28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:37
Salomatlik 👁 416

HAYoT – BEBAHO, TIRIKLIK – BAXT

HAYoT – BEBAHO, TIRIKLIK – BAXT

Iroda oʻzini koʻrgani kelgan sinfdoshlarining oʻzaro suhbatlashib, shovqin-suron bilan chiqib ketganlarida orqasidan ham oʻkinch, ham havas bilan qarab qoldi. Axir u ham tengdoshlari qatori yayrab-quvnab chopqillab yurgisi keladi. Sogʻlom tengdoshlariga havasi keladi. Eh... qaniydi, uning ham oyoqlari oʻziga boʻysunganida... Aslida bunga oʻzi aybdor ekanligini eslash unga juda alamli.

Oʻsha kuni u ertalabki nonushta paytida arzimagan kofta uchun dilxiralik qildi. Onasi  “oylik olgunimizcha sabr qil, qizim”, deganida jahli chiqib ketdi.

– Boshqalar doim istaginini istagan vaqtda oladi, men doim oylikni kutishim kerak. Mayli, qoʻyavering, kerakmas. Hamma sinfdoshlarimdan keyin kiyishning menga hech qizigʻi yoʻq, – deb zarda bilan xonasiga  chiqib ketdi. Dadasining nasihatiga quloq ham solmadi.

Maktabga kelganida sinfxonada dugonalari kecha Malohat yangi olgan koftani maqtash bilan ovora edi. Kofta haqiqatan chiroyli, qizlar ham havas bilan  qarab, bugun, albatta, oʻsha doʻkonga borib ota-onasi oberishmoqchi ekanligini aytar, Malohat esa shunday xushbichim koftani birinchi  boʻlib kiyganidan faxrlanib oʻtirardi.

Darslari tugagach, maktabdan chiqayotgan qizlar uchun ham suhbat mavzui oʻsha kofta boʻldi.

– Boshqa gap yoʻqmi, namuncha bir koftaning maqtovini tugata olmadinglarmi, hali? – dedi ularga Iroda gʻashi kelib.

– Ha, alam qildimi, senda yoʻq-da, – deb sinfdoshi Rayhon uni chaqib oldi. Qizlar xandon otib kulishdi. Ularning masxaraomuz nigohi Irodaning yuragini oʻqday teshib oʻtdi. Yana koʻz oʻngida oilasidagi ertalabki ahvol jonlandi. Qachon mening ota-onam xohishlarimni vaqtida bajara olarkan-a degan  oʻy gʻazabini badtar oshirdi. Shunda... shunda u qizlardan tezroq uzoqlashmoq uchun serqatnov yoʻlni kesib oʻta boshladi. Oʻsha damda  u hech qanday xavfni his qilmadi, faqat ustidan kulgan qizlardan tezroq olisroq ketmoqchi boʻlgandi, xolos...

Agar oqibati bunchalar ogʻir boʻlishini bilganida edi...

U shifoxonada oʻziga keldi bir necha jarrohlik operatsiyalaridan soʻng sogʻayib uyiga keldi. Faqat... faqat uning oyoqlari oʻziga boʻysunmaydi. Eh... uning orzulari koʻp edi. Maktabni bitirib, oliygohga oʻqishga kirmoqchi, onasi kabi muallima boʻlmoqchi edi... afsus...

– Hayotda Iroda kabi arzimagan narsalar uchun iztirobga tushib, hayotini xavf ostiga qoʻyayotgan oʻspirinlar, yoshlar koʻp. Hatto oʻz joniga qasd qilishga urinayotganlar ham onda-sonda boʻlsa-da, uchraydi. Men oʻquvchilar bilan turli tadbirlar oʻtkazish orqali hayot, tiriklik qadr-qimmatini anglatishga intilaman. Chindan-da, hayotda shoʻx-shodon, baxtiyor yashash uchun sabablar bisyor. Shuning uchun arzimagan koʻngilsizliklarni deb yashashdan bezmaslik kerak, – deydi 32-sonli maktab amaliyotchi psixologi Mahliyo Karimova.

Haqiqatan ham hayot – bebaho neʼmat. Uni qadrlash, mazmunli va totli oʻtkazish esa har kimning oʻz qoʻlida.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026