28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Adabiyot 👁 472

EL SEVGAN MAʼNAVIYaT FIDOYISI

EL SEVGAN MAʼNAVIYaT FIDOYISI

Ijodkorlik, isteʼdod Alloh tomonidan beriladigan neʼmat. Bunday qobiliyatga ega insonlar hayotga teranroq nazar soladi. Koʻrgan-kechirganlarini, oʻz qarashlarini yaratgan asarlarida ifodalaydi, oʻzgalarni yomonlikdan yiroq boʻlishga, ezguliklar qilishga chorlaydi. Koʻngil mulkidan chiqqan ijod mahsullarini elga ulashib zavq oladi. Muxlislari, qolaversa, el olqishidan kuch, ruh olib yanada ilhomlanadi.

Koʻp yillar taʼlim sohasida fidoyilik bilan mehnat qilgan, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qoʻshgan amudaryolik faxriy oʻqituvchi Tursunboy Abdullayev ham oʻz qalamiga, uslubiga, muxlislariga ega boʻlgan sermahsul ijodkor. U oʻzi tugʻilib-oʻsgan elda kelin salomchi, soʻz sanʼatkori sifatida nom qozongan. Elning quvonchli kunlarida, toʻylarida oʻzi yaratgan kelin salomlari bilan nafaqat tumanda balki, qoʻshni tumanlar, Xorazm viloyati, hatto qoʻshni Turkmanistonda ham tanilgan. Ayni paytda ham dolzarb muammolar, gʻoyalarni oʻzida mujassamlagan hikoya va hangomalari, sheʼrlar, muxammaslari bilan tuman gazetasida ishtirok etib kelayotgan ijodkorning koʻplab shogirdlari, muxlislari bor.

Tursunboy Abdullayev 1951-yilda Xitoy qishlogʻida tugʻilgan. Qishloqdagi 2-sonli maktabga 5 yoshdan oshganida 1956-yilda qabul qilinib, 1966-yilda aʼlo baholar bilan bitirdi. U bolaligidan badiiy adabiyotga, koʻproq kitob oʻqishga qiziqdi. Hayotdagi jumboqlarga, sirlarga, yechim topa olmagan savollariga kitoblardan javob izladi. Ayniqsa, oʻzbek mumtoz adiblarning gʻazallari, dostonlarini oʻqib maʼnosini chaqishga urinar, maktabdagi adabiyot fani oʻqituvchilari bilan darsdan tashqari paytlarda ham suhbatlashib, koʻproq tushunib olishga harakat qilardi.

 Shu qiziqishlari tufayli u Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetiga sirtqi boʻlimiga oʻqishga kirdi. Oʻsha paytdagi oilaviy sharoitiga koʻra 1966-69-yillarda kolxozda tabelchi boʻlib ishladi. Erta tongdan dalada tinim bilmay ishlaganiga qaramasdan kechalari oʻzi sevgan badiiy asarlarni mutolaa qilar, oʻzida ham ijod qilishga ishtiyoq ortar edi. Mutolaaga shu darajada berilgan ediki, oʻzbek adabiyoti bilan birga qoraqalpoq, qardosh qozoq, qirgʻiz, rus xalqlari adiblarining asarlarini ham katta qiziqish bilan oʻqirdi.

Tursunboy Abdullayev oʻqishni tugatganidan soʻng, 1970-yilda 19-sonli maktabda pedagoglik faoliyatini boshladi. Keyinchalik 2-sonli maktabda ham ona tili va adabiyot fanidan dars berib, koʻplab shogirdlar orttirdi. Iqtidorli yoshlarni kashf qilib, ijod olamiga yetakladi. Oliy toifali, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi boʻlish darajasiga yetgan ustoz fidoyiligi, oʻz ishiga masʼuliyatliligi bilan rahbariyat nazariga tushdi va 2003-yilda shu maktabda direktor lavozimiga tayinlandi. Ish faoliyati davomida maktab koʻrsatkichlarini yuqori oʻrinlarga koʻtarishga erishdi, oʻqituvchilarning oʻz ustlarida ishlashlariga imkoniyat yaratib, malakalarini oshirishga eʼtibor qaratdi. Natijada darslardagi samaradorlik ortdi, oʻquvchilar ham koʻplab yutuqlarga erishib, taʼlim maskanining nufuzi, obroʻsi koʻtarildi. Yetakchi rahbar, fidoyi ustoz 2007-yilda nafaqaga chiqdi. Ayni paytda Tursunboy Abdullayevning 600 nafardan ortiq shogirdlari xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida mehnat qilib, jamiyatga, elga naf keltirishmoqda. Ayniqsa, ijodkor shogirdlari Respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida, qoʻshni Turkmaniston, Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat koʻrsatib, oʻz ijod namunalari bilan elni bahramand qilib kelmoqda.

Tuman ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy hayotida ham faol ishtirok etib kelayotgan faxriy ustoz ayni paytda ham “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi aʼzosi sifatida odob-axloq, madaniy-maʼrifiy mavzulardagi tadbirlarda qatnashib, yosh avlod tarbiyasiga, maʼnaviyatini yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda. U fidoyiliklari uchun davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” va ikkinchi darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlariga ega boʻldi. Tumanimiz va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi nufuzli tashkilotlarning “Faxriy yorliq”lari hamda “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandi. Kitoblari, davriy matbuotda chop etilgan hikoyalari keng ommaga manzur boʻlgan ijodkor yaqinda Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzoligiga ham qabul qilindi.

U ijodiy faoliyatini 1965-yilda 14-15 yoshlaridan tuman gazetasiga maqola va sheʼrlarini berish bilan boshlagan boʻlsa, hozirga qadar shu gazetaning faol muxbiri sifatida turli mavzudagi maqolalari, sheʼrlari, hikoyalari, mustaqil tadqiqotlari bilan qatnashib, gazetxonlarning eʼtibori va hurmatiga sazovor boʻlib kelmoqda. “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalarida yorugʻlikka yuz tutgan hikoyalari, “Xitoy qishloq hangomalari” turkum mutoyibalari esa nihoyatda xalqchilligi bilan elga manzur boʻldi. U 1975-yili xalqimizning milliy qadriyatlaridan boʻlgan kelin salomlarining mutlaqo yangi shakldagi mukammal sheʼriy variantni yaratdi. Elning yaxshi kunlarida oʻzi ijro qilib, takomillashtirib bordi. Ushbu kelin salomlar qariyib 50-yildan beri xalqimiz dilidan joy olgan, tilidan tushmaydi.

Tursunboy Abdullayevning shogirdi, shoir Ahmad Nafas 2013-yilda ustoz haqidagi “Salomchi – mening unvonim” kitobini kitobxonlarga taqdim etdi. 2021-yilda ijodkorning oʻzi barcha yaratgan nasihatomuz, samimiy kelin salomlarini mujassamladi va “Ming bir salom va yangi salomlar” deb nomlab, kitob holida chop ettirdi. 2022-yilda kitobsevarlarga taqdim etgan “Itmisan, boʻrimisan, Lobo?!” nomli qissasi ham keng qamrovliligi, samimiyligi va tarbiyaviy ahamiyati bilan muxlislar qalbini zabt etdi.

Uning barcha asarlari kitobxonlarning sevimli kitoblari qatoridan joy olgan desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki uning har bir ijod mahsuli hayotiy. Ularda insoniylik, mehr-oqibat, qadimiy va milliy urf-odat, anʼanalar, shu bilan birga hayotda duch kelinadigan salbiy illatlar, ularga qarshi kurashuvchanlik kabilar aks etgan. Ustozning dorbozlik sanʼati va amudaryolik dorboz Toʻraboy Eshchanov faoliyatiga doir yangi “Dorbozlik – jonbozlik” essesi ham nashrdan chiqish arafasida. Hali-hamon ijod qilishda davom etayotgan zabardast qalamkash oʻzining umri davomida oʻqigan kitoblarini yigʻib, oʻz uyida katta kutubxona ham tashkil qilgan. Ushbu kutubxonada 3 mingdan ziyod turli adiblarning badiiy asarlari mavjud. Ustozning oila aʼzolaridan tashqari, uni tez-tez yoʻqlab turadigan shogirdlari, ovul yoshlari uchun bu kutubxona sevimli maskanga aylangan.

Faxriy ustoz nafaqada boʻlishiga qaramay, 2-sonli maktabda ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi vazifasida ishlab, yana yoshlarni kitobxonlikka, ijodga jalb etish yoʻlida munosib hissa qoʻshmoqda. Tumanimizdagi bayram va boshqa tadbirlarda ham sheʼrlari, chiqishlari bilan faol qatnashadi. Boshqa maktablarda ham tez-tez boʻlib, ijodkor oʻquvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazadi. Shu qatori taʼlim-tarbiya ishlari bilan yaqindan tanishib, yoshlarning pedagogik mahoratlarini oshirishda oʻz tajriba va bilimlari bilan oʻrtoqlashadi, kerakli maslahatlar berib boradi.

Tursunboy Abdullayev umr yoʻldoshi Enajon Abdullayeva bilan 50-yildan ziyod vaqtdan beri totuvlikda hayot kechirib kelmoqda. Ular 2 oʻgʻil, 5 qizni voyaga yetkazishdi. Hozir har biri turli kasb va hunarlarni egallab, elga, jamiyatga naf keltirishmoqda. Ayni paytda 20 dan ortiq nevara, 4 chevaraning bobo-buvilari boʻlgan Tursunboy aka va Enajon opa ularni ham yurt koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalashmoqda.

Ijod dengizi doim toshqin boʻladi, hamisha toʻlqinlanib, mavj urib turadi. Chunki u ijodkorning yuragidan, qalbidan toshib chiqadi va ummonga aylanadi. El sevgan salomchi, ezguliklar kuychisi Tursunboy Abdullayev kabi ziyo ulashuvchi ijodkorlar bor ekan, Amu elidagi adabiy muhit yanada gullab, tafakkur, maʼnaviyat yuksalaveradi va ulugʻ Vatanimiz kelajagiga munosib yoshlar ulgʻayaveradi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026