“Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – yagona Vatanmiz!" shiori ostida maʼnaviyat marafoni oʻtkazildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 2-noyabr kungi bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” gʻoyasi asosida hududlarda maʼnaviyat-maʼrifat tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Amudaryo tumanida ham 2023-yil 10-noyabr kuni “Maʼnaviyat marafoni” tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Tuman Madaniyat boʻlimi binosida oʻtkazilgan tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Maʼnaviyat-maʼrifat” markazi tuman boʻlimi rahbari Islom Matkarimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taʼlim faxriysi Tursunboy Abdullayev, ovul va mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda yoshlar qatnashdilar.
Tadbirda soʻz olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi tuman boʻlimi rahbari Islom Matkarimov mamlakatimizda jadal tarzda kechayotgan yangilanish jarayonlarida maʼnaviyat, maʼrifatga eʼtibor har doimgidan ham ustuvor ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladi.
“Maʼnaviyat marafoni”ni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad ham yoshlar oʻrtasida milliy gʻurur, vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish, asrlar davomida saqlanib kelayotgan milliy urf-odatlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targʻib qilish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishdir.
Darhaqiqat, bugun yoshlarda milliy gʻururni shakllantirish va yuksaltirish, vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, mamlakatimizdagi tub yangilanish jarayonlarining mazmun-mohiyatini kelajagimiz egalariga yanada kengroq tushuntirish dolzarb masala hisoblanadi.
“Maʼnaviyat marafoni” doirasida bir qator loyihalar ham amalga oshirildi. Jumladan, yoshlar orasida kitobxonlikni targʻib qilish borasida “Baxtli bolalik”, “Kitob – bilim bulogʻi” kabi mavzularda davra suhbatlari, “Bu kitobni har bir inson oʻqishi kerak” gʻoyasi ostida kitoblar koʻrgazmalari tashkil etildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taʼlim faxriysi Tursunboy Abdullayev, “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” gʻoyasining mazmun-mohiyati haqida, yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, erishilayotgan yutuqlar va ularning samaralari haqida yoshlarga hayotiy misollar orqali soʻzlab berdi.
“Maʼnaviyat marafoni” doirasida yoshlar oʻrtasida urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz ham keng targʻib qilindi hamda tajribalari nuroniylarning, taniqli olim va ziyolilar, ustoz-murabbiylarning ibratli hayot yoʻli targʻib etildi.
Tadbirda milliy qadriyatlarni saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish boʻyicha fikrlar bildirilib, yoshlar eʼtiboriga mumtoz qoʻshiqlar va raqslar havola qilindi. Shu bilan birga “Milliy qadriyatlar – millat koʻrki” shiori ostida milliy liboslarimiz ham targʻib etildi. Shuningdek, milliy libos kiygan taniqli sozandalar ishtirokida kontsert dasturi tashkil etildi.
Yosh avlod qalbida Vatanni sevish, uni qadrlash tuygʻularini kuchaytirish maqsadida “Oʻzbekiston – mening Vatanim!”, “Onamdayin mehribon Vatan!” kabi mavzularda kuy-qoʻshiqlar yangradi.
“Maʼnaviyat marafoni” loyihasining amalga oshirilishi bolalar va yoshlar taʼlim-tarbiyasidagi uzviylikni taʼminlashda, ularning siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy, mafkuraviy faolligini oshirishda barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining masʼuliyatini va daxldorligini oshiradi hamda maʼrifatli jamiyatni barpo etishni yoshlar ongiga singdirishga, mamlakatimizda yoshlar siyosatiga doir ishlar natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶