“VATAN TAYaNChI” KOʻNGILLI OʻSMIR-YoShLAR OTYaRDLARINING NAMUNALI AʼZOLARIGA TAVSIYaNOMALAR TOPShIRILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, maʼnaviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash, erkin fikrlaydigan,mustahkam bilimli, jamiyatda munosib mavqeini egallash qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qabul qilishga qodir, mamlakatning, xalqi va oilasining farovonligi yanada rivojlanishi uchun sidqidildan intiladigan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash maqsadida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy – vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” Qarori qabul qilingan edi. Qarorga muvofiq tumanimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ham 10-11-sinf oʻquvchilaridan iborat koʻngilli 20 nafarni tashkil etuvchi “Vatan tayanchi” otryadlari tuzildi. 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab, “Vatan tayanchi” harakati faoliyatida munosib ishtirok etgan hamda maktabni aʼlo baholarga tamomlagan “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga oliy harbiy oʻquv yurtiga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berilishi yoʻlga qoʻyildi.
Ushbu tavsiyanoma uch yil mobaynida amal qiladi va tavsiyanomaga ega boʻlganlarga respublika oliy harbiy taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi.
Yaqinda Mangʻit shahridagi 16-sonli maktab majlislar zalida tumanimiz maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik otryadlarining munosib aʼzolariga respublikamizning oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun ana shunday tavsiyanomalarni taqdim etishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirga tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, maktablarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari, tavsiyanomaga munosib koʻrilgan yoshlar, ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirni tuman Mudofaa ishlari boʻlimi “Vatan tayanchi” harakati tuman boʻlimi boshligʻi Zokir Saʼdullayev ochdi va yurtimizda oʻsmir-yoshlarni ona yurtiga sadoqatli, yurt kelajagi uchun kurashuvchi, mard, oliyjanob va vatanparvar qilib voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, tuman mudofaa ishlari boʻlimi xodimlarining saʼy-harakatlari toʻgʻrisida gapirdi.
Shuningdek, “Vatan tayanchi” koʻngilli oʻsmir-yoshlar otryadlarining oʻqishda va otryad harakatida faol qatnashgan, alohida namuna koʻrsatgan aʼzolariga oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar tantanali suratda topshirildi.
Tavsiyanoma olgan oʻquvchilarni tumanimiz maktablarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbarlari Rashid Nurimbetov, Laziz Matsapoyev, Akmal Saidov, Tursunboy Tagayev, Xurshid Polvonov, Marat Setdarov, Davron Oʻrinov, Bahrom Bobojonov, Imin Yoʻldoshev, Yusufboy Allaberganov, Anvar Koʻshboyev, Sadaddin Qalandarov, Shamshaddin Matsapayev, Rustam Xudoyorovlar qizgʻin qutladilar va kelgusi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.
Oʻz orzu-umidlari yoʻlidagi intilishlarining ilk natijasi – tavsiyanoma olgan “Vatan tayanchi” koʻngilli oʻsmir-yoshlar otyardlari aʼzolari buningdek ishonchni oqlashga soʻz berdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶