30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:38
Jamiyat 👁 462

SOBIQ SINFDOShLAR 35-YILDAN SOʻNG UChRAShDILAR

SOBIQ SINFDOShLAR 35-YILDAN SOʻNG UChRAShDILAR

Bolalik – begʻuborlik, yoshlik–bahor, deydilar. Shu bois, inson bir umr bolalik va yoshlik xotiralari ogʻushida yashaydi, ana shu xotiralardan maʼnaviy kuch oladi, qilgan xatolarini toʻgʻrilashga, ezgu ishlarini bir-bir xayol koʻzgusidan oʻtkazib, sarhisob qilishga, hayotidan koʻngli toʻlganida ana shu bolalik va yoshlik damlariga oshno doʻstlari bilan diydorlashishga intiladi. Ayniqsa, bolalikdagi qadrdon doʻstlari bilan uchrashganda bu xotiralar uygʻonadi, bor boʻy-basti bilan namoyon boʻladi. Doʻstona, samimiy suhbatlar, qadrdonlik mehri ularni yanada jipslashtiradi,

Bundan 35-yil avval Amudaryo tumanidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabini bitirib, mustaqil hayotga yoʻllanma olgan sobiq sinfdosh doʻstlar yana oʻzlariga taʼlim-tarbiya berib, oq-qorani tanitgan, mustaqil hayot sari parvoz maydoni vazifasini oʻtagan jonajon maktabi bagʻrida jam-ul jam boʻldilar.

Baland gujumlar soya solgan maktab hovlisida uchrashib, bolalik xotiralari ogʻushida bir muddat sayr qilgan qadrdon doʻstlarni qoʻngʻiroq jaranggi yana sinfxonalarga chorladi. Sobiq sinfdoshlar bundan 35-yil avval ustozlaridan ilm sirlaridan saboqlar olgan partalarga oʻtirib, begʻubor bolalik shoʻxliklarini esladilar. Oʻzlariga taʼlim tarbiya bergan ustozlarining oʻgit-nasihatlarini tinglab, dildan suhbatlashdilar.

Hayot tasodiflarga, bemavrid yoʻqotishlarga toʻla. Sinfxonadagi boʻsh partalarga qadalgan doʻstlarning nigohi Allohning irodasi bilan maʼlum sabablarga koʻra hayotdan erta ketgan qadrdonlarini izladi. Sinfdoshlar doʻstlari haqidagi xotiralarni yodga olishib, oʻtganlarning ruhlarini shod etish maqsadida qabrlarini ziyorat qildilar. Uchrashuv tadbiri davomida oʻtganlarning ruhlariga Qurʼon oyatlaridan tilovatlar qilindi.

Shundan soʻng uchrashuv ustoz-u shogirdlar va tadbir mehmonlari bilan fayzli dasturxon atrofida davom etdi. Soʻlim Amudaryo sohilida, ona tabiat bagʻrida sobiq sinfdoshlar davrasi yanada maroqli taassurotlarga boy boʻldi.

Qadrdon doʻstlar bir-birlariga, ustozlariga oʻzlari hayotda erishgan yutuqlari, ayniqsa, oilasi, farzandlari xususida soʻzlab berdilar. Kuy-qoʻshiqlar tinglab, 35-yildan keyingi diydorlashuv onlaridan mamnun boʻlishib, raqsga tushdilar.

Uchrashuv yakunida turmush taqozosiga koʻra, har qaysisi Amudaryo tumanining va mamlakatimizning turli hududlarida umrguzaronlik qilayotgan sobiq sinfdoshlarni bitta davra atrofida jamlab, diydorlashuv tadbirini tashkil qilishda fidoyilik koʻrsatgan Gulshodaxon, Gʻulomjon va Qumrixon sinfdoshlariga chin dildan minnatdorchilik bildirishdi.

Sobiq sinfdoshlarning diydorlashuv tadbiri biri-biridan shirin taassurotlar ogʻushida oʻtdi va oʻzaro mehr-oqibat tuygʻularidan koʻngillar obod, yana uzoq yillar eslab yurishga arzigulik farahli onlarga boy boʻldi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026