02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:36
Jamiyat 👁 216

EL MEHRINI QOZONGAN AYoL

EL MEHRINI QOZONGAN AYoL

Olimlar ayollarning yuragi erkaklarnikiga qaraganda tez urishini aniqlashibdi. Qiziq, ehtimol bu ayol zotining oila, roʻzgʻor, farzand tashvishlariga fidoyiligi, kuyunchakligidandir? Chor-atrofimizga nafar solsak, bulardan ham ortib muallima, shifokor, davlat  va jamoat ishlarida ham namuna boʻlib faoliyat yuritayotgan ayollar koʻpligini koʻramiz. Ha, ayol oilaninggina emas, jamiyatning ham gultoji. Ayol nafaqat umr yoʻldoshi va oilasiga, balki kasbiga ham sadoqatli, fidoyi.

T

oshyop ovul fuqarolar yigʻini raisi Gulshod Sobirova ana shundaylar sirasidan. U maktabni tugatganidan soʻng, NDPIning badiiy grafika fakultetida oʻqib, chizmachilik va tasviriy sanʼat oʻqituvchisi mutaxassisligiga  ega boʻldi. Mehnat   faoliyatini 1990-yilda Mangʻit shahar Kengashi mutaxassisi boʻlib ishlashdan boshladi, 1993-2016-yillarda 40-sonli maktabda oʻqituvchilik qildi. 2016-yilda esa Toshyop ovul fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat, maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlay boshladi. 2019-yil 14-may kuni oʻtkazilgan ovul fuqarolar yigʻini raisi saylovida esa toshyopliklarning eng koʻp ovoziga ega boʻlib, yigʻin raisi boʻlib saylandi.

Bu uning el ishonchini qozona olgani, ularning quvonch-u tashvishlariga yelka tutib, shu el obodligi, tinchligi uchun vaqt bilan hisoblashmay qilgan mehnatlari samarasi edi.

Masʼuliyatli vazifani sidqidildan ado etayotgani bois, ikkinchi muddatga ham saylandi. Bu ishonchni u eng oliy mukofot deb biladi, shunga yarasha ishlashga intiladi.

Bugungi kunda ovulda 596 ta xonadonda  701 ta oila istiqomat qiladi. 68 ta koʻchada oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, rus va boshqa millatlarga mansub 3505 nafar aholi hamjihatlikda yashaydi. Ularning 227 nafari turli korxona-tashkilotlarda ishlaydi, 22 nafari tadbirkorlik, 5 nafari savdo-sotiq bilan, 12 nafari kasanachilik, 12 nafari milliy hunarmandchilik, 422 nafari chorvachilik, parrandachilik, 320 nafari  mavsumiy ishlar bilan band.

OFY raisining asosiy ish vaqti el oralab yurib, odamlarning ahvoli bilan tanishish, turmushidagi muammolariga tezkor yechim topish, ishsiz, ishga layoqatli fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, oʻz-oʻzini band qilib, oilasida daromad manbalari yaratishga jalb qilish bilan oʻtadi. Shuningdek, ovuldagi 47 nafar nogironligi boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalardan ham xabar olish, qoʻllab-quvvatlash uning eʼtiboridan chetda qolmaydi. Ovuldagi xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va ovulning nuroniy keksalari koʻmagida oilalarda maʼnaviy muhitni yaxshilash, farovon yashashga intilishni keng targʻib etgani sababli 2022-yilda oilaviy ajrim qayd etilmadi, profilaktik hisobda turuvchilar yoʻq, 8 ta oʻzaro kelishmovchilikka borgan oilalar yarashtirildi.

Ovulda deyarli barcha xonadonlarda tomorqa yer, 383 ta xonadonda qoʻshimcha tomorqa yer, 11 xonadon tomorqasida issiqxona mavjudligi va ulardan samarali foydalanilayotganligi oilalar iqtisodi yana ham yuksalishiga zamin boʻlayotir.

Ovulning mehnatkash, mehr-oqibatli xalqi joriy yil bahorini ham ezgu niyatlar bilan qarshi olib, koʻklamgi ishlarni boshlab yuborishdi. Doniyor Xolmanov turmush oʻrtogʻi Malohat Qurbonboyeva bilan birgalikda oʻzlari bunyod etgan moʻʼjazgina issiqxonasida gul yetishtirishni yoʻlga qoʻyishdi va oilasida daromad manbasini yaratishdi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan Shahodat Yusupovaga tadbirkorlik  faoliyatini boshlashi uchun kredit olishga koʻmak berildi va u tikuv mashinasi  olib, oilasi bagʻrida daromad topayapti.

Aholi farovonligini taʼminlashda ularning bandligini taʼminlash muhim oʻrin tutadi. Shu boisdanda G.Sobirovaning kundalik rejasida ishsiz fuqarolarni aniqlash, bandligini taʼminlashga harakat qilish muhim oʻrin tutadi. Ovul aholisi esa kichkina jussasida ham bir olam gʻayrat-shijoat, intilish mujassam, gʻamxoʻr rais ayolning  faoliyatidan mamnun. OFY raisi ularning biriga qiz, biriga opa, biriga singilday aziz. Zero, halol mehnat keltirgan bunday sharaf ulkan baxtdir. Gulshod Sobirova esa el mehri sababli oʻzini chinakam baxtiyor sanaydi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026