15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 18:48
Jamiyat 👁 301

BOLAJONLARNING KATTA BUVIJONI

BOLAJONLARNING KATTA BUVIJONI

Inson esini tanigan kunidan boshlab, shirin orzular ogʻushida yashaydi. Oʻzi tanlagan yoʻnalishi boʻyicha shunchaki faoliyat yuritishni emas, balki kasbiy jihatdan yetuklikka erishishga, el-yurtga manzur ishlar qilishga intiladi. Lekin koʻngildagiday ish sharoitlarini yaratish, oʻzi tanlagan sohada faoliyat yuritib, xalq hurmati, eʼtirofiga sazovor boʻlish hammaga ham nasib etavermaydi. Buning uchun insonda kuchli bilim va salohiyat, tajriba va tashabbuskorlik sifatlari mujassam boʻlmogʻi, qolaversa, ana shu bilim va salohiyatini amaliyotga tatbiq etishga qodir, kasbiy jihatdan yetuk boʻlmogʻi talab etiladi.

Sayyoraxon Jumamurodova, garchi  oddiy ishchi oilasida dunyoga kelgan boʻlsa-da, esini tanigan kunidanoq oʻqituvchi boʻlish orzusi bilan yashab, shu orzulari ogʻushida ulgʻaydi. Oʻzi kabi oʻyinqaroq  bolalarni atrofiga yigʻib, “maktab-maktab” oʻyinini tashkillashtirar, tashkil etgan “maktab”ining “oʻqituvchi”si  ham oʻzi boʻlardi.

Bolalikdagi begʻubor orzulari keyinchalik uning hayoti mazmuniga aylandi, 40-sonli maktabning 8-sinfini faqat aʼloga, imtiyozli shahodatnoma bilan tugatgan Sayyoraxon 1987-yilda Toshkent pedagogika bilim yurtiga suhbat asosida oʻqishga qabul qilindi. Mazkur oʻquv dargohini ham faqat aʼloga, imtiyozli, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi va kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan Sayyoraxon ilk mehnat faoliyatini 1991-yilda oʻzi taʼlim olgan 40-sonli maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi lavozimida ishlashdan boshladi.

Qaysi sohada boʻlishidan qatʼiy nazar, iqtidorli, bilimdon va tashabbuskor mutaxassislar hamisha qadrlanadi. Sayyoraxon oʻzining pedagogik faoliyati davomida, 2009-yilda “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻolibi, 2010-yilda Qoraqalpogʻiston miqyosida “Bolaga doʻstona munosabat maktabi” loyihasi treneri, 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligi va "Oʻzbekiston" telekanali hamkorligida tashkil etilgan “Oʻyla, izla, top” intellektual tanlovida oʻz guruhi bilan ishtirok etib, 3-oʻrin sohibasi, Oʻzbekiston Respublikasi XTVning faxriy yorligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi” esdalik nishonlari sohibasi boʻldi.

Bundan tashqari, u 40-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan davrida, 2014-2015-yillarda “Eng fidoyi oʻqituvchi”, maktab jamoasi esa “Yangilikka intiluvchi maktab jamoasi”, “Eng yaxshi bezatilgan maktab” yoʻnalishlarida gʻolib deb topildi va soha vazirliklari tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

“Yil ayoli” Qoraqalpogʻiston Respublikasi tanlovining faol ishtirokchisi va sovrindori sifatida umumtaʼlim maktablarida, qishloq va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yosh oilalar aʼzolari bilan samimiy muloqot tadbirlarini tashkillashtirdi. Ayniqsa, u 40-sonli maktab oʻquvchilari ishtirokida har oyda bir marta masʼul oʻqituvchi bilan birgalikda “Zaminning bolasi” informatsion dasturini tayyorlab, Amudaryo televideniyesi orqali efirga berib, serqirra faoliyat sohibasi sifatida mashhurlikka erishdi. Uning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini qayta tayyorlash boʻyicha trener sifatidagi faoliyati ham tahsinga loyiq. Chunki S.Jumamurodova bir necha yil davomida jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilaridan iborat bir necha guruhlarga innovatsion loyihalar asosida mashgʻulotlar oʻtib,  Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida trenerlar tayyorladi.

40-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari sifatida maktab oʻquvchilari orasida kitobxonlik muhitini yuqori darajaga  koʻtardi va “Kitobxon maktab” Respublika tanlovida 40-sonli maktab kitobxonlari 1-oʻrinni egalladilar.

Oʻz pedagogik faoliyatini maktabgacha taʼlim-tarbiya sohasida davom ettirish niyatida 2019-yilning 1-mart sanasidan boshlab, “Amu quyoshi” nodavlat MTTga rahbarlik qilayotgan Sayyoraxon Jumamurodova hamon izlanishda. Uning oʻz hayot tarzi uchun belgilab olgan mezoni, doimiy amal qiladigan ezgu shiori bor: “Hayot karvonida bir zum toʻxtama, oldinga intilishdan charchama, ana shunda xalq uchun va oʻzing uchun koʻngilli sharoitlar yarata olasan!” Ana shu mezonlar asosida ish yuritishga, yashashga intilgan Sayyoraxon aziz xalqi va oʻz orzularini roʻyobga chiqarish yoʻlida ezgu qadam tashladi.

Muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, yuqori malakali pedagog kadrlar salohiyati, jamoadagi oʻzaro mehr-oqibat, milliy-maʼnaviy muhitning sogʻlomligi bois, farzandlarini “Amu quyoshi” MTTga berishni xohlovchilar safi yil sayin oshdi. 100 nafar tarbiyalanuvchini oʻz bagʻriga olgan MTTda ayni paytda xalqimizning shirin-shakar oʻgʻil-qizlari tarbiyalanmoqda. Kichkintoylarga zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya berish uchun muassasada barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, tarbiyalanuvchilar oʻz layoqatlari, qolaversa, ota-onalarining xohish-istaklariga koʻra, ingliz va rus tili toʻgaraklariga jalb etilgan. Ularga 11 nafar malakali pedagog xodimlar taʼlim-tarbiya berishadi. Pedagog xodimlarning 3 nafari oliy, 8 nafari oʻrta maxsus maʼlumotga ega yetuk mutaxassislardir. Shuningdek, 6 nafar texnik xodimlar mehnati tufayli muassasada ozoda va sarishta muhit yaratilgan.

Alohida iqtidorli bolalarning qiziqishlari va ota-onalarining, xohish-istaklariga koʻra, Dinora Qurboniyozova rahbarligida shartnoma asosida qizaloqlar uchun gimnastika toʻgaragi va oʻgʻil bolalar uchun Xursand Madrahimov rahbarligida karate toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Muassasada turli bayram sanalari munosabati bilan katta, oʻrta va ikkita kichik guruh tarbiyalanuvchilari orasidan alohida qobiliyatli bolalardan iborat guruhlar tuzilib, “Zakovatli bolalar” tanlovlari oʻtkazib kelinadi va bolajonlar oʻzlari oʻrgangan kuy-qoʻshiqlarni maroq bilan ijro etadilar. Hatto Shahram Abdullayev, Behzodjon Ochilboyev, Sharifboy Arslonbekov kabi jajji ashulachilar oʻz ijrolari bilan Amudaryo televideniyesi orqali chiqishlar qilishdi. “VUNDERKIND.uz” bolalar jurnalida “Amu quyoshi” nodavlat MTT tarbiyalanuvchilari erishayotgan yutuqlar haqida maxsus reportaj yoritilib, taʼlim-tarbiya jarayoniga yuqori baho berildi.

Aqlli, bilimdon 2 nafar farzandning mehribon onasi, 3 nafar shirin nevaralarning buvijonisi, 100 nafar “Amu quyoshi” nodavlat MTT tarbiyalanuvchilarining katta buvijoni S.Jumamurodovaning rejalari, diliga tugib qoʻygan ezgu orzulari koʻp. U muassasada tarbiyalanib, 2023-2024 oʻquv yilida 1-sinfga boradigan bolalar uchun 25-oʻrinli yana bir guruh tashkil etish niyatida.

– Bu guruh ishlaydigan ota-onalar uchun qulay sharoit yaratish imkonini beradi, – deydi Sayyoraxon galdagi rejalari haqida soʻzlarkan. – Bolalar maktabdan chiqqach, MTTda dam olishlari, ovqatlanib, sport bilan shugʻullanishlari mumkin boʻladi. Muhimi, ota-onalari xotirjam boʻlishadi.

Bundan tashqari, Sayyoraxon shartnoma asosida har birida 20-25 boladan iborat mental arifmetika, shaxmat toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyishni, shuningdek, rivojlanishda, ayniqsa,  nutqida muammolari bor bolalar uchun defektologiya yoʻnalishida 20-25 bolaga taʼlim-tarbiya berishga moʻljallangan qoʻshimcha guruh tashkil etishni rejalashtirgan.

– Agar defektologiya yoʻnalishi boʻyicha guruh faoliyatini yoʻlga qoʻysak, rivojlanishida nuqsoni bor farzandlari boʻlgan ota-onalar uchun qulayliklar yaratgan boʻlamiz, – davom etadi Sayyoraxon. – Yana bir muhim jihati, muassasamiz shahrimiz markazida joylashgan. Hatto tumanning chekka hududlaridan ham bolalarni qabul qilish imkoniyati mavjud.

Sayyoraxon oʻz hayot tarzi uchun belgilab olgan mezonlarga koʻra, oldinga intilishdan, yangi-yangi gʻoyalarini roʻyobga chiqarish yoʻlida izlanishdan aslo toʻxtamaydi. Chunki faoliyatidagi bir lahzalik sukunat inson uchun bir necha oy, balki bir necha yillik taraqqiyotga toʻsiq boʻlishini u juda yaxshi biladi. Faqat oldinga intilib yashash esa "Amu quyoshi” nodavlat MTT tarbiyalanuvchilarining katta buvijoni uchun yangi yutuqlar sari yoʻl ochaveradi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019