30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 17:37
Jamiyat 👁 3,445

ONA TABIATNI ASRAYLIK!

ONA TABIATNI ASRAYLIK!

Qipchoq Davlat oʻrmon xoʻjaligida "Oʻrmon toʻgʻrisida”gi, "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi "Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonunlarining bajarilishini taʼminlash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat oʻrmon xoʻjaliginining davlat oʻrmon fondi maydonlari jami 16469 gektar boʻlib, shundan oʻrmon bilan qoplangan maydonlari 3124 gektarni, madaniy oʻrmonzorlar 180 gektarni, siyrak oʻrmonzorlar 480,2, yaylovlar 2800, qumliklar 2576, boshqa yerlar esa 6878 gektarni tashkil qiladi. Oʻrmon xoʻjaligida Nazarxon va Qipchoq oʻrmon tuzilmalari mavjud boʻlib, oʻrmon fondi yerlari toʻrtta oʻrmon aylanmalariga biriktirilgan. Oʻrmon xoʻjaligining asosiy vazifalari mavjud oʻrmonlarni saqlash, qoʻriqlash, koʻpaytirish, madaniy oʻrmonlar barpo qilish, niholxonalarda mevali, dorivor va manzarali daraxt koʻchatlarini yetishtirishdan iborat. Oʻrmon xoʻjaligimizda "Qipchoq Davlat oʻrmon xoʻjaligining 2015-2017-yillarga moʻljallangan rivojlanish dasturi” asosida rejaviy ishlar amalga oshirilmoqda.

Dasturda joriy yilda 65 gektar maydonda madaniy oʻrmonzorlar bunyod etish, 2,3 gektarga mevali va manzarali daraxtlar urugʻidan, 0,7 gektar yerga qalamcha ekish, niholxonalarni tashkil etish hamda ushbu dastur asosida dorivor oʻsimliklar turkumiga kiradigan 30 gektar shirinmiya (boʻyon) plantatsiyasi, 1,4 gektar yerga chilonjiyda koʻchatlarini ekishga kirishildi. 10 gektar yerga oshqovoq va 5 gektar yerga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridan ekish, asalarichilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlarini yetishtirish hamda 2015-yilda 100 tonna shirinmiya (boʻyontomir), 500 kilogramm isiriq kabi dorivor oʻsimliklar tayyorlash rejalashtirilmoqda. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan rejalarni amalga oshirish, yerlarni ekishga tayyorlash, texnika taʼminoti, yoqilgʻi-moylash manbalari zahirasini yaratish, tayyorlanadigan dorivor va ozuqabop oʻsimliklar xom-ashyosini sotish boʻyicha "Oʻzfarmsanoat” DAK korxonalari bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzish ishlari olib borildi.

Joriy yilning 1-aprel holatiga oʻrmon xoʻjaligining qum hududiga 38 gektar yerga saksovul koʻchatlari, niholxonalarga esa 14 turdagi mevali va manzarali daraxt urugʻlari ekildi. "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, "Oʻrmon toʻgʻrisida”gi va "Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari ijrosini taʼminlash maqsadida oʻquv muassasalari va aholi oʻrtasida keng tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilganligi bois, tumanimizda yil sayin yashil daraxtzorlar maydoni kengayib bormoqda.

Oʻrmonzorlarga koʻp miqdorda ziyon yetkazadigan holat - bu oʻrmon yongʻini boʻlib, oʻsimlik va hayvonot dunyosi jiddiy zararlanadi. Oʻrmonlarda oʻrmon yongʻinining oldini olish va unga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida har yilning mart oyidan boshlab oʻrmon yongʻini xavfsizligi mavsumi boshlanadi. Tuman hokimining "Qipchoq oʻrmon xoʻjaligiga qarashli oʻrmonzorlarda yongʻinning oldini olish va unga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori asosida korxona-tashkilotlar, dehqon-fermer xoʻjaliklari, ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlari rahbarlariga, shu hududda yashovchi aholiga mavjud oʻrmon daraxtlarini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, yongʻinga qarshi chora-tadbirlar koʻrish, tumanda ekologik muhitni yaxshilash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Oʻrmon fondi yerlari bilan chegaradosh hududlarda dala atroflarini, ariq va zovurlarni tozalash paytida yongʻinning oldini olish maqsadida qamishzorlarga oʻt qoʻymaslik, aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan noqonuniy chopib, oʻgʻirlash holatlari, brokonerlar va oʻrmon qonunbuzarlariga nisbatan tegishli choralar koʻrish topshirildi.

Oʻtgan yili oʻrmon qoʻriqchilari tomonidan 6 ta oʻzboshimchalik bilan daraxt kesish holatlari aniqlanib, 4145,6 ming soʻmlik oʻsimlik dunyosiga keltirilgan zarar aybdorlardan undirildi.

2014-yil davomida 58 gektar yerdagi oʻrmonzorlar tabiiy tiklanishiga erishildi, oʻrmon zararkunandalariga qarshi kurash ishlari 168 gektar maydonda olib borildi.

Xulosa oʻrnida aytish kerakki, oʻrmon - milliy boyligimiz. Uni asrash esa burchimizdir.

R.DOSMANOV,

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori v.v.b.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026