28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:15
Adabiyot 👁 346

AJINIYoZ IJODIDAN

AJINIYoZ IJODIDAN

Naryogʻida boʻlmaguncha

Asli buzuq soʻzni bilmas,

Nasihatga koʻngil bermas,

Aytganing quloqqa ilmas,

Naryogʻida boʻlmaguncha.

 

Yaxshilarni qadrlamas,

Hech narsani zehni ilmas,

Koʻrsatgan yoʻlingga yurmas,

Ong-esiga  quymagancha.

 

Qadrin bilmas tuqqan elning,

Farqin bilmas oltin, zarning,

Qadrin bilmas nagʻiz erning,

Boshiga ish tushmagancha.

 

Koʻrkamlarga  koʻngli toʻlmas,

Qatoriga nazar solmas,

Yaxshi yorning qadrin bilmas,

Bir yomona tushmaguncha.

 

Quvonib koʻngling joy boʻlmas,

Joy boʻlsa ham qulay boʻlmas,

Asrab olgan farzand boʻlmas,

Kamaringdan unmaguncha.

 

Bahosi yoʻq asil zotning,

Farqi koʻpdir odamzotning,

Qadri boʻlmas yaxshi otning,

Piyoda yoʻl oshmaguncha.

 

Qadrin bilgil barcha jonning,

Manglay terdan ungan donning,

Qadrin bilmas oshning-nonning

Besh kun zorin  tortmaguncha.

 

BORDUR

Urugʻim — qoʻngʻirotdur, millatim — qalpoq,

Kenagas, mangʻiti, xitoyi, qipchoq,

Tugʻishgan deydilar qalpogʻ-u qozoq,

Oʻn toʻrtga boʻlingan urugʻim bordur.

 

Bir eli — Xorazm, bir eli – Turon,

Urganch, Qoʻngʻirtov, shahri Samarqan(d),

Karvonlarim borur, Buxor*, Ashtarxon*,

Ne bir suluv-suluv shaharim bordur.

(*Buxoro, Astraxan shaharlari)

 

Sizning yoqdan koʻrkam uning dalasi,

Qavat-qavat qurilgandur qalʼasi,

Koʻpkari-uloqqa kengdur dalasi,

Koʻpkar-uloq oʻynar yigiti bordur.

 

Bizning elni oʻn toʻrt urugʻ deyarlar,

Qiz-juvoni qizil-yashil kiyarlar,

Hayit-toʻyda ot arava minarlar,

Ne bir goʻzal suluv qizlari bordur.

 

Qiz-yigiti javob aytar dastma-das(t),

Kiygan kiyimlari atlas-u adras,

Poyiga toʻshalar mashhadiy palos,*

Shohsanam, Shirindek qizlari bordur,

(*Mashhadiy palos — Eron palos toʻshagi)

 

Kotiblari olar kitob, qalamin,

Bir-biriga berar Tangri salomin,

Xoʻja Hofiz, Navoiydan sabogʻin,

Allanecha tolib kotibi bordur.

 

Uch oy chavogʻi bor, uch oy sogʻini,

Uch oy qovogʻi bor, uch oy qovuni,

Toʻrt mavsumga yetar aning taomi,

Ne bir shirin-shirin yemishi bordur.

 

Biri sutlimarak*,biri otchoʻqay*,

Soʻbigʻ*in yesangiz, shakar-asalday,

Jambilcha, qovuni shirinpachak* day,

Yiliga uch pishar mevasi bordur.

(*sutlimarak, otchoʻqay — chirmovuqqa oʻxshash oʻsimlik, butalar; shirinpachak — qovun nomi, pachak — shirinlik; soʻbiq — pishmagan gʻoʻra soʻta)

 

Bosh qalʼa deyarlar qadimda Turon,

Ibo-izzat bilan qiladi mehmon,

“Kelgindi” degan ot bizgadur yomon,

Xitoy, Qoʻngʻirot otli ellarim bordur.

 

Jayxun, Sayxun — ikki daryo orasi,

Tub saqa*miz — bir kishining bolasi,

Anas, Malik ikki elning bolasi,

Oti qoraqalpoq ellarim bordur.

(*saqa — suv yoʻlining — kanal, arnalarning boshlanish joyi. Bu yerda - «kelib chiqishimiz» maʼnosida)

 

Bizning elga erta kelur bahor, yoz,

Gʻanqildashib oqqush, gʻozi solar soz,

Bul bayozni yozgan mulla Hojiniyoz —

Ziyvarning gʻururli  ellari bordur!

 

KOʻNGLIM MENING

Ogʻa, beklar, koʻnglim yetim,

Ochilmas dumona mengzar,

Bir boshimdagi hasratim,

Girdobli ummona mengzar.

 

Umrimning qasri yiqilgan,

Iqbol kosasi toʻkilgan,

Xatsiz, qalamsiz bitilgan,

Bir ajab devona mengzar.

 

Dardimning yoʻq hech davosi,

Buzildi koʻnglim Xivasi,

Umidvor inson dunyosi,

Shavkatsiz davrona mengzar.

 

Orzular koʻzgusi singan,

Suvlar aspak boʻlib tingan,

Yetim koʻnglim — boyqush qoʻngan

Bir koʻshki ayvona mengzar.

 

Oshiq — yorsiz, bulbul — gulsiz,

Kiyik — choʻlsiz, soʻna — koʻlsiz,

Ziyvar aytur, yurtsiz, elsiz —

Odam  devonaya mengzar.

 

HAR YeRLARDA DILGIR, MUHTOJ BOʻLSANGIZ

 

Har yerlarda  dilgir, muhtoj boʻlsangiz,

Shunda belli (belgili) darkor narsa qimmati,

Nasib haydab, eldan ayro tushsangiz,

Shunda belli  uyda hazning lazzati.

 

Anglamay nodonga oshno boʻlsangiz,

Yaxshi emas soʻz ostida qolsangiz,

Duch kelib nomardga mehmon boʻlsangiz,

Shunda belli  gʻoʻch  yigitning xizmati.

 

Zehn aylab har nishona tushmoqqa,

Koʻngil qoʻyib, parvoz etib uchmoqqa,

Gʻam-qaygʻu, qafasda koʻngil ochmoqqa,

Shunda darkor shirin soʻzning lazzati.

 

Nomarddan bir narsa soʻrasa gʻarib,

Narsa barmas yuz ming borsa yolborib,

Yomonni oʻlimdan olsang qutqarib,

Boʻlmas hech bir sennan zarra rahmati.

 

Gʻoʻch yigitga tushsa qattiq savdolar,

Doʻsting zor yigʻlayur, dushman tabalar*,

Ketmas hech izasi, beglar, ogʻalar,

Gʻoʻch yigit nohaqdan tortsa tuhmat(n)i.

(*tabalar — bosqilar, tepkilar, mazax qilar).

 

Dunyoda Ziyvardek dardli kishi yoʻq,

Bedardlarning aning bilan ishi yoʻq,

Yolgʻonchida zarra koʻngil xushi yoʻq,

Yoʻqchilikdan har dam chekar zahmat(n)i..

 

NASIHAT

 

Mulla  Hojiniyoz, der mening otimni,

Said-Ali  derlar asli zotimni,

Men oʻqiyin, tinglang  yozgan xatimni,

Koʻrib shodu-xurram boʻling, yoronlar!

 

Kimlar kelib, kimlar ketdi dunyodin,

Bolasi ayrildi ota-onadin,

Otasi ham judo boʻldi boladin,

Jallod ajal oldi, biling, yoronlar.

 

Jallod ajal kelsa qilmas zoringni,

Tavba etib, tasadduq qil boringni,

Farq aylamas yoshlar  bilan qaringni,

Barchasin mavt qilar, biling, yoronlar!

 

Mulla boʻlsang, zoye qilma ilmingni,

Bandalikka mahkam bogʻla belingni,

Parhezkorlik bilan oʻtkar kuningni,

Haq yoʻliga xayr qiling, yoronlar!

 

Qozi boʻlsang, odil boʻlib yoʻl soʻrgʻil,

Boy, faqir-u bek, sultonga teng turgʻil,

Nahaq jabr etib, rishva* olmagʻil,

Xudoyingni  hozir biling, yoronlar!

        (*rishva – pora, harom)

 

Podsho boʻlsang, odildan qoʻy qozini,

Fuqaroning qish aylama yozini,

Soʻzla haqning oyat-hadis soʻzini,

Bemaʼni soʻzlarni aytmang, yoronlar!

 

Gʻaniy* boʻlsang, xayru-saxovat ayla,

Yetim-gʻariblarga  shafoat ayla,

Masjid bino qilib, ibodat ayla,

Xudoyimni yodga oling, yoronlar!

                     (*gʻaniy — boy, badavlat)

 

Mulla  Ziyvar aytdi buni yod etib,

Moʻminni quvontib, koʻnglin shod etib,

Qayda dushman boʻlsa, ani mot etib,

Koʻnglin   vahimali  qiling, yoronlar!

 

Mulla Ziyvar aytur koʻpdur koʻrgani,

Tavozeʼ, adabdur aning bilgani,

Qodir mavlum* zabonina bergani,

Haqdur debon tinglangizlar, yoronlar!

    (*Qodir mavlo, mavlum — Alloh subhanahu taoloning ismlaridan biri)

                

ChOR TARAFDAN MEHMON KELSA

 

Chor tarafdan mehmon kelsa kutmakka

Avvalo yigitga himmat – hol kerak.

Dil jam boʻlib uyda tinch yotmoqqa,

Koʻpgina behisob dunyo-mol kerak.

 

Yigit kerak daryo kibi toshmoqqa,

Koʻngil parvoz etar koʻkka uchmoqqa,

Uyga mehmon kelsa koʻngil ochmoqqa,

Adabli-arkonli oʻgʻil zot kerak.

 

Quloq sol, yoronlar, fahm-oʻgitga,

Meva bitmas qora tolga, savtga*,

Besh kun oʻynab-kulgan gʻoʻchchoq yigitga,

Qalam qosh, xipcha bel, qaddi dol kerak.

(*savt — oq tol, gujumni xorazmliklar savt

deyishadi.)

 

Tentakka – yumuruq*, majnunga – urush,

Jinniga – toʻbalash*, polvonga – tutish,

Bedovga yugurish, Buvdanga* yurish,

Yobiga* ham quyruq bilan yol kerak.

(*Yumuruq — musht; toʻbalash — mushtlashuv;

Buvdan — yuk yuklangan tuya; yobi — qarigan ot.)

 

Dehqonga yer kerak, urugʻ-u hoʻkiz,

Bulbulga gul kerak, nozboʻyu – afroʻz,

Baliqchiga daryo ichra yo  dengiz,

Kishti* kerak, yoʻqsa yekan sol kerak.

(*kishti – qayiq)

 

Yuk solmoqqa Chin – Mochinu* Buxoro,

Rus-u Noʻgʻoy, Xoʻjand yana Hirot(g)a,

Haq Bozirgon savdogari bozor(g)a,

Togʻ oʻrkachli alvon-alvon nor kerak.

(*Chin-Mochin – Xitoy)

Nashrga tayyorlovchi va tarjimon

Tursunboy Abdullayev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026