30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:58
Salomatlik 👁 278

XALQ SOGʻLOM BOʻLSAGINA JAMIYaTDA YuKSAK TARAQQIYoTGA ERIShILADI

XALQ SOGʻLOM BOʻLSAGINA JAMIYaTDA YuKSAK TARAQQIYoTGA ERIShILADI

Har kim sogʻligini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

Konstitutsiyaning 48-moddasidan.

 

Mamlakatimizda tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan ishlar ham eʼtiborga molik.

Hozirgi kunda tumanimizda  1ta KTMP, 9ta oilaviy poliklinika, 4ta oilaviy shifokorlik punktlari   tomonidan  aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatib kelinmoqda, shu bilan birga aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaqinlashtirish maqsadida 2022-yildan 11ta mahalla   tibbiyot punkti faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi.

Sir emas, avvallari birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida oilaviy shifokor qabuliga kelgan aksariyat fuqarolarga dori-darmonlar retsepti yozib berilar, bu holat surunkali kasalligi bor va shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga, moddiy imkoniyati cheklangan oilalarga qiyinchilik tugʻdirardi. Endilikda  Sogʻlikni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida va tugʻuruqxonalarda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxati belgilandi.

Har bir fuqaro elektron dastur orqali oilaviy shifokorga biriktiriladi va doimiy muloqotda boʻlish uchun imkoniyat yaratiladi; Davlat tomonidan bepul taqdim etiladigan tibbiy xizmatdan foydalanadi; Asossiz dori vositalarini tavsiya etish va statsionarga yotishga chek qoʻyiladi. Natijada tibbiy xizmatlar uchun norasmiy toʻlovlar bartaraf etilib, fuqarolar sogʻlomlashtirish dasturlari bilan toʻliq qamrab olinadi.

Prezidentimizning 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq tuman Tibbiyot birlashmasi mutaxassislari  tomonidan tumandagi 49 OFY va MFYlarda, maktablarda, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, korxona va tashkilotlarda haftaning  dushanba kunlari “Stressga qarshi kurash kuni” deb belgilanib, stress keltirib chiqaradigan kasalliklar prolfilaktikasi, seshanba – “Tuz va shakarni cheklash kuni”da qandli diabetdan saqlanish, chorshanba – “Tamakisiz kun”da chekishdan voz kechishning afzalliklari, payshanba – “Sogʻlom ovqatlanish kuni”da sogʻlom ovqatlanish tamoyillari toʻgʻrisida “Salomatlik saboqlari”  tarzidagi suhbatlar oʻtkazilayotgani oʻzining ijobiy natijasini bermoqda.

Haftaning juma va shanba kunlari esa shifokorlar doimo xalq bilan birga piyoda yurish va “Salomatlik uchun ming qadam” tadbirlarida ishtirok etishadi.

Jismoniy faollikning inson salomatligiga ijobiy taʼsiri, gipodinamiya oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar profilaktikasi, aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sport, nafas mashqlari texnikasi, faol yurishning va jismoniy mashqlarning kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati, ayol-qizlar salomatligi kabi mavzularda tibbiyot birlashmasi, OP, OShPlar maydonchalarida, 30-sonli maktab sport zalida, OFY, MFYlar aholisi, muassasa, tashkilotlar xodimlari, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi, oʻquvchi va tarbiyalanuvchilari uchun gimnastrada, faol va sportcha yurish, sport musobaqalari tashkil qilinib, ishtirokchilarga tegishli maslahatlar beriladi.

Shunisi eʼtiborliki, tibbiy muolajalarni sport-sogʻlomlashtirish mashqlari bilan birgalikda olib borish xalqimizga ruhiy tetiklik, koʻtarinki kayfiyat baxsh etib, ularning salomatligi mustahkamlanishini taʼminlamoqda. TTBda esa aynan shu yoʻnalishda muolaja choralarini qoʻllash uchun barcha sharoitlarga ega fizioterapiya anjomlari, trenajyor zali, markaziy shifoxona hududida sport mashgʻulotlari olib borish uchun moʻljallangan maxsus maydoncha mavjud.

Yangilangan Konstitutsiyamizning 48-moddasida belgilab qoʻyilganidek, “Har kim sogʻligini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”. Bu borada aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Zero, inson, xalq sogʻlom boʻlsagina jamiyatda yuksak taraqqiyotga erishiladi.

J.YaVKAShEV,

TTB tashkiliy-uslubiy boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026