28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:37
Adabiyot 👁 269

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

 

Yangi Qomusim

Yangi Oʻzbekiston! – Yangi atama,

Yurak tubidagi uygʻoq umidlar.

Ilm osmonida yuksak pogʻona,

Qomusim madhini dillarga joylar.

 

Uygʻoning, bir qarang, Beruniy bobo,

Avlodlar quvonchi sigʻmay olamga.

Siz bitgan qomuslar, zamonlar osha,

Ming yillik yoʻl bosib, yetdi bizlarga.

 

Ezgulik yoʻlida sanchib ketilgan,

Oʻsha minoralar qilichday turar.

Ona Yer koʻksidagi jarohatlar ham,

Bitib, unut boʻldi, qolmadi izlar.

 

Azob ummonida sahrolar kezib,

Havas-la boqarding, qushlarga qarab.

Ilm-fan saroyida nabirang tetik,

Qush boʻlib uchmoqda, qanotlar yasab.

 

Dillarga zavq berib, koʻzni quvnatar,

Qad rostlab, boʻy choʻzgan shaharlar, kentlar.

Kelajak egasi — yigitlar, qizlar,

Buyuk choʻqqilarga nigohin qadar.

 

Yangi Oʻzbekiston! Yangi Qomusim,

Hali oʻqilmagan kitobin yozar.

Shu goʻzal hayotning xushboʻy iforin,

Olamga tarating, Siz aziz yoshlar!

 

Maqsadi, gʻoyasi iymon-eʼtiqod,

Borliqqa nur sochsin yangi kitobing.

Vatanim bagʻrida koʻz ochgan buloq,

Uchinchi Renessans — sening davroning!

Odil ShOMURODOV.

 

Jonim ichra jonsan, Vatan!

Qum, tuprogʻing — toʻtiyodir,

Sharq-u Gʻarbing — nur-ziyodir,

Qon tomiring — qoʻsh daryodir,

Moʻl bebaho konsan, Vatan,

Jonim ichra jonsan, Vatan!

 

Tugʻing — mard-u maydonlarda,

Husning, koʻrking —zabonlarda,

Madhing qoʻshiq, dostonlarda

Sen sharafsan, shonsan, Vatan,

Jonim ichra jonsan, Vatan!

 

Tinchlik, hurlik — shiorsan sen,

Doʻstlarga chin doʻst-yorsan SEN!

Mangu obod diyorsan — SEN,

Musaffo osmonsan, Vatan,

Jonim ichra jonsan, Vatan!

 

Dono, pirlar farogʻatda,

Qiz-yigitlar saodatda,

Rasululloh shafoatda,

Sen nuri iymonsan, Vatan,

Jonim ichra jonsan, Vatan!

 

Istiqloldan — sururlaring,

Istiqbolda — gʻururlaring —

Jaloliddin, Temurlaring —

Dovrugʻi dostonsan, Vatan,

Jonim ichra jonsan, Vatan!

 

Namoyondir xitobida —

Bugun, ertang, har bobida,

Davlat «Qonun Kitobi»da

Bitilgan Nizomsan, Vatan,

Jonim ichra jonsan, Vatan!

Tursunboy Abdullayev.

 

Avaylaylik, aziz ona tilimizni

(1-dekabr — Qoraqalpoq tiliga

davlat tili maqomi berilgan kun)

Artib tashlab koʻngillardan kirimizni,

Turaylik-chi, qoʻllab biri-birimizni.

Tilsiz koʻrmoq qiyin boʻlar kunimizni,

Avaylaylik, aziz ona tilimizni.

 

Oʻzga til ham kerak bilgil hayot uchun,

Ona tiling kerak doim birlik uchun.

Borligini koʻrsataylik tilning kuchin

Avaylaylik, aziz ona tilimizni.

 

Ona tilda soʻylang mudom soʻzingizni,

Angla xalqim asli oʻzing kimligingni.

Tilimizni yoʻqotmang, oching koʻzni.

Avaylaylik, aziz ona tilimizni.

 

Har kimsaga oʻz tili ulugʻ sanalar,

Til — millatning koʻrki, demish donolar.

Shuning uchun unutmaylik zamondoshlar,

Avlodlarga yetkazmoq burch, tilimizni.

Angsatboy QARAJANOV, huquqshunos.

Qoraqalpoq tilidan Oygul Rajabova tarjimasi.

 

Qishlogʻim

Taʼrifing yozishga olarkan qalam,

Xayoldan koʻp soʻzlar oʻtmoqda bir-bir.

Qizilcholidan soʻng, qoʻnim topganim,

Yurtlarning aʼlosi — bizning Kuy koʻpir.

 

Oqarkan oʻrtada Mangʻit arnamiz,

Dehqonlarimizda yoʻqdir xavotir.

Koʻzni quvontirib yashnar ekinlar

Xirmoni koʻp qishloq boʻlar, Kuy koʻpir.

 

Fidoyi insonlar yashnatar elni,

Shifokor, muhandis, muallim, shopir.

Traktor boshqargan qizlari ham bor,

Fayziga-fayz qoʻshib borar Kuy koʻpir

 

Deydilar: najotkor Xoljon tabibdan,

Tabobat ilmida qolmagan koʻp sir.

Ajdodlari undan shifosin topgan,

Avlodlarning yurti — soʻlim Kuy koʻpir.

 

Oʻxshashin topmassan bunday makonning,

Qomuslardan qara, yutubdan qidir.

Eshon bobolardan bizga merosdir.

Mingturgʻan ogʻalar suygan Kuy koʻpir.

 

Temir yoʻl ham oʻtdi, poyezd kelmoqda,

Yurt ravnaqi aniq, tolesi vofir.

Xitoy, Oʻzbekiston — qoʻshnilar bilan,

Birga yayrab, yashnab borar Kuy koʻpir.

 

Bunda siylab yashar, har kim bir-birin,

Yoshlar muruvvatli, qarilari — pir.

Alqamay boʻlarmi, bundayin yurtni,

Kelajagi porloq qishloq — Kuy koʻpir.

 

Faqat... Yoʻllar rasvo, bogʻcha esa yoʻq,

Iltimos, boʻlaylik endi ogʻzibir.

«Openbyudjet»da biz gʻolib chiqsak,

Shunda obod qishloq boʻlar Kuy koʻpir.

 

Toʻrt tomon oboddir. Nahotki bizning,

Koʻzlarni moy bosdi, quloqlarni kir.

Harakat qilaylik, hammamiz shunda,

Jannatmakon qishloq boʻlar — Kuy koʻpir.

 

Qizilcholi

Mubolagʻa, boʻrttirishlar qoʻshmasdan,

Faqat aytsam borini oʻz holicha.

Eshitganni nomlari lol qoldirar,

Koʻp mashhurlar oʻtgan Qizilcholida.

 

Mehmonlarni rozi qilib joʻnatgan,

Dasturxoni va tildagi bolida.

Ham taomga, ham gurungga toʻydirgan,

Hotamtoylar yashar Qizilcholida.

 

Koʻp xislatlar ayon boʻlar birgina,

Mezbon aytgan takror «olho-ol»ida.

Toʻy qilsalar, toʻkib tashlar borini,

Keng feʼllilar eli Qizilcholi-da.

 

Yurt ravnaqin burchim, degan koʻngli bor,

Navqiron, keksami, navniholida.

Shuning uchun yashnab borar tobora

Azamatlar bor-da, Qizilcholida.

 

Avvallari qovun ekkan qayirda,

Bu kunlari umid faqat sholida.

Xirmonlarni olaversa, tonnalab,

Toʻy avjini koʻring, Qizilcholida.

 

Zigirikda qanot oʻzi norma der,

Gʻayrati zoʻr Amin qassob — cholida

Qartaysa ham nafs qurgʻur qoʻydirmas,

Qoʻluzlikning moʻli Qizilcholida.

 

Yakka oʻzi qadrin topmas raqamlar,

Qadri uning yonidagi nolida.

Aholisi bagʻri butun insonlar,

Aziz boʻlib yashar, Qizilcholida.

Ahmad NAFASOV.

 

Shafqatsizlik

Ey naslim, siz mening jonim avlodim,

Bunchalar toshbagʻir boʻlib qolgansiz.

Quyoshga boʻy choʻzgan maysani... koʻrdim.

Toptaysiz, ezgʻilab, yanchib ketasiz.

 

Daraxtlar jimgina maʼyus tebranar.

Dir-dir titrab ketar, insonni koʻrib,

Inson hech joni achimay, arralayverar.

Maqsadi — pul qilish, oʻtinni sotib.

 

Shamolda hilpirab ochilgan lola.

Anov bolakayning koʻzini oldi,

Gulni uzib olgan, beshafqat bola.

Bir hidlab koʻrdi-yu, soʻngra irgʻitdi.

 

Oyoqlar tagida yanchilgan lola.

Ayanchli ahvolda: “toshbagʻir”, dedi,

Axir u ochilib jumla olamga,

Husnini koʻrsatib qoʻymoqchi edi...

Zuhra Ahmedova.

 

Qomusim

Qomusim — mening baxtim,

Ozodligim ramzidir.

Biz yoshlarga yoʻl ochuvchi

Qanotimdir, faxrimdir.

 

Qonunlarni biz bilib,

Ulgʻayamiz doʻst boʻlib.

Ertaga biz, albatta,

Sodiq avlod boʻlamiz.

 

Qomusimizni bilib,

Dunyoga doston qilib.

Yangi Oʻzbekistonda

Bilimli yoshlar boʻlib.

 

Qonunlarni, albatta,

Biz oʻrganib olamiz.

Va birlashib yagona

Oʻzbekiston boʻlamiz!

Zilola RajabbOyeva,

24-maktab oʻquvchisi.

 

Mangʻitim

Yashnagan gul diyorim,

Mangʻitimsan, Mangʻitim.

Chaman-chaman gulzorim,

Mangʻitimsan, Mangʻitim.

 

Amudan suv ichgan el,

Sinovlardan oʻtgan el.

Bogʻlarida bitgan gul,

Mangʻitimsan, Mangʻitim.

 

Istiqloldan nur olgan,

Nuri har yon taralgan.

Nishon olgan, nom olgan,

Mangʻitimsan, Mangʻitim.

Amudaryo — faxrimsan,

Ravnaq topgan shahrimsan.

Maqtovlarga haqlisan,

Mangʻitimsan, Mangʻitim.

 

Chaman-chaman gulzori,

Dilsayyorning diyori.

Yashnayotgan shahari,

Mangʻitimsan, Mangʻitim.

 

Xudoybergan JUMAMURODOV,

Bogʻ mahallasi.

 

 

Boylik abadiy emas

Koʻplar koʻngil qoʻyadi,

Jaraq-juruq pullarga.

Pulin hidlab yuradi,

Bu dunyodan oʻtguncha.

 

Oʻtkinchidir, bu hayot,

Qoladi bor boyliging.

Pullar qutqara olmas,

Dunyodan oʻtar chogʻing.

Temurbek Rahmatullayev, 30-maktab oʻquvchisi.

 

Senga sheʼrlar yozsam...

Senga sheʼrlar yozsam, gʻirt devonaman..

Yetti falakdan ham balandroq turib.

Har ikki dunyodan yuzimni burib,

Sening dunyoyingda yashab qolaman.

Senga sheʼrlar yozsam, gʻirt devonaman...

Layli hech tuymagan hislarni tuyib.

Soʻz izlab, ming kuyib, bir seni suyib

Qolgan oshiqlardan sovib qolaman!

Senga sheʼrlar yozsam, gʻirt devonaman...

Sen tanho ilhomim, mening nazmimda.

Men-chi?! Kim erurman sening nazdingda,

Balki yagonaman? Yo begonaman!

Aziza Madrahimova.

 

Yoʻqlang, doʻst-u birodarlarni

Bugun eslang, qadrdonlarni,

Barcha doʻst-u birodarlarni.

Biling, doʻstning eskisi boʻlmas,

Boʻlgan sizga jonajonlarni.

Yoʻqlang doʻst-u birodarlarni.

Qayda, maktabdagi sinfdosh,

Qayda oʻrtoq, bolalikdagi.

Gʻoʻr yoshlikda boʻlganlar yoʻldosh,

Eslang barcha qadrdonlarni,

Yoʻqlang doʻst-u birodarlarni.

Shod boʻlsangiz, xursand boʻlishgan,

Gʻamgin paytda hamdard boʻlishgan.

Mahallada sirdosh boʻlishgan,

Eslang barcha qadrdonlarni,

Yoʻqlang doʻst-u birodarlarni.

Yaxshi-yomon kunni koʻrishgan,

Sizni yolgʻizlatmay yurishgan.

Oqil maslahatlar berishgan,

Eslang barcha qadrdonlarni,

Yoʻqlang doʻst-u birodarlarni.

Doʻst achitib aytar, gohida,

Ishda kam-koʻst boʻlgan chogʻida.

Boʻlmasin deb quzgʻun bogʻida,

Eslang barcha qadrdonlarni,

Yoʻqlang doʻst-u birodarlarni.

Doʻst bilan uy boʻladi obod,

Diydoridan koʻngil boʻlar shod.

Doʻstsiz qolgan kun, bu xurofot,

Eslang barcha qadrdonlarni,

Yoʻqlang doʻst-u birodarlarni.

Yoʻqlab turing doʻstlarni doim,

Qoʻllar sizni shunda Xudoyim.

Ishlar ham xoʻb boʻlar muloyim,

Eslang barcha qadrdonlarni,

Yoʻqlang doʻst-u birodarlarni.

Bekbergan TLEUMURADOV,

Qipchoq ovuli.

 

Bobom tuzgan tuzuklar

«Tarixsiz kelajak yoʻq» deganlaring,

Nahot endi tarixga kirgani rost boʻlsa.

Biz yoshlarning yurar yoʻlin koʻrsatib berib,

Komil inson tushunchang bir asos boʻlsa.

Doim derding: «Kelajak — siz yoshlarniki!»

Mustaqil yashashni oʻrgatding bizga.

Maʼrifatni qoʻlimizga mashʼala qilib,

Jaholatdan ayro yoʻlni koʻrsatding bizga.

Umr deganlari buncha beshafqat,

Kechagina har bir yoshning yonida eding.

«Bugun ham tark yetmay buyuk tarixim,

Turaman oʻzbekning shaʼnida deding».

Shavkat bobom soʻzi boʻlib, har bir yurakda,

Qalbimizda, ongimizda kezib yurasan.

Sen boshlagan ulugʻ yoʻlning zarvaraqlarin

«Yuksak maʼrifat»ing bilan bezab turasan.

Abdullajon OZODBOYeV.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026