01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 05:07
Jamiyat 👁 323

JASORAT TIMSOLI

JASORAT TIMSOLI

Shunday insonlar borki, oʻz hayotining goʻzal, farovon boʻlishi uchun astoydil intiladi, hech kimdan kam boʻlmaslik uchun kurashadi va havas qilgulik natijalarga erishadi. Toʻlqin ovulida istiqomat qiluvchi Gulora Bobojonova ana shunday, qatʼiyatli, metin irodali ayol.

Taqdir uni bolaligidanoq turli sinovlarga duch etdi. 11 nafar farzandni dunyoga keltirgan onasi bevaqt vafot etdi. Oila, farzandlar tashvishi yolgʻiz otasiga qoldi. Buning ustiga boshqa tugʻishganlaridan farqli ravishda, Guloraning bir oyogʻi nuqsonli edi. Biroq u jismidagi muammo haqida emas, koʻproq oʻqish, biron kasb egasi boʻlish, shu tufayli faol yashab, hayotda oʻz oʻrnini topishga intildi.

Bolaligidan turli bejirim liboslar tikib, oilasidagilarni, yaqinlarini xushnud etadigan onasining hunariga qiziqib, tikuv mashinasini boshqarishni, kiyimlar tikishni oʻrgandi.

Maktabni tugatganidan soʻng Toʻrtkoʻldagi kasb-hunar bilim yurtida oʻqib, shu kasbni ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta oʻrgandi.

Gulora Bobojonovaning kasbi turmush qurib, oilali boʻlganida ham juda asqotdi. Oila aʼzolarining kiyimlarini ularning didiga mos, zamonaviy uslublarda tikib, olqishini oldi. Yangi kelin tikkan bejirim liboslarga havasmandlar ham kela boshlagach, buyurtmalar oldi va oilasi iqtisodiga koʻmakchi boʻldi. Turmush oʻrtogʻining sogʻligida muammolari borligi uchun roʻzgʻorning kamini oʻz mehnatlari bilan toʻldirishga intildi.

Ayolning joni qirqta boʻladi, deyishadi. Aslida bu ibora ayol bardoshli, matonatli, sinovlarga sabrli boʻlgani uchun aytilgan boʻlsa, ehtimol? Shu jihatdan qaraganda, Gulora Bobojonovaning joni qirqdan ham ziyod, deya taʼriflasak ham mubolagʻa boʻlmas. U bir oʻgʻil, bir qizini odobli, aql-hushli qilib voyaga yetkazdi. Halol mehnatidan topgan daromadidan oʻgʻil uylantirib, qiz chiqardi. Imkoniyatim cheklangan, deb idorama-idora yurib yordam soʻramadi, topganiga qanoat qilib yashadi, intildi, turmush oʻrtogʻiga gʻamxoʻrlik qilishga ham ulgurdi. Halol mehnatlaridan fayzli, obod xonadonida unga yana ham kuch, ruhiy madad beradigan nevara dunyoga keldi.

Oʻtgan yili Gulora Bobojonova oʻz faoliyatini yakka tadbirkor sifatida qonuniy tashkil etib, Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosining boʻsh turgan xonasida tikuvchilik tsexi ochdi va 4 nafar ishsiz ovul ayol-qizlarini ish bilan taʼminladi. Shuningdek, 3-bosqich “Ayollar daftari”da turadigan, ishlashga ishtiyoqi bor ayol-qizlarni tikuvchilik kasbiga oʻqitib, sertifikat olib berdi.

Bu yerda buyurtma asosida tayyorlanayotgan tayyor kiyimlarni koʻrgan odam ularni imkoniyati cheklangan ayol tikkaniga ishonishi qiyin. Biri-biridan bejirim tikilgan, did bilan bezatilgan kiyimlarga qarab havasingiz keladi. Oʻtgan yili ovul xotin-qizlar faoli Gavhar Bobotoyeva koʻmagida 15 million soʻm imtiyozli kredit evaziga 3 ta zamonaviy tikuv mashinalari olgani yakka tadbirkor sifatidagi faoliyati yana ham jonlanishiga zamin boʻldi. Chevar ayollar endilikda oʻzlari gazlama sotib olib, bozorga tayyor kiyimlar chiqarishni ham moʻljallashayapti.

Tengqurlari pensiyaga chiqib, oilasi davrasida bamaylixotir dam olishni moʻljallayotgan bir vaqtda mehnat qilishdan, intilishdan toʻxtamay, ulkan rejalarni koʻzlayotgan fidoyi va jasoratli Gulora Bobojonovaga tolmas kuch-quvvat tilab, xayrlashdik.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026