01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:33
Jamiyat 👁 313

AYoL BAXTI

AYoL BAXTI

Insonning kelajagiga ilk qadam bolaligidanoq boshlanadi, deyishadi. Chunki oʻz hayoti davomida biron kasb-korni puxta egallab, ana shu kasb-kori tufayli umr sahifalarini oʻzgalar havas qilarli darajada maʼno-mazmun bilan boyitib yashayotgan insonlarning aksariyati oʻzi sevgan mashgʻulotlari, orzu-niyatlari haqida soʻz ochganlarida, albatta, bolalik xotiralarini tilga olishadi.

Tumandagi 21-sonli BMSMning amaliy sanʼat yoʻnalishi toʻgarak rahbari Xonimjon Ismoilova amaliy sanʼatning kashtachilik, zardoʻzlik, gilamdoʻzlik, palos toʻqish sirlariga oshno boʻlganida hali juda yosh, jamalak sochli qizaloq edi. Bu hunarlarga ilk koʻnikmani onasidan olgan Xonimjon oʻz intilishlari, milliy hunarmandchilik sohasiga boʻlgan qiziqishlari tufayli ulgʻaygan sari ushbu sohaga mehr qoʻyib, qoʻli gul zardoʻz, gilamdoʻz, kashtachilik va palos, kiyim-kechaklar toʻqish, hatto uylarga islimiy naqshlar solish, rassomlik boʻyicha  mohir hunarmandga aylandi.

Maktabni tugatganidan soʻng, Beruniy shahridagi texnika litseyida toʻqimachilik yoʻnalishida tahsil olib, xalq hunarmandchiligining noyob sirlarini mukammal oʻrgandi.

Xonimjon ilk mehnat faoliyatini Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida laborant boʻlib ishlashdan boshladi. 2013-yildan 21-sonli BMSMda amaliy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha toʻgarak rahbari sifatida faoliyatini davom ettirdi.

Mana 10-yildirki, X.Ismoilova oʻquvchi-yoshlarga kashtachilik, zardoʻzlik, gilamdoʻzlik, palos va kiyim-kechaklar toʻqish, rassomlik, islimiy naqshlar solish, rang-barang gullar yasash sirlaridan saboq berib kelmoqda.

Maktabning amaliy sanʼat yoʻnalishida 10 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olishadi. Ularning qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari uchun imkoniyatlar yaratish esa oʻqituvchining tajriba va mahoratiga bogʻliq.

U ayni paytda oʻz sohasi boʻyicha bilim va malakasini oshirish maqsadida Ajiniyoz nomidagi NDPIning tasviriy sanʼat fakultetida tahsil olmoqda. Bir vaqtning oʻzida “Gulruh” oilaviy korxonasini boshqarish, oʻquvchi-yoshlarga tasviriy sanʼat yoʻnalishida taʼlim berish uchun insonga qanchalik kuch, maʼnaviy ruh kerak boʻlishini hisobga olsak, X.Ismoilovaning uddaburon, oʻz oldiga qoʻygan orzu-niyatlari yoʻlida tinib-tinchimas, fidoyi ayol ekanligini anglash qiyin emas.

TTBning tez tibbiy yordam boʻlimida haydovchi boʻlib ishlovchi umr yoʻldoshi Farhod Ismoilov va farzandlari barcha ishlarida Xonimjonga yaqin maslakdosh va koʻmakdosh. “Gulruh” oilaviy korxonasida 5 nafar qipchoqlik yoshlarning doimiy ish bilan bandligi taʼminlangan.

Xonimjon erishgan yutuqlari  haqida “maqtanish boʻladi”, degan maʼnoda gapirishni istamaydi. Lekin uning shaxsiy hujjatlari toʻplamida oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha soha vazirliklari, tuman hokimligi tomonidan taqdim etilgan tashakkurnomalar, Faxriy yorliqlar, qimmatbaho sovgʻalar bir talay.

Xonimjonning xalqqa  yetkazayotgan manfaatidan eli, mahalladoshlari rozi. Bir ayol uchun bundan ulugʻroq baxt boʻlmasa kerak. Xonimjon ana shunday baxt sohibasi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026