30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:19
Jamiyat 👁 333

FAROVON MFYDA YoShLARNI MAʼNAVIY-MAʼRIFIY JIHATDAN TARBIYaLAShGA OID TADBIR BOʻLIB OʻTDI

FAROVON MFYDA YoShLARNI MAʼNAVIY-MAʼRIFIY JIHATDAN TARBIYaLAShGA OID TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Bugungi yoshlar – tom maʼnoda ona Vatan taraqqiyotiga, kelajagiga daxldor avlod hisoblanadi. Ularning har tomonlama yetuk va bilimdon, tashabbuskor, el-yurt manfaati yoʻlida fidoyi insonlar boʻlib voyaga yetishi xalqimizning ertangi tinch va farovon hayotining chinakam kafolatidir.

Shu bois, yoshlar tarbiyasi bilan bogʻliq muammolarni ijobiy hal etish, ularning tashabbus va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, oʻzlarini qiziqtirgan yoʻnalishlar boʻyicha oʻqish, tadbirkorlik bilan shugʻullanishga boʻlgan istaklarini ragʻbatlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor maqsadidir. Bu borada Amudaryo televideniyesining ijodiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi doirasidagi tadbirlar oʻzining mazmun-mohiyati bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Jaholatga qarshi – maʼrifat” tamoyili asosida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan mazkur loyihaga koʻra, tumanimizdagi ovul va mahallalarda, taʼlim-tarbiya muassasalarida oʻtkazilayotgan davra suhbatlari va uchrashuvlarda aholi qatlamlarining barcha vakillari qamrab olinmoqda.

Ana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri joriy yilning 15-iyun sanasida Farovon mahalla fuqarolar yigʻinida ham boʻlib oʻtdi. Tadbirda Farovon MFY faollari, ota-onalar va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Farovon MFY raisi Madamin Kazakov ochdi va yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish maqsadida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritib, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qilish, maʼnaviy dunyosini boyitishda mahalla bilan taʼlim muassasalarining hamkorligi muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Haqiqatan ham Farovon MFYda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaviy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgani bois, 642 ta xonadonga birikkan 710 ta oilaning barchasi tinch-totuv hayot kechirishmoqda.

Mahallaning jami aholisi 2521 nafardan ziyod boʻlib shundan 1261 nafari ayol-qizlardir. Aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Yaʼni, 7-13 yoshli oʻsmirlar 317 nafar, 14-17 yoshli oʻsmirlar esa 288 nafardan ziyod, 18-30 yoshlilar 553 nafar boʻlib, milliy tarkibiga koʻra, 2269 nafar aholi oʻzbek, 96 nafari qozoq, 121 nafari qoraqalpoq, 2 nafar rus va 33 nafar boshqa millat vakillaridan iborat.

Quvonchlisi shundaki, mahallada barcha millat vakillari ahil-inoqlikda yashab, mehnat qilishadi. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning alohida iqtidorlarini yuzaga chiqarishda yetakchi – MFY raisi – hokim yordamchisi – xotin-qizlar faoli hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, fuqarolar yigʻini komissiyalari va jamoatchilik tuzilmalari hamda MFY raisi rahbarligidagi 11 kishidan iborat yigʻin Kengashi aʼzolarining oʻzaro hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli mahalla yoshlari orasida sababsiz dars qoldirish, huquqbuzarlik holatlari, shuningdek, oilaviy kkelishmovchiliklar deyarli yoʻq hisobi.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni turli mafkuraviy xurujlar, diniy ekstremizm, missionerlik targʻibotlaridan himoyalashga qaratilgan “Oʻz uyingni oʻzing asra,” “Xavfsiz tun”, “Tigʻ” kabi nazorat tadbirlari tez-tez oʻtkazilayotgani oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar tufayli, garchi shahar sharoitida yashasalar-da 420 ta oila oʻz tomorqa yeriga ega, 6 ta oila esa tomorqa xoʻjaligida issiqxona faoliyatini yoʻlga qoʻygan.

Ayni paytda mahalla hududidagi 420 ta xonadon oʻz tomorqa yeriga ega ekanligini hisobga olsak, ushbu xonadonlarda voya yetayotgan yoshlar uchun bu haqiqiy tabiat bagʻridagi gashtli mehnat lahzalarini inʼom etadi.

Tadbir davomida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant-loyihasi koordinatori, “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalarining maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva loyihaning maqsadi va undan kutilayotgan natijalar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi va bugungi davr talablari, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, yozgi taʼtil paytida ularni turli xil toʻgaraklarga jalb etish, koʻchalararo sport musobaqalarini tashkil etish xususida ish yuritish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

Tadbir davomida Farovon MFY yoshlar yetakchisi Shohruh Roʻzmetov, mahalladagi hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarova, mahalla faollaridan Baxtiyor Poʻlatovlar yoshlar tarbiyasi bilan bogʻliq oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari yoshlarni yozgi taʼtil paytida nazoratsiz qoldirmaslik, ularning qimmatbaho mobil aloqa vositalaridan foydalanishlarini nazorat qilish, eng avvalo ota-onaning vazifasi ekanligini alohida qayd etishdi.

Ravshan BAHROMOV, Muyassar XALILLAYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026