NOTARIAL HARAKATLAR BELGILANGAN TARTIBDA RAD ETILIShI MUMKIN
Notarial harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra amalga oshiriladi. Ushbu Qonunning 38-moddasida notarial harakatni amalga oshirishni rad etish tartibi koʻrsatilgan. Belgilab qoʻyilganidek, bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa, bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlganida, muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilganida, yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki Nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa, bitim qonun talablariga yoki notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmasa rad etiladi.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notariusga murojaat qilingan kundan boshlab, uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi. Notarius notarial harakatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan ayrim notarial harakatlar, masalan, meros qoldiruvchining kreditorlaridan daʼvolarni qabul qilish, meros mol-mulkni qoʻriqlash, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi, marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga koʻra, umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berish notarial harakatlar marhum oxirgi doimiy yashash manzili boʻyicha roʻyxatga olingan hududdagi notarial idora tomonidan, pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish depozitga pulni topshiruvchi shaxs, chekni toʻlovga taqdim etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash chekni toʻlovga taqdim qiluvchi shaxs doimiy yashash manzilidagi hududdagi notarial idora tomonidan amalga oshiriladi.
“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 38-moddasiga asosan amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni notoʻgʻri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir.
R.Niyazimbetov,
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶