatnashdilar. Tadbir soʻngida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari, Nuroniylar jamgʻarmasi raisi Tursunboy Abdujabborov 3 nafar faol faxriy nuroniylarga 300 ming soʻmdan pul mukofotini topshirdi.

Shu kuni 50 nafar nuroniylar Buxoro va Samarqand viloyatlariga sayohatga yuborildi. Tumanda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

 B.Boltaboyev, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019