16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:04
Maqolalar 👁 242

Shukronalik!

Shukronalik!

Musaffo osmon, osuda tonglar, bolalarning shoʻx-shodon kulgulari, beshikda allaning ovozidan orom olib uxlayotgan goʻdaklar. – Yaratganning bizga inʼom etgan eng buyuk neʼmati shu emasmi? Yilning 4 fasli teng keluvchi jannatmakon yurtimizda ayni yoz chillasi. Tinib-tinchimas amudaryoliklar kunning haroratini pisand qilmay oʻz yumushlari bilan band. Kimlardir koʻchasini obodonlashtirayotgan, kimdir tomorqasidan birinchi hosilni olib, ikkinchisini ekishga kirishgan, kimlardir bozor rastalarida oʻz bogʻida yetishtirilgan noz-neʼmatlarni sotib, daromad topmoqda. Bolalar esa yozgi taʼtildan zavq olib, suv toʻla ariqlarda choʻmilishmoqda.

Bugun ishdan qaytayotganimda ushbu manzaralarning guvohi boʻlar ekanman, beixtiyor hayolimga “shukronalik” degan soʻz keldi. Yer yuzida bizning yurtdagi kabi tinchlik, farovonlik, toʻkinchilikda yashashni istayotgan insonlar kammi? Ammo baʼzi yurtdoshlarimiz borki, shukr qilish oʻrniga faqat noliydilar. Inson qoʻlidagi neʼmatlarga shukur qilca, neʼmatlari yanada ziyoda boʻladi. Aksincha, nolish, inkor qilish bilan esa qoʻlidagi shu neʼmat ham yoʻqqa chiqadi, deyishadi. Bu bilan boriga shukr qilib, yoʻgʻiga koʻnib yashayverish kerak, demoqchi emasman. “Olma pish, ogʻzimga tush” degan bilan ish bitmaydi. “Harakatda – barakat”, deydi dono xalqimiz. Lekin ming afsuski, davlat idoralariga arz qilib boruvchi fuqarolarimizning koʻpchiligi bola nafaqasining vaqtida plastik kartalariga tushmayotgani, mahallasida bir soat chiroq oʻchib qolgani, sogʻligida muammolar borligi, uyi davlat tomonidan taʼmirlab berilmaganidan nolishib, murojaat qiladilar. Mana shunday holatlarni koʻrganimda, “Ey inson, 32 muchang sogʻ-salomat-ku, boshqalar singari halol ishlab, mehnat qil. Davlatga boqimanda boʻlib yashashdan ne naf? Qachongancha shu alfozda davom etmoqchisan?” deb aytgim keladi. Axir hammasi insonning oʻz qoʻlida-ku!

Dunyoga taniqli milliarderlar Alibaba Group asoschisi Jack Ma, ikkita qoʻli va rivojlanmay qolgan oyoqlari bilan mashhurlikka erishgan Nik Vuychichlar ham oddiy oila farzandlari boʻlgan. Bugungi havas qilgulik hayotlariga yetib kelgunlaricha ular qancha mehnat va mashaqqatlarni bosib oʻtmagan deb oʻylaysiz? Amudaryoda ham mana shunday jasorat timsollari koʻplab topiladi.

Ammo besh barmoq barobar boʻlmaganidek, yuqoridagi kabi arzimagan sabablar uchun oltindan qimmat vaqtini faqatgina nolish, norozilik kayfiyatida oʻtkazib yuboruvchi yurtdoshlarmiz ham afsuski, topiladi. Shu xil toifadagi hamyurtlarimizga yuzlanmoqchiman:

– Hayot, tinchlik deb atalmish bebaho neʼmatlarning qadriga yeting. Bu dunyoga kelganimizning oʻzi katta baxt. Fikr-u xayolingizni goʻzalliklar bezasin. Mehnat qilib, rohat toping. Eng shirin non oʻz qoʻlingiz bilan topgan noningizdir.

Fotima Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019