01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:34
Jamiyat 👁 354

Roʻzadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

Roʻzadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyi nafaqat ibodat, Yaratganning ajru savoblariga erishish, balki xayru saxovat, insonlar oʻrtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir. Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Amudaryo tumanida roʻzadorlar ishtirokida mehr-muruvvat, saxovat tadbirlari amalga oshirilyapti.

Tumandagi barcha mahallalarda roʻzadorlar uchun iftorlik dasturxonlari yozilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda, sovgʻalar ulashilmoqda.

Tumandagi eng soʻnggi xizmat koʻrsatish obʼektlaridan biri boʻlgan “Sher” toʻyxonasida Beruniy va Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi roʻzadorlar uchun iftorlik dasturxonlari yozildi. Dasturxon roʻzadorlar uchun yozilgan noz-neʼmatlar bilan toʻldi.

Iftorlikda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ham ishtirok etdi.

Fayzli dasturxon atrofida kechgan suhbatlar jarayonida Ramazon oyining fazilatlari haqida soʻz yuritildi. Yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʻzgʻorlarimizga baraka tilab duolar qilindi. Darhaqiqat, ushbu oyni oylarning sultoni deb bekorga aytishmaydi. Bu oyda gunohlar kechirilib, inson nafsini jilovlaydi.

Kimdir, bu bebaho va betakror toat-ibodat mavsumida oʻzini har tomonlama isloh etib, xatolarini tuzatish, hasad, ginayu kudurat, xusumat kabi maʼnaviy illatlardan qalbini musaffo etib, oʻzi uchun pokiza hayot sahifasini ochishni maqsad qilgan boʻlsa, yana kimdir xayrli ishlar uchun boshqa vaqtlardagidan koʻra koʻproq ajru savoblar beriladigan bu qimmatli fursatlarni gʻanimat bilib, mehru muruvvat, saxovat va silai rahm kabi olijanob ishlarni koʻproq amalga oshirishga intiladi.

Qadimdan musulmonlar Ramazon kirganda har galgidan saxovatliroq boʻlishga odatlanganlar. Davlatmand kishilar zakotlarini ham aynan Ramazonda ado etishlari ham shundandir. Bu oyning barakasidan har bir uy bahramand boʻlib, moʻminlar qalbiga xursandlik va shodlik kirsin uchun odamlar alohida Ramazonga xos xayru ehsonlari bilan bir qatorda zakotlarini ham shu oyda chiqaradilar.

Ehson marosimida soʻzga chiqqanlar muqaddas mohi Ramazon kunlarida muhtojlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat koʻrsatish xalqimizga xos fazilat ekanligini taʼkidladilar. Muborak oy davomida miskinlar holidan xabar olish, ehtiyojmandlarga xayr-ehsonlar berish savobli amallardan sanalishi, zero, Ramazon insonlarni oʻzaro mehr-oqibatli boʻlishga, keksalar va bemorlar, yaqinlar holidan xabar olishga, muhtojlarga saxovat qilishga chaqirishi alohida taʼkidlandi.

Ehson marosimiga toʻplanganlar iftorlikda tuman bosh imom-xatibi Abdurahmon Matsafoyevning Ramazoni sharif shukuhi, ushbu oyning fazilatlari haqidagi maʼruzalarini tinglashdi. Marosimda Qurʼon oyatlari oʻqilib, mamlakatimizda xalq farovonligi yoʻlida xizmat qilib oʻtganlar haqiga, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlishi, xonadonlarimizda hamisha tinchlik hukm surishi, moʻl va barakali rizq tilab, duolar qilindi.

Ovul va mahallalarida bu kabi xayr-ehson tadbirlari Ramazon oyining soʻnggi kunigacha davom etadi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026