30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:30
Jamiyat 👁 354

Xotira va qadrlash kuni arafasida Afgʻon urushi faxriylari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda

Xotira va qadrlash kuni arafasida Afgʻon urushi faxriylari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda

Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida yoshi ulugʻ keksalarni eʼzozlash, nuroniylarga hurmat-eʼtibor qaratish kabi ezgu gʻoyalar mujassamlashgan.

Har yili butun mamlakatimiz boʻylab 9-may sanasi Xotira va qadrlash kuni sifatida munosib nishonlanib, sana munosabati bilan katta tadbirlar tashkil etiladi. Bayram arafasida yoshi ulugʻ nuroniylar, urush qatnashchilari holidan xabar olish, ularni yoʻqlash, bayram bilan tabriklash maqsadida uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etiladi.

Urushlar insoniyat tarixida doimo katta yoʻqotishlar va uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib kelgan. Birgina Ikkinchi jahon urushi millionlab odamlar oʻlimiga sabab boʻlib, bir necha oʻn yillar davomida insoniyatga katta iqtisodiy va ijtimoiy taʼsirini koʻrsatib keldi. Oʻtgan asrning 79-89-yillarida Afgʻoniston zaminida boʻlgan ayovsiz urush ham minglab vatandoshlarimiz umriga zomin boʻldi.

Shu sababli ham har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Oʻzbekiston veteran jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasi aʼzolari quroldosh doʻstlari, keng jamoatchilik bilan uchrashuvlar uyushtirib, oʻsha mashʼum kunlarni yodga oladi, yurtdoshlarimizni tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi.

Bu yil ham birlashma Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozov boshchiligida bir guruh afgʻon urushi ishtirokchilari tumandagi ovul va mahallarda uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil qildilar.

Xolimbeg ovulidagi 35-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi va oʻquvchilar ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuv mobaynida sobiq quroldoshlar urush va uning salbiy oqibatlari, tinchlikning ulugʻ neʼmat ekanligi borasida fikr-mulohazalar yuritdilar. Shuningdek, tadbir mobaynida maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Komiljon Oʻrazimbetovga sobiq Sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqilganiga 35-yil toʻlishi munosabati bilan medal topshirildi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Xolimbeg ovulidagi 73-sonli maktabda ham oʻtkazilib, tadbirda maktab direktori Zarifboy Xoʻjaniyozovga ham shunday medal topshirildi.

Afgʻon urushi faxriylari Mangʻit shahridagi 30-sonli maktabda ham boʻlib, mazkur maktabning sobiq oʻquvchilari, Afgʻon urushi qatnashchilari Shavkat Shomuratov, Farhod Avezov, Shavkat Saidboyevlar bilan uchrashdilar va ushbu quroloshlariga ham medallarni tantanali tarzda topshirdilar.

Shu kabi uchrashuv Arna boʻyi mahallasidagi 57-sonli maktabda ham boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda soʻzga chiqqanlar 1941-1945-yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok boʻlgan jasur va matonatli oʻgʻlonlar xotirasini yod etdilar hamda urush va mehnat frontida jasorat koʻrsatgan nuroniylarimizning eʼzozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar koʻzgusi ekanligini taʼkidladilar.

Harbiy xizmatga chaqirilishdan avval tumanning Bogʻ mahallasida joylashgan 13-sonli maktabda tahsil olgan, keyinchalik Afgʻonistondagi urushda ishtirok etgan Qadamboy Erimbetov, Hamro Sobirov, Ozod Xoʻjaniyozovlar ham Afgʻon zaminidan sobiq ittifoq qoʻshinlarini olib chiqilganiga 35-yil toʻlishi munosabati bilan taʼsis etilgan medallar bilan taqdirlandi. Jangchi faxriylar afgʻon urushida xizmat paytida halok boʻlgan askarlarning oilalari holidan ham xabar olib, ularni bayram bilan qutladilar hamda sovgʻalar berdilar.

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni eʼzozlash xalqimizga xos ulugʻ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulugʻ, nuroniylarga boʻlgan hurmat, eʼtibor diqqat markazidadir. Urush va mehnat fronti faxriylari, nuroniylar, afgʻon urushi qatnashchilari xolidan xabar olish, yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat koʻrsatib, jonini fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish esa har birimizning eng oliy burchimizdir. Zero, inson aziz, xotira – muqaddasdir.

Kirib kelayotgan qutlugʻ sana – Xotira va qadrlash kuni bilan barcha urush faxriylarini, front ortida mehnat qilgan nuroniylarimizni, barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!

Charos Arslonova, tuman hokiligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026