30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:05
Jamiyat 👁 371

Aholining uy-joyga boʻlgan huquqlarini eʼtirof etishga doir muammolar ijobiy hal qilinyapti

Aholining uy-joyga boʻlgan huquqlarini eʼtirof etishga doir muammolar ijobiy hal qilinyapti

Mamlakatimizda uy-joyga ega boʻlish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud boʻlishiga qaramasdan minglab fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joylarni noqonuniy barpo etish ishlari hududlarda koʻplab muamolarga sabab boʻlib kelayotgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyul kungi farmoni bilan Joʻqorgʻi Kengesning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqini, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlanib, mavjud muammolarni hal qilishga doir aniq vazifalar belgilandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholining uy-joyga boʻlgan huquqi amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish orqali aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan ushbu farmonga koʻra agar fuqaro uy-joydan 2018-yil 1-maygacha boʻlgan davrdan boshlab oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda soʻnggi besh yil uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi toʻlanganligi bilan tasdiqlangan boʻlsa, yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish uchun asos boʻladi.

Davlat kadastrlari palatasining Amudaryo tuman filialida tuzilgan ishchi guruh tuman hududidagi 4795 nafar jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarning kadastr hujjatlari yoʻqligini, shundan 2937ta uy-joylarning kosmik suratlari ushbu farmon talablariga mos kelishini aniqlagan.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining sessiyalarida yuqoridagi farmon talablariga javob beradigan va soliq organlaridan qarzdorligi boʻlmagan, belgilangan bir martalik yigʻimni toʻlagan fuqarolarga tegishli boʻlgan yer uchastkalariga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 2024-yil 22-may kungi 73-sessiyasi qarori bilan 501ta, 30-may kungi 74-sessiyasi qarori bilan 699ta turar joylar va yer uchastkalari roʻyxati tasdiqlangan va bu jarayon davom etmoqda. Endilikda mazkur yer uchastkalariga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Davlat kadastrlari palatasining Amudaryo tuman filiali xodimlari joylarga chiqqan holda aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazib, mazkur farmon bilan berilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar bermoqda. Shuningdek, 1737 ta uy-joylarning bir martalik yigʻimlarini toʻlashlari yuzasidan aholiga tushuntirish ishlari olib borilyapti.

Xususan, joriy yilning 7-iyun kuni Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tuman filiali boshligʻi Sherzod Sultanov va Beruniy mahallasi raisi Yoʻldosh Abdalovlar mahallada istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashdi.

Tadbirda masullar tamonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi farmonining mazmun-mohiyati hamda jarayonga tegishli boshqa masalalar tushuntirildi va fuqarolarga ogohlantirish xati berildi.

Aytish joizki, ushbu imtiyozdan foydalanish uchun huquqni eʼtirof etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasligi, yer uchastkasi boʻsh boʻlmasligi, unda qurilgan uy-joy yashash uchun moʻljallangan boʻlishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi shart. Bundan tashqari, yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, transport, aloqa va mudofaa maqsadlariga moʻljallangan yerlar, kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlar toifasiga kirmasligi, suv obʼektlarining sanitariya muhofazasi zonalarida, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalarida joylashmagan boʻlishi shart.

Aholi bilan uchrashuvlarda yer uchastkasiga ijara huquqi 1998-yil 30-aprelga qadar egallangan yerlar uchun 24 sotixgacha, 1998-yil 1-maydan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan yerlar uchun 6 sotixgacha hajmda eʼtirof etilishi tushuntirilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar. Agar Sizning ham yer uchastkangizning ijara huquqini, bino va inshootlaringizning mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa, Davlat kadastrlari palatasining tuman filialiga murojaat qiling. Shuningdek, ism-sharifi manzilli roʻyxatda koʻrsatilgan fuqarolar oʻzi istiqomat qilayotgan ovul hamda mahalla fuqarolar yigʻini binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borishlari lozimligini eslatib oʻtamiz.

Sherzod Sultanov, Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tuman filiali boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026