Jayxun ilhomlari
Iltijo
(giyohvandga)
Şunday böldi: yolğiz öğil bir çimdim qora oğu uçun bor-budini qimorga tikdi.
Ey öğil, sizni deb olovlandi jon,
Badanlar ming yamoq, egovlandi jon.
«Yo hayot, yo mamot!» yalovlandi jon,
Lek şu dam isyonga yuz tutdi jahon —
Şu jahon onangiz, biling, oğajon!
«Bolam», deb köylagin yamablar kiydi,
Köngil uylaringiz silablar suydi.
Qutluğ eşiklarga niyatlar uydi,
Borini «töyga», deb tilablar qöydi,
Muşfiq onangizni yöqlang, oğajon!
Qiz bolaning köngli guldir, aslida,
Ul mehmon, bir sarrin yeldur, aslida.
Ikki çaman aro yöldir, aslida,
Öşal yölda fido eldir, aslida —
Opa-singlingiz siylang, oğajon!
Bu dunyo dunyomas, yolğonlar uyi,
Söngsiz girdoblarda qolganlar uyi,
Yaxşilar siğmagan yomonlar uyi.
Suydirib, kuydirgan armonlar uyi —
Bu uylar içinda kuymang, oğajon!
Har sözni bir boğday asrab-avaylab,
Eʼzozlar köşkiga ismingiz joylab.
Jigarim, jonim, deb sajdalar aylab,
Siz kelar yöllarga könglini boylab
Kutguvçi MEHRNI qiymang, oğajon!
Vo dariğ! Kuydingiz bu fano içra,
Yolğonlar burqsigan dud, havo içra,
Nafs-u makr tolib, bul savdo içra,
Kuydingiz tökilib, bad-balo içra –
Bolangiz qoniga ötmang, oğajon!
Robiya YÖLDOŞEVA.
Fariştam
Juda jajji qöllari,
Közlari va yuzlari.
Murğakkina jussali,
Fariştali nabiram.
Allohga yetdi nolam,
Yetdim murod-maqsadga.
Iltijolarim qabul
Böldi uluğ dargohda.
Qoş-u kiprik maysadek,
Yuzlari misli oydek.
Yiğlasa, oğrir jonim,
Alla kuylar yuragim.
Nevaram — zurriyodim,
Omadli bölgin doim.
Ğam körmasin közlaring,
Sen özing tölinoyim.
Gulhayo — noming uluğ,
Ham tabarruk, ham nozik.
Ismingga loyiq farzand,
Bölgin iqboli töluğ.
Zuhra Ahmedova.
Nevaram
Uyimni töldiradi,
Qiyqiriği, kulgusi.
Kelar menga ergaşib
Yonginamda yurgisi.
Öyinçoqlari bisyor,
Koptok, ayiq, qöğirçoq.
Buvisi öng qöliga,
Taqib qöygan közmunçoq.
Bolaligim eslatar,
Kulib turgan yuzlari.
Öziça zör gapirar,
Çala-çulpa sözlari.
Bölmasa istagani,
Xarxaşa qilib qolar.
Xuş körib şirinlikni,
Sutiga novvot solar.
Qoğoz, qalamim qöymas,
Yozib-çizib taşlaydi.
Şeʼrni özbekçadamas,
Öz tilida aytadi.
Şirin bölmasa munça,
Farzandimning bolasi.
Kelib erkalatişar,
Amma, xola — hammasi.
Nabiram — ovunçoğim,
Birga öynab-kulamiz.
«Zör»dan zör telekanal,
«Bolajon»ni köramiz.
Ulğaysin, bölib omon,
Qayğu-ğamni bilmasin.
Bölsin yöllari ravon,
Nopok yöldan yurmasin.
Nevaramga sodiq döst,
Nomus bilan or bölsin.
Jannatmakon yurtimda,
Doim baxtga yor bölsin.
Hayotda qoqilmasin,
Omadini tilay men.
Avvalo inson bölsin,
Faxrlanib yuray men.
Bekbergan TLEUMURADOV, Qipçoq OFY.
OSMONNING OHI
Samoga boqaman goh uzun tunlar,
Yulduzlar jimirlab, menga sözlaydi.
Surati, siyrati quvnoq yulduzlar,
Maʼyus közlar ila meni çorlaydi.
Zaminga xöş aytib uçib ketgandim,
Koinot qaʼridan yerga qaradim.
Böy-basti öxşagan yer ahli — odam
Siyratin körsatsa, mahzun yiğladim.
Kimningdir boylikdan halovati yöq,
Kimningdir köziga ğaribdir dunyo.
Yetimlar faryodi – otilgan bir öq,
Osmonni qaqşatar, töxtamas göyo.
Töşakka mixlangan nogiron inson,
Bir lahza quyoşdan bahra olsa bas.
Giyohvand otaning, majruh notavon
Bolasi bözlaydi besamar, besas.
Kar va kör, soqovning, aqli zaifning,
Köklarga yetgaydir unsiz naʼrasi.
Qiyomat kunida panoh jannating,
Sen axir Xudoning suygan bandasi.
Odil ŞOMURODOV.
Olmalar
Suv böyida sermeva,
Olma daraxti ösar.
Göyo öynaymiz, deya
Uzilib, suvga tuşar.
Oqib borar, ariqda,
Galalaşib mevalar.
Tutib olmoq qasdida,
Suv yoqalar bolalar.
Oqib ketma, olmajon,
Seni yaxşi köramiz.
Sen-la bezab dasturxon,
Quvonişib yuramiz.
Marjona Karimboyeva, 71-maktab öquvçisi.
TARBIYaLI BÖL, ÖRTOQ
Tarbiyali bölsang gar,
Hamma havas qiladi.
Xulqing yomon bölsa gar,
Eling yuz ögiradi.
Agar yaxşi iş qilsang,
«Otangga balli», derlar.
Nokas va qitmir bölsang,
Nom, nasabing bulğanar.
Tarbiyali böl, örtoq,
Nomingga gard yuqtirma.
Yaxşi bola böl har çoğ,
Ota-onang çökdirma.
Akmal IBROHIMOV,
86-maktab öquvçisi.
Zerikarli dars
Zerikarli darslardan,
Qoçib ketgim kelardi.
Lekin möʼjiza kutib,
Sinfda qolgim kelardi.
Taşqariga boqdim jim,
Yaşillangan tört tomon.
Termulib qoldim bir zum,
Ustoz urişdi yomon:
«Jimlik!» deya baqirdi,
Söng Jalolni çaqirdi.
«Nega jağing tinmaydi,
Sukunatni bilmaydi?»
Şamol ham tinay demas,
Quyoşga parvo qilmas.
Xayolan uzoq ketdim,
Borib quyoşga yetdim.
Quyoşga yetdim, ammo,
Çiqib qoldi muammo.
Özimga kelib bildim,
Sinf – ötirgan joyim.
«– Sardor, qani, sen tur-çi,
Menga yuzingni bur-çi.
Ildizmi yo kvadrat?
Savolga javob top-çi!»
Öylana turib yana,
Fikr keldi xayolga.
Ustozga «ildiz», desam,
Kamiga şapaloq yesam.
«Kvadrat, deb qöysam-çi,
Yana ikki olsam-çi?»
Ustoz: «bölaqol», dedi,
Barnoxon javob berdi.
«Töğri, ötir Sardorjon,
Bunça çözding bolajon?
Bosmasin heç hayajon,
Tez javob ber har qaçon».
Baxtim kulib şu zamon,
Ustoz dedi: «Dars tamom!»
Matluba RAJABOVA,
5-maktab öquvçisi.
Haqiqat
Asragaydir bizni sevgimiz,
Yurakdagi totli mehrimiz.
Ravon bölmoği-çun yölimiz,
Mehr kerak, oqibat kerak!
Yer öz mehvari tegrasida,
Aylanib, oy balqişida.
Ahli odam ulğayişida,
Mehr kerak, dunyoga, albat!
Bu hayotni saqlaguvçi u,
Baxt yöliga boşlaguvçi u.
Dunyolarni asraguvçi u -
Mehr kerak, muhabbat kerak!
Rayhona Rözimboyeva,
35-maktab öquvçisi.
Onajon
Ojiz erur tilim, bir söz demoqqa,
Mehringiz aytaymi, muştipar Ona.
Siz uçun aytilgan taʼriflar sayoz,
Issiq bağringizni sözlaymi, Ona.
Muşkanbar hidi ham berolmas menga,
Xuşböy römolingiz taratgan hidni.
Gullar gözalligi körinmas menga,
Takrorlay ololmas heç biri sizni.
Dunyo nigohidan çetda qolsam ham,
Men bilan birgasiz, möʼtabar Ona.
Bu oçiq közlarga yomon bölsam ham,
Eng yaxşi farzandman siz uçun, Ona.
Mayli, dunyo ğami yelkamga tuşsin,
Kötara olaman tuhmat toşini.
Istagim Onajon, sizda körmayin,
Közingizdan oqqan hasrat yoşini.
Baʼzan yoşlik qildim, baʼzan beboşlik,
Baʼzan jahl qilib, Sizga döq urdim.
Keçiring Onajon, telba öğlingiz,
Musofir bölganda, bildim qadringiz.
Siz borsiz, borliq bor, fariştam Onam,
Siz borsiz, soğliq bor, darmonim – Onam.
Baxtimga qoşimda soğ-omon böling,
Siz borsiz, ğamlar yöq mehribon Onam!
Mansurbek Allamberganov.
Kuz oxirladi...
Paxta, şoli, buğdoyi,
Çayqaladi dalada.
Kelganini oltin kuz,
Bilmay qoldik buni biz.
Xirmoni tölib-toşdi,
Dehqon marradan oşdi.
Ziroat mölligidan
Köngillar daryo — toşdi.
Yoğin-soçin köp böldi,
Kunlar qisqa, tun uzun.
Izğirin ham kuçayib,
Barg uzildi sarğayib.
Poyoniga yetdi kuz,
Eşik qoqdi qorli qiş.
Çanalarni sozlaymiz,
Qorli qişda öynaymiz.
Muhabbat Örinbosarova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶