30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:57
Jamiyat 👁 4,311

KEKSALAR QADRI – ona Vatan qadridir

KEKSALAR QADRI –  ona Vatan qadridir

Oʻzbek xonadoni – katta, osoyishta, fayzga toʻla makon. Unda dunyodagi boshqa xalq va millatlar turmush tarziga oʻxshamaydigan betakror tamoyillar bor. Bu – oʻzaro mehr-oqibat, birdamlik, keksalarga hurmat va ehtirom tuygʻusi. Ana shu tamoyillar oʻz mohiyat-mazmuni bilan qadrli, goʻzal. Shuning uchun goʻzalki, oʻzbek xonadonlarini pir-u badavlat otaxonlar, onaxonlar chuqur hayotiy tajribalari asosida oʻta zukkolik va fasohat bilan boshqaradilar. Ota-ona, nevara-chevara, hatto evaralardan iborat uch-toʻrt avlod vakillari bobo va buvi rahnamoligidagi mustahkam birlik – oilada ahil va inoq yashaydilar. Ana shu ahillik negizida juda katta mazmun va mohiyat bor: bu – farovonlik, tinchlik va xotirjamlik, koʻngil toʻqligi, yurt obodligi.

Men koʻpni koʻrgan keksa avlod vakili sifatida millatimizga xos boʻlgan ana shu intellektual maʼnaviy mulk, asrlar davomida shakllangan oila qadriyati – keksalar bilan yosh avlod oʻrtasidagi uzviy birdamlik, mehr-oqibat, oʻzaro hurmat va ehtiromni insoniylikning eng ulugʻ fazilati, deb atagim keladi. Chunki, har qanday millatning shakllanishi, davlatning yuksak darajada taraqqiy etishi eng avvalo fuqarolarning oʻzaro mehr-oqibati, oilalar osoyishtaligi hamda xonadonlarda shakllangan qatʼiy tartib-intizomga bogʻliq.

Bu haqda Konstitutsiyamizning 22 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda Prezidentimiz: "Xalqimizni yanada jipslashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik, oilani yanada mustahkamlash, kattalarga hurmat va ehtirom singari qadriyatlar aholimiz, xususan yoshlarimizning qalbida va shuurida chuqur oʻrin olayotgani”, bu boradagi ezgu maqsadlarimizni amalga oshirishni uzviy davom ettirishda yoshi ulugʻ insonlarning oʻrni gʻoyat katta ekanligini mamnuniyat bilan taʼkidlab oʻtdilar va kirib kelayotgan 2015-yilga mamlakatimizda "Keksalarni eʼzozlash yili” deb nom berishni taklif etdilar.

Teleekran orqali tantanali marosimni kuzatar ekanman, mamlakatimizda har gal yangi yilga yangicha nom berilib, shu nomga mutanosib ravishda Davlat Dasturi ishlab chiqilishi va bu Dasturlar doirasida yil davomida xalqimiz hayotiga yangi-yangi oʻzgarishlar olib kiruvchi ezgu ishlarni amalga oshirish katta anʼanaga aylanib ulgurganidan quvondim. Chunki, ana shunday Dasturlar doirasidagi ezgu ishlar bois, oilalarimizda oʻzbekona qadriyatlar mustahkamlanadi, xalqimiz hayotiga fayz kiradi.

Yangi 2015-yilning "Keksalarni eʼzozlash yili” deb nomlanishi zamirida ham chuqur maʼno-mazmun bor. Muhtaram Yurtboshimizning taʼbiri bilan aytganda "Har qanday jamiyatning yoshi ulugʻ odamlarga boʻlgan eʼtibori va gʻamxoʻrligi uning madaniy darajasini belgilaydi”. Shu bois, mamlakatimizda keksa avlod vakillariga hurmat va ehtirom koʻrsatish maʼnaviy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi va u hayotimizning muhim qismiga aylangan.

Katta hayot tajribasiga, ega ikkinchi jahon urushi, front orti zahmatlari, urushdan keyingi tiklanish yillari qiyinchiliklariga, sobiq tuzumning qoliplashtirilgan siyosatiga katta chidam bilan bardosh bergan, bugungi osoyishta kunlarimizga yetish uchun fidoyi mehnat qilgan keksalarimizni eʼzozlash har birimizning zimmamizdagi masʼuliyatdir. Bu masʼuliyatni his qilish bilangina chegaralanib qolmay, nuroniy keksalarimiz hayotiga xos fidoyilikni har lahzada katta minnatdorchilik bilan eslash bizning doimiy burchimizdir.

Prezidentimiz mamlakatimizning bugungiday gullab-yashnashi uchun oʻzlarining yoshligini, kuch-quvvatini baxsh etib nuroniy yoshga yetgan keksalarimiz, ayniqsa, urush va front orti mehnat fronti ishtirokchilariga gʻamxoʻrlik koʻrsatib, xonadonlarimiz koʻrki boʻlgan keksalarimizni qadrlash maqsadida olib borilayotgan ishlar qamrovini 2015-yilda yanada kengaytirish kerakligini taʼkidladilar.

Yurtboshimizning bu ezgu niyati, keksalarga gʻamxoʻrlik borasida bildirgan har bir fikri – eng avvalo xalqimizning boy maʼnaviy qadriyatlariga katta hurmat va eʼtiborning ifodasi, qolaversa, yangi kirib kelayotgan yilimizning pok va ulugʻ niyatlar bilan boshlanishidan darakdir.

Shuni mamnuniyat bilan taʼkidlaymanki, bizning Amudaryo tumanimizda yashab, istiqlol yillarida erishilayotgan olamshumul yutuqlarni taʼminlashga hissa qoʻshib kelayotgan 12 ming nafardan ortiq nuroniy yoshdagi otaxon va onaxonlarimizning har biri ana shunday ulugʻ va pok niyatlarga yoʻldosh insonlardir.

Inshoolloh, xonadonlarimiz ana shunday oʻtkir, fasohatli keksalarimiz bilan fayzli, barakali. Xonadonlarimizdan boshlangan xotirjamlik, tinchlik, fayz va baraka esa yurtimiz chiroyiga chiroy qoʻshib boraveradi.

Bekman ALLABERGANOV,

"Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026