30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:10
Jamiyat 👁 314

“VATAN TAYaNChI” OTRYaDI AʼZOLARIGA KOʻKRAK NIShONI TOPShIRILDI

“VATAN TAYaNChI” OTRYaDI AʼZOLARIGA KOʻKRAK NIShONI TOPShIRILDI

Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadlari aʼzolarining tantanali ravishda vaʼda berish va ularga koʻkrak nishoni topshirishga bagʻishlangan marosim oʻtkazildi.

20-oktyabr kuni tuman Madaniyat boʻlimi kontsertlar zalida boʻlib oʻtgan tadbirda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug masʼullari, tuman Mudofaa boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov, boʻlim boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari boʻyicha oʻrinbosari Zokir Saʼdullayev, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshligʻi Islom Matkarimov, Davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli harbiy qism xizmatchisi Sherzod Atayev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashishdi. Shuningdek, marosimda umumtaʼlim maktablarining Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha rahbarlari hamda 200 nafarga yaqin 10-11-sinf oʻquvchilari – “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar ushbu sharafli nishonga sazovor boʻlgan yoshlarni qutlab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, “Vatan tayanchi” harakatining asosiy vazifasi hamda maqsadi tushuntirilib, oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, maʼnaviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash kerakligi taʼkidlandi.

Maʼlumki, 2022-yil 2-martda Prezidentimizning «Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu Qarori asosida bugungi kunda tumandagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati guruhlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bu oʻz navbatida, yurtimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mutlaqo yangicha yoʻnalishi boʻlib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning oʻziga xos shakli hisoblanadi.

Qarorda davlat umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan 10-11-sinf oʻquvchilari orasidan vatanparvar, eng intizomli va bilimli, tashabbuskor boʻlgan 20 nafar yoshni saralab olish orqali «Vatan tayanchi» otryadlarini tashkil etish belgilangan. Shuningdek, Qarorda harakat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli idora va tashkilotlarga vazifalar, otryad aʼzolarining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun imtiyozlar ham nazarda tutilgan. Harakat aʼzoligiga qabul qilingan faol oʻquvchilar oliy harbiy taʼlim muassasasiga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma hamda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ballni qoʻlga kiritadi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, maʼnaviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, mustaqil qaror qabul qila oladigan, mamlakat va oʻz oilasi faravonligini yanada rivojlantirish orzusida boʻlgan yoshlarni voyaga yetkazish “Vatan tayanchi” – bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining asosiy vazifalaridan sanaladi. Shuningdek, oʻquvchi yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik ruhini uygʻotish, oʻquvchilarni odob-axloq, vatanga sadoqat, oʻziga ishonch ruhida tarbiyalash, umumtaʼlim maktab oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay sharoit yaratish, oʻquvchilarni turli xavfli gʻoyalar va “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy taʼsirlardan himoya qilish ham asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Tadbirda tuman Madaniyat boʻlimining havaskorlari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish qilinib, tomoshabinlarga yanada koʻtarinki kayfiyat baxsh etildi.

Z.Saʼdullayev, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026