Faxriylar aziz mehmon boʻlishdi
Yaqinda 38-sonli maktabda "Keksalarni eʼzozlash yili” munosabati bilan mazkur muassasada ishlab, ayni kunda nafaqaga chiqib, oilasi bagʻrida qarilik gashtini surib yashayotgan 30 nafardan ortiq faxriy oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvga kelgan mehmonlar avvalo oʻzlariga qadrdon maskanda bugungi kunda oʻquvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, taʼlim-tarbiya sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan tanishdilar, shogirdlari yutuqlaridan quvondilar.
Uchrashuv diydorlashuvlar, dildan suhbatlar bilan davom etdi. Olis xotiralar tillarga koʻchdi.
Yigʻilganlar hurmatli faxriylar Anabibi Polvonova, M.Matsafoyeva, Norgul opa Xudoyberganovalarning suhbatlarini miriqib tingladilar.
Maktab badiiy havaskorlari ishtirokidagi kuy-qoʻshiqlar barchaga manzur boʻldi.
Tadbir soʻngida aziz mehmonlarga maktab maʼmuriyati tomonidan bayram sovgʻalari topshirildi.
Navroʻz bayrami arafasida tashkillashtirilgan uchrashuv maktab oʻqituvchilar jamoasining ustozlariga hurmat-ehtiromi ramzi boʻldi, desak arziydi.
Inobat OTAJONOVA,
shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶