01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:24
Jamiyat 👁 352

Afgʻon urushi faxriylariga hurmat-ehtirom koʻrsatildi

Afgʻon urushi faxriylariga hurmat-ehtirom koʻrsatildi

Tarix shunday bir kitobki, uning sahifalarini yirtib boʻlmaydi. Biz istaymizmi, istamaymizmi, koʻz oldimizda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar oʻz mazmun-mohiyati bilan tariximizning sahifalarini toʻldirib boraveradi va bu sahifalarni, kimgadir maʼqul kelmagani uchun yirtish yoki oʻchirib tashlash aslo mumkin emas. Chunki tarixning yirtilgan va oʻchirilgan sahifalari guvohlari soni bitta boʻlsa ham, bu sahifalar oʻz haqiqatlarini namoyon etaveradi. Agar taʼbir joiz boʻlsa, oʻtgan asrning 79-89-yillarida boʻlib oʻtgan Afgʻonistondagi Sovet urushiga oid qonli voqealarning ham biron bir lahzasini tarix kitobidan tushirib qoldirishning imkoni yoʻq.

1992-yildan boshlab Afgʻoniston Islom Respublikasi nomi bilan atala boshlagan Afgʻoniston Demokratik Respublikasi hududida va Pokiston davlatining ushbu Respublikaga chegaradosh hududida sobiq sovet qoʻshinlarining cheklangan kontingenti tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Afgʻoniston hukumati qoʻshinlari bilan dunyoning bir qator yetakchi davlatlarining siyosiy va moliyaviy koʻmagidan foydalangan afgʻon mujohidlarining koʻp sonli qurolli tuzilmalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan qurolli mojaro koʻplab insonlarning yostigʻini quritdi.

Qariyb 10-yil davom etgan ushbu qurolli mojaroda sobiq ittifoq tomonidan jami 820 ming nafar harbiy qatnashgan. Ulardan 15051 nafari halok boʻlgan, 53753 kishi yaralangan va 417 kishi bedarak yoʻqolgan. Mazkur qonli mojaroda eng koʻp yoʻqotishlarga uchragan Markaziy Osiyo Respublikalari oilalari boʻldi. Faqat Oʻzbekistonning oʻzidan 64500 nafar navqiron yigitlar Afgʻoniston urushi ishtirokchilari boʻlishdi va ulardan 1522 nafar yigit bemavrid xazon boʻldi, 2500 nafar yigit esa umrbod nogiron boʻlib qolishdi. Halok boʻlganlar orasida 13 nafar amudaryolik navqiron yigitlarimiz ham borligi hamon yuraklarda ogʻriq, bemaqsad sovet-afgʻon mojarosiga nisbatan nafrat uygʻotadi.

Har yili 15-fevral sanasida Afgʻoniston hududidan sobiq sovet qoʻshinlari olib chiqilgan kun munosabati bilan ushbu qonli mojaroda ishtirok etgan sobiq afgʻon urushi ishtirokchilariga hurmat-ehtirom koʻrsatilib, bemavrid shahid ketgan yurtdoshlarimiz xotirasi yodga olinadi. Sana munosabati bilan bu yil ham quroldosh faxriylar uchrashdilar. Ular dastlab Xotira maydonidagi Motamsaro ona haykali poyiga gullar qoʻyib, Amudaryo tumani tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi eksponatlari bilan tanishdilar.

Tuman hokimligi va homiy tashkilotlar tomonidan Mangʻit shahridagi “Bek” toʻyxonasida ushbu sanaga bagʻishlab “Tinchlik mangu boʻlsin zamin ustida!” deb nomlangan adabiy-musiqiy uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimligi masʼullari, sobiq afgʻon urushi ishtirokchilari boʻlgan faxriylar, tumandagi chegara qoʻshinlari tarkibida xizmat qilayotgan askarlar, tuman faollari ishtirok etdilar.

Uchrashuv tadbirini Amudaryo tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va faxriy jangchilarni 15-fevral – Afgʻoniston hududidan sobiq sovet qoʻshinlari olib chiqilgan kun munosabati bilan tabrikladi va 10-yil davom etgan qonli majarolar sabab bemavrid halok boʻlgan 13 nafar amudaryolik navqiron yigitlar xotirasini yodga olib, yurtimizga tinchlik, mamlakatimiz taraqqiyotiga bardavomlik tiladi.

Shundan soʻng, faxriy jangchilardan Mambatsoliy Abdullayev soʻzga chiqib, uchrashuv tadbirida ishtirok etayotgan yoshlarga oʻzining jangovar xotiralaridan soʻzlab, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish, ona Vatanimizga tinch zamonda xizmat qilish baxt ekanligini taʼkidladi.

Tadbir davomida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev faxriy jangchilarga tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan sovgʻalarni topshirdi. Fayzli dasturxon atrofida shodiyonalik bilan davom etgan uchrashuvda Amudaryo tuman madaniyat va turizm boʻlimi sanʼatkorlari ijrosida maroqli kontsert dasturi ham namoyish etildi.

Garchi sovet-afgʻon qonli mojarolari tugagan boʻlsa-da, hamon qardosh Afgʻoniston davlati hududida davom etayotgan jang-u jadallar har bir yurtdoshimizni mamlakatimizda hukm surayotgan osoyishtalikning qadriga yetish, tinchligimizni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylashga davʼat etaveradi. Zero, insoniyat uchun tinchlikdan ham ulugʻroq neʼmat yoʻq. 15-fevral sanasi bilan bogʻliq xotiralar har birimizni ogohlikka chorlayveradi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026