GRANT LOYIHASI DOIRASIDA OChIQ DARS OʻTKAZILDI
Tumanimizning ijtimoiy-siyosiy va ommabop nashri “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining ilovasi – “Mening oilam” gazetasi tahririyati Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab- quvvatlash jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan “Nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi grant tanlovida “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot!” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻldi va loyihani amalga oshirishni boshladi.
Shu yilning 24-noyabrida loyiha doirasida tumanimizdagi 32-sonli maktabda Toʻlqin ovuli hududida yashovchi nogironligi boʻlgan yoshlar uchun “Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.
Ovul hududidagi imkoniyati cheklangan, uy sharoitida taʼlim oluvchi 28-, 33- va 32-sonli maktablar oʻquvchilari uchun mutaxassis oʻqituvchi Sohiba Yoʻldosheva, 32-sonli maktab ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchisi Nazokat Qodirovalar zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar va ularning taʼlim olish hamda ijtimoiy faoliyatdagi ahamiyati, ulardan samarali foydalanish, qoʻllanish yoʻl-yoʻriqlari xususida elektron doska yordamida ochiq dars oʻtdilar.
Tadbirni “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbirlari Oygul Rajabova, Mahmudjon Shomurodovlar tashkillashtirdi.
Maktabning kompyuter sinfxonasida oʻtkazilgan ochiq dars uy sharoitida taʼlim oluvchi oʻquvchilarga juda qiziqarli va manfaatli boʻldi.
Sevara ISMOILOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶