IShSIZ AYoL TADBIRKORGA AYLANDI
Mahallalarda hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari samarali faoliyat yuritishmoqda. Tumanimizning Oybek nomli mahallasida istiqomat qiluvchi Umida Boltaboyeva mahalladagi hokim yordamchisi Mahmud Saparboyev hamda xotin-qizlar faoli Nargiza Xolboyevaning koʻmagi bilan 33 mln.soʻm miqdorda imtiyozli kredit olib, non, qandolatchilik mahsulotlari va boshqa xildagi pishiriqlar pishirishga moʻljallangan uskunalarni xarid qildi.
Bugungi kunda u tsex ochib, “Umida pishiriqlari” nomi ostida elimizning yaxshi kunlari uchun non va patirlar, pishiriqlar tayyorlamoqda. Uning tsexida tayyorlangan mahsulotlarni tadbirkorlar ulgurji narxlarda xarid qilishadi.
Umida Boltaboyeva bir kunda 700-800 ming soʻmdan 1 mln. soʻmgacha daromad oladi.
Oldin “Ayollar daftari”da turuvchi, ishsiz boʻlgan Umida Boltaboyeva hech ikkilanmasdan oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻydi.
- Ilgari tadbirkor boʻlish juda qiyin boʻlsa kerak deb oʻylardim. Xalqimizda “Koʻz-qoʻrqoq, qoʻl-botir” degan naql bejizga aytilmagan ekan. Xayriyatki, hokim yordamchimiz va xotin-qizlar faolimizning bevosita koʻmagi, oyoqqa turib ketgunimcha mendan doimiy ravishda xabar olib turishlari orqali ishlarim yurishib ketdi, - deydi u.
Bugungi kunda Umida 3 nafar mahalladoshini ham ish bilan taʼminlab, daromad topishlariga koʻmaklashmoqda.
Yosh boʻlishiga qaramasdan intiluvchan va mehnatkash Umidaning bundan keyingi ish faoliyatiga omad tilaymiz!
F.EShIMBETOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶