16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Maqolalar 👁 240

SUYaKSIZ TIL – KIMLIGINGIZNI KOʻRSATADI

SUYaKSIZ TIL – KIMLIGINGIZNI KOʻRSATADI

Odatda uch-toʻrt nafar odam yigʻilsa, chor-atrofni “tekislash”, yaʼni qoʻni-qoʻshni, qarindoshlarni muhokama qilish boshlanib ketadi. Bunday damlarda “aytilgan gap shu yerda qolsin-a”, “yana meni aytdi demang”, kabi iboralar koʻp ishlatiladi. Shuning oʻziyoq aytilayotgan gapning rostligiga shubha uygʻotadi, odamda. Baʼzan rost gapni aytishdan ham tiyilish lozim boʻladigan holatlar ham uchrab turadi.

Keyingi vaqtlarda davralardagi suhbatlar mavzui ham kengayib borayapti, menimcha. Chunki katta-yu kichikning qoʻlida shapaloqdek “sotka,” ijtimoiy tarmoqlarda istaganicha  kezadi. Oʻqigan maʼnili, maʼnisiz xabarlarini xuddi biron narsa ixtiro qilgan odamday boshqalarga yetkazishga intiladi. Bunday bemaʼni suhbatlarga umrining aziz lahzalari sarf boʻlayotganini oʻylamaydi.

Eng achinarlisi, odamlarning, ayniqsa, yoshlarning xorij hayotiga taqlid qilishga, sharqona odob-axloq qoidalariga bepisand qarashiga olib kelayapti.

Asrlar davomida oʻzbek xonadonlarida katta yoshli odamning soʻzini boʻlmay eshitish, gap qaytarmaslik, ovozni koʻtarib gapirmaslik, ularga beminnat xizmat qilishdek odob-axloq qoidalari hukmron boʻlib kelgan. Bu oʻz navbatida oilalar tinch-totuv, ahil yashashini taʼminlagan.

Keyingi yillarda qadriyat darajasiga koʻtarilgan buningdek urf-odatlarimizga, sharqona odobimizga putur yetayotgani barchaga yaqqol ayon. Chor-atrofingizga nazar solsangiz – birov-birovdan ovozini koʻtarib gapirishga intilayotganini koʻrasiz. Barcha soʻzamol. Koʻp gapning maʼnilisidan koʻra, maʼnisizi koʻproq boʻlishi tayin.

Insonning vujudida pokiza tutilishi lozim boʻlgan eng muhim aʼzo – bu tildir. Baʼzan tilni tiyish, sukut saqlash inson hayotidagi koʻpgina noxush hodisalarning oldini olishi, sukut saqlagan insonning kuchliligini koʻrsatib qoʻyishi mumkin. Axir Pifagorning “ha” va “yoʻq” soʻzlari juda qisqa boʻlsa ham ular jiddiy fikrlashni talab qiladi”, degani bejizga emas-da.

Toʻgʻri mulohaza bilan soʻzlash, oʻz demoqchi boʻlganini shirin suxanlik bilan aytish ham yuksak odob belgisi. Kishining lutfi uning kimligini ayon qilib turadi. Zero, jumlai jahonni, barcha jonzotlarni yaratgan ulugʻ zot insongagina zabon, aql-idrok ato etgan. Bas, shunday ekan, oʻylamasdan gapirishdan, bemaʼni, foydasiz soʻzlarni gapirishdan tiyilishimiz ham zarur. Zero, tiliga hokim boʻlolmagan kishi soʻng pushaymon yeydi.

Aytishlaricha bir donishmanddan qizini uzatayotgan kishi unga yangi oilasida oʻzini qanday tutishi lozimligi xususida nasihat berishni soʻrabdi. Donishmand unga: “Koʻzing koʻr, tiling soqov, qulogʻing kar boʻlsin”, deb javob bergan ekan.

Qissadan hissa shuki, odam koʻrgan yo eshitganini, oʻqiganini hammaga aytaverishi (agar boshqalarga manfaati boʻlmasa) shart emas. Tilim bor, deb unga erk beravermasdan sukut saqlash ham baʼzan inson qadrini oshiradi. Fikrimga qoʻshilasizmi, aziz gazetxon?

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019