30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:30
Jamiyat 👁 2,172

MENI ARMIYa TOBLADI

MENI ARMIYa TOBLADI

Biz koʻpincha hayotda boʻsh vaqt degan tushunchaga unchalik eʼtibor beravermaymiz. Boʻsh vaqtimiz boʻlganida esa juda koʻp holatlarda undan notoʻgʻri foydalanamiz. Ammo bizning oilamizda kimning-ki boʻsh vaqti boʻlsa, albatta, birinchi galda oʻzi va oilamiz uchun foydali mashgʻulot bilan shugʻullanishga odatlanganmiz. Shaxsan men boʻsh vaqtni imkoniyat, deb tushunaman. 2012-yilda 3-sonli Amudaryo akademik litseyini tugatib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga hujjatlarimni topshirdim. Lekin talab qilingan ballni toʻplay olmaganim uchun oʻqishga kira olmadim. Nima qilish kerak? Oldimda bir yil turibdi. Maxsus tayyorlov kursida oʻqisammikan, degan xayolga bordim. Negadir, bunday oʻquv kurslarida oʻqishdan koʻra, harbiy xizmatga borishni istadim.

- Yaxshisi, Armiyaga ketaman, jangovar texnikalarning sir-asrorlarini oʻrganaman, -dedim ota-onamga.

Men boʻsh vaqtimni harbiy hayot bilan band qilishga jazm etdim. Tuman mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan chaqiruv qogʻozini olganimda, toʻgʻrisi, oʻzimni zobitday his qilganman. Barcha nazariy va amaliy hamda jangovar tayyorgarlik sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, harbiy xizmatga joʻnab ketdim.

Bir yil davomida goʻzal Fargʻonaning Margʻilon shahridagi harbiy qismlardan birida ona Vatan oldidagi oʻz yigitlik burchimni ado etdim. Shuni mamnuniyat bilan ayta olamanki, harbiy hayot meni jismonan va aqlan chiniqtirdi. Maʼnaviy-axloqiy jihatdan shakllanishimga yordam berdi. Bundan tashqari, boʻsh vaqtdan yanada unumli foydalanishni oʻrgandim. Nazariy va amaliy mashgʻulotlarning uzviyligi, bir-biriga uygʻun tarzda olib borilishi bois, men oʻzim qiziqqan tabiiy fanlar boʻyicha bilimimni yanada boyitdim. Oʻtkazilgan nazariy bilimlar test sinovida yuqori natijalarga erishib, qoʻmondonlik tomonidan oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanomaga ega boʻldim. Harbiy xizmatdan kelgach, qisqa muddat mustaqil tayyorgarlikdan soʻng Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy profilaktika fakultetiga hujjatlarimni topshirdim. Davlat test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalik baxtiga muyassar boʻldim.

Men barcha tengdoshlarimga qarata shunday degim keladi:

– Azizlar, boʻsh vaqt–inson uchun katta imkoniyat. Ana shu imkoniyatdan foydalanib, umrning har bir lahzasining qadriga yetib yashaylik. Mening hayotimga ana shu imkoniyat zeb berdi. Ona Vatanga xizmat qilishdek baxtga erishdim. Armiya esa meni har jihatdan chiniqtirdi, oldinga, faqat oldinga intilib yashashga oʻrgatdi.

Fursatdan foydalanib, men barcha yurtdoshlarimni, xizmatdosh doʻstlarimni, ona Vatanimiz sarhadlarida sergak turgan askar-u zobitlarni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklayman. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch va obod, orzu yoʻllarimiz oydin boʻlsin!

Dilshodbek ROʻZMETOV,

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-bosqich talabasi,

zahiradagi oddiy askar.

(Foto - uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026