MUROJAATLAR BILAN IShLASh – DOIMIY EʼTIBORDAGI MASALA
Konstitutsiyaning “Siyosiy huquqlar” deb nomlangan 8-bobidagi 35-moddada, “Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi shart”, deb belgilangan. Bu bilan fuqarolarning murojaat qilishi huquqi Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qoʻyilgan. Shuningdek, oʻz navbatida vakolatli davlat organlari, muassasalar va xalq vakillariga ham fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va taʼminlash vazifasi yuklangan.
Prezidentning Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan ushbu mezonlarga amal qilingan holda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qabulxonaga 2022-yil boshidan 31-oktyabr sanasiga qadar jami 2213 ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan.
Ushbu kelib tushgan 2213 ta murojaatlarning 2137 tasi koʻrib chiqilgan boʻlib, 1718 tasi qanoatlantirilgan. Shundan 701 tasi ijobiy hal qilingan, 1005 tasi huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan. Murojaatlardan 12 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan boʻlib, 398 tasiga tushuntirish berilgan, 1 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 9 tasi rad etilgan, 11 tasi tugatilgan. Qolgan 76 tasi esa koʻrib chiqilish jarayonida.
Yurtimizda inson qadr-qimmati, manfaati har narsadan ustundir. Bu Konstitutsiyamizda ham oʻz aksini topgan. Barcha hududlarda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida aholi muammolari, murojaatlari bilan ishlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda hamda davlat organlari, tashkilot va muassasalar tomonidan tegishlicha yechim topishga harakat qilinmoqda.
E.Rajabov, Prezidentning Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶