01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 06:33
Jamiyat 👁 170

Quroni karim tarixidan

Quroni karim tarixidan

Qurʼon - arabcha "oʻqimoq", "qiroat qilmoq" degan maʼnolarni anglatadi. Musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi Qurʼon vahiy orqali Muhammad Mustafo sallallohu alayvi vassallamga 610-632-yillar oraligʻida nozil qilingan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.

Tarixchi Ibn Sad rohimahullohning rivoyatiga koʻra Qurʼon nozil boʻlishining boshlanishi Muhammad alayhissalom tugʻilganlarining 41-yili ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi roʻy bergan. Bu paytda paygʻambarimiz Makka shahri yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan. Jabroil alayhissalom tushib, Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni 3marotaba siqib qoʻyib yuboradi va "oʻqing" deb buyuradilar.

Muhammad SAV Qurʼon oyatlarini Jabroil alayhisalomdan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olganlar. Bu paytlarda yozish ilmidan juda ozchilik xabardor boʻlgan. Yozishni bilganlar yapaloq toshga, xurmo poʻstlogʻi, katta suyak, teri va shunga oʻxshash narsalarga Qurʼonni yozib borganlar.

Paygʻambarimiz tiriklik chogʻlarida yana vohiy tushib qolar degan umidda Qurʼon jamlab kitob holiga keltirilmagan. U zod vafotidan keyin Qurʼon kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida saqlanib qolgan.

Paygʻambarimiz vafotidan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu musulmonlarga boshliq qilib tayinlanadi. U kishi davrida dindan qaytganlar va musulmonlar oʻrtasida qattiq janglar boʻlib oʻtadi. Qurʼonni yod bilgan koʻplab qorilar shahid boʻladi. Shundan soʻng Umar Abu Bakrga qorilar oʻtib ketaversa, Qurʼonga zarar yetishi mumkin, shuning uchun uni jamlab, kitob holiga keltirish kerak degan maslahatni beradi. Avval Abu Bakr bu taklifga ikkilanadi. Chunki paygʻambarimiz hayotlik chogʻlarida Qurʼon kitob holiga keltirilmagan. Keyin esa Abu Bakr Qurʼonni kitob holiga keltirish zarurligini tushunib yetadi. Bunday masuliyatli ishni Zayt ibn Sobit ismli sahobaga topshiradi. Chunki u zot paygʻambarimiz bilan koʻp birga boʻlgan. Qurʼonni eng yaxshi yod olgan va uni paygʻambarimiz huzurida yozib olgan edilar.

Kitob holiga jamlash ishlari oʻta mashaqqatli kechadi. Qurʼonni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib boradilar.

Qurʼonda asosiy ibodat talablari belgilab berilgan. Bular: namoz, roʻza, zakot va boshqalar. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shariyatga asos qilib olingan.

Qurʼonda insonlarning etnik boʻlinishi, ijtimoiy tabaqalanishi, ayirmachilik, millatchilik inkor etiladi. Alloh nazarida barcha teng. Insonlar Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyoziga qarab emas, balki, uning qalbi, savob ishlari muhtojlarga yordam berishi insonparvarlikni ulugʻlashi jihatidan baholash Qurʼonning mazmun mohiyatini belgilaydi.

Nurjamol Tureboyeva, Urganch Davlat universiteti tarix fakulteti talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026