Amudaryoliklar 2023-yilning 1-choragida 18 932-marta davlat xizmatlaridan foydalanishgan
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar 2023-yil 1-chorak davomida 18 932-marta davlat xizmatlaridan foydalanishgan.
Shu jumladan 133 ta yuridik korxonalar, 317 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar yangidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi hamda 57 ta yuridik korxonalar, 22 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Koʻrsatilgan sayyor tartibdagi davlat xizmatlari soni 871 tani tashkil qiladi.
Amudaryo DXMning Xitoy filiali orqali 919 ta davlat xizmati koʻrsatilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni yil sayin ortib, takomillashib bormoqda.
Oʻtgan 2023-yil 1-chorak davomida eng koʻp foydalanilgan davlat xizmatlari:
- Elektron raqamli imzo kalitlarini berish - 4473 ta
- Qurilish-montaj ishlari tugallangan obʼektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish - 1872 ta
- Kadastr sohasiga oid xizmatlar - 1521 ta
- Bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish - 1373 ta
- Narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish - 1315 ta
- Ruhiy boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish - 1313 ta
- Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish - 896 ta
- Koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ariza yuborish - 681 ta.
Umida, Saparbayeva Tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶