30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:41
Jamiyat 👁 280

Bu yerda “lager”dan qochmaydigan, zukko bolajonlar bor...

Bu yerda “lager”dan qochmaydigan, zukko bolajonlar bor...

“Qaldirgʻoch” yozgi dam olish oromgohidagi taassurotlar

Dunyoning eng goʻzal tabiatga ega joyi Shveytsariya boʻlsa, Amudaryoning eng goʻzal, bahavo joyi Doʻrman ovuli boʻlsa ajab emas. Ijodiy guruhimiz bilan “Qaldirgʻoch” bolalar yozgi dam olish oromgohi tomon yoʻlga tushar ekanmiz, Doʻrmanning suluv koʻchalarida koʻnglimizdan ajib tuygʻular kechdi: toza havo, yam yashil tabiat, baxtli bolakaylarning shodon qiyqirigʻi...

Yaqinda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan Uchinchi Renessans sari” nomli grant loyihasi doirasida ushbu oromgohga tashrif buyurdik. Tashrifdan maqsad – bolajonlarni tumanimizdagi yozuvchi va shoirlarning, jurnalistlarning ijod mahsullaridan bahramand qilish va ularning madaniy hordiq chiqarishiga hissa qoʻshish.

Dastlab, oromgohning musiqa toʻgaragi faoliyati bilan tanishdik. Ruslan Ismailov rahbarlik qilayotgan ushbu toʻgarakda bolajonlar “Onajon – Vatan” qoʻshigʻini birgalikda joʻr boʻlib kuylashdi. Soʻng, tahririyat xodimlari, ijodkorlar Shahzod Anvar va Aziza Madrahimova bolakaylarning qiziqishlari bilan oʻrtoqlashdi. Bolajonlar yod olgan sheʼrlaridan, oʻqigan ertaklaridan parchalar oʻqib berishdi.

Shundan soʻng, davra suhbati boshlandi. Davra suhbatini tumanimizdagi 84-sonli maktab direktori, “Qaldirgʻoch” bolalar yozgi dam olish oromgohi rahbari Erkinboy Qurbonboyev ochib berdi va olib bordi.

Ijodiy va koʻtarinki kayfiyatda boshlangan davra suhbati tumanimizning isteʼdodli ijodkori, shoir Shomurod Xoʻjanov sheʼrlari bilan davom etdi. Keyin esa, navbat Shahzod Anvar sheʼrlariga berildi. Ijodkor bolajonlarning orzu intilishlari, kitoblarga boʻlgan mehri, kitob oʻqishning ahamiyati toʻgʻrisida aytib oʻtdi. Va davradagi bolajonlarning yod olgan sheʼrlarini maroq bilan tingladik. Umidjon Shukurullayev, Boburjon Rajapov, Sevinchoy Hamroyeva, Nodirbek Ibragimov, Sevinchoy Rajabbayeva, Behruzbek Farhodov hamda Sarvar Yangiboyev kabi oromgoh dam oluvchilari oʻzlarining begʻubor orzularini bayon etib, Vatanni madh etuvchi sheʼrlaridan oʻqishdi.

Ijodkor Aziza Madrahimova esa bolajonlarga “Oʻzbekiston bolalari madhiyasi” nomli sheʼridan parcha oʻqib berib, kichkintoylarni kelajakda komil inson boʻlish uchun ilm olishga, kitoblarga doʻst tutinishga daʼvat etdi.

Darvoqe, bugungi kunda ushbu oromgohda tumanimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 500 nafar bolajonlar miriqib dam olishmoqda. Tongni ertalabki badantarbiya bilan boshlaydigan shoʻx bolakaylar kun davomida kompyuter, sport, musiqa toʻgaraklariga qatnashishadi. Kechqurun esa bolajonlarga sheʼriyat kechalari uyushtirilib turiladi.

Dunyoning qaysidir burchagidagi bir jajji qalb oʻq ovozidan choʻchib uygʻonadi, yana biri qorni toʻyib ovqat yemaydi... Bizning ona Oʻzbekistonimizda esa jajjilarimiz yozda mana shunday dam olish oromgohlarida, istirohat bogʻlarida, ota-onalari bagʻrida baxtli bolalik gashtini surib ulgʻaymoqda. Buning uchun esa, faqat shukur qilish kerak. Qoʻldan kelganicha yaxshilik qilmoq, ezgulik ulashmoq joiz.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026