01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 19:02
Maqolalar 👁 292

KALISh yoki FIDOYILIK

KALISh  yoki FIDOYILIK

Onamning bittagina opasi boʻlgan. Akasi ham yolgʻiz, bittagina. Akasi Ikkinchi jahon urushiga ketib, qaytib kelmagan. Bu haqda onam bizga takror va takror gapirganlar. Avvallari xat-xabar kelib turgan, keyinchalik esa dom-daraksiz, izsiz ketgan togʻamizdan na qora xat, na boshqa xabar kelmasa-da,

momom oʻgʻlidan umidini uzmagan va albatta, kelishini taʼkidlayverardi.

Momom 94 yoshida olamdan oʻtdilar. Baqoga ketar pallasida ham oʻgʻlining ismini juda koʻp takrorlab, eshikka termulganlaricha jon berdilar...

Momomdan keyin onam dabdurustdan akasining kirib kelishini, koʻz oldiga keltirib, baʼzida yosh bolalardek quvonib ketar edi. Bu esa bizga xuddi tush yoki ertakdek tuyular, oʻsha izsiz ketgan togʻamizni koʻz oldimizga keltirib, oʻzimizcha tasavvur qilardik.

Onam bilan xolam ikkisi oilaning ustuni boʻlganlar. Onamni uzatishgandan keyin xolam yolgʻiz onasini tashlab, erga tegishini oʻziga ep koʻrmagan.

Lola xolamni soʻrovchilar koʻp boʻlsayam rad javobini berib, onasi xizmatiga bel bogʻlagan. Biroq qarindoshlar uni oʻrtaga olishib, bir sodda, ochiqkoʻngil yigitni ichkuyov qilishgan. Oilada endi erkak borligidan xursand boʻlganlar. Lola xolam bittagina oʻgʻil farzand koʻrgan-u, boshqa farzandli boʻlmaganlar.

Bir umr paxta dalasida mehnat qilganlar. Baʼzi-baʼzida onam bizni yordam berasizlar, deya momomnikiga joʻnatar edi.

Momom belini mahkam bogʻlab, sigir sogʻardi. Xolam va eri ertadan to kechgacha dalada. Momomga rahmim kelganligidan men ham yordam beraman. Bir oilaning mol-holi, osh-ovqati momom zimmasiga ogʻirlik qilishini oʻylayman. Yordam bergani oshiqaman.

Ular mening uyimga ketishimni istamas, hatto ketib qolmasligim uchun pul ham berib qoʻyar, bu pulga maktab kiyimi olishimni, aʼlo oʻqishimni uqtirishdan charchamas edilar. Men esa vaqt oʻtgan sari bu insonlar ham mening bitta oilam ekanligini tushunib yetdim.

Qazoi-qadar yetib, momom vafot etdi. U 94 yoshda edi.

Oradan koʻp oʻtmay, xolamning vafoti haqida xabar keldi. Onam betob, unga sezdirmay, beshta qiz yetib bordik. Qoʻshnilar: “ana, Xadichaning qizlari keldilar”, deyishdi. Biz xolamning armonini, onam uchun toʻliq bajardik. Goh onam, goho xolajonim, deya vidolashdik.

Menga xolamning kalishini berishdi.

– Ol, uydan kirib-chiqqaningda xolangni eslab kiyasan, – deyishdi qoʻshnilar.

Hali kiyilmagan, yap-yangi kalishga tikilib qoldim. U aslida momomga tegishli edi.

– Togʻang armiyadan eson-omon kelsa, toʻyida kiyish uchun xivalik momongdan oldim, – deya avaylabgina sandigʻiga solib qoʻyardilar momom.

Togʻam esa... hamon bedarak. Hamon uning nomi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari orasida biron roʻyxatda yoʻq. Uning nomini soʻroqlab momom ham, onam va boshqa qarindoshlari ham dunyodan oʻtib ketishdi. Uchinchi, toʻrtinchi avlod vakillari – biz qoldik. Har yili hayit va bayramlarda, 9-may – Xotira va qadrlash kunida suratlariga tikilib-tikilib, fidoyilik qasrini qurib ketgan jafokash momomni yodga olamiz. Vaqt oʻtaveradi, xotiralar esa mangu uygʻoqdir.

Poygakda momomning kalishi, xuddi egasini kutgan kabi yap-yangi, eskirmaydi..

Zuhra AHMEDOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026