5-iyun - Butunjahon atrof-muhit kuni
Insoniyatni tabiatdan ayro holda tasavvur etiş qiyin. Tabiatning holati inson hayoti, salomatligi va kelajagiga bevosita taʼsir qiladi. Ammo sanoat rivoji, aholi ösişi va resurslardan haddan taşqari köp foydalaniş global ekologik muammolarni keltirib çiqardi. Ana şu şaroitda insoniyatni tabiatga bölgan munosabatini qayta körib çiqişga çaqiriş maqsadida har yili 5-iyun sanasi Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qiliş kuni sifatida dunyo miqyosida keng nişonlanadi.
Uşbu ekologik bayram BMT Boş Assambleyasining 1972-yil 15-dekabrda ötkazilgan 27-sessiyasida taʼsis etilgan bölib, bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakatda nişonlanadi. Anjumanda şuningdek, yangi taşkiliy tuzilma —Atrof-muhit muhofazasi böyiça BMT Dasturi — YuNEPga asos solingan. Şundan beri YuNEP rahbarligida har yili butun jahonda atrof-muhit kuni nişonlanadi. Bayramning asosiy maqsadi — insoniyat eʼtiborini tabiat, uni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va ekologik barqarorlik masalalariga qaratişdir. Bu kun nafaqat ekologlar, balki har bir fuqaroning tabiatga bölgan munosabatini qayta körib çiqiş, uni muhofaza qilişda şaxsiy masʼuliyatini anglaşga daʼvat etuvçi sana sifatida ahamiyat kasb etadi.
Nega aynan 5-iyun? Bu sana tasodifiy emas. Aynan şu kuni Şvetsiyaning Stokgolm şahrida BMTning Atrof-muhit masalalariga bağişlangan xalqaro konferentsiyasi öz işini boşlagan edi. Bu ekologik sana barça insonlarni tabiat muhofazasiga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanişga, jamoatçilik ongida ekologik madaniyatni şakllantirişga xizmat qilişi lozim. Aslida, bu kun insonni nafaqat öylaşga, balki amaliy harakatlarga çorlaydi.
Sönggi yillarda Özbekistonda ham atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş, sof tabiatni kelajak avlodlarga bezavol yetkaziş maqsadida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
2021-yildan boşlab amalga oşirilayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi ekologik soğlom muhitni şakllantirişda muhim örin tutmoqda. Unga köra, har yili 200 milliondan ortiq daraxt va buta köçatlari ekiladi. Bu nafaqat havo sifatini yaxşilaş, balki iqlim özgarişiga qarşi kuraşişda ham samarali çora hisoblanadi. Eng muhimi, bu loyiha odamlarda tabiatga eʼtibor, hurmat va masʼuliyat tuyğusini kuçaytiradi.
Özbekiston uçun eng oğriqli ekomuammolardan biri — Orol dengizi fojiasidir. Davlar rahbari boşçiligida uşbu muammoni hal etiş maqsadida qurib qolgan Orol tubida örmonzorlar yaratiş, tuproq eroziyasining oldini oliş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Orolböyi mintaqasida örmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkaziş möljallangan. Bu esa nafaqat tabiatni tiklaş, balki Orolböyi aholisining hayot sifati va ekologik xavfsizligini oşirişga xizmat qiladi.
Ekologik barqarorlikka erişiş uçun qonunçilik asoslarini takomillaştiriş zarur. Şu maqsadda “Ekologik nazorat töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. Unda nazoratning şakllari, uslublari, davlat va jamoatçilikning roli aniq belgilab berilgan. Bu, öz navbatida, atrof-muhitga taʼsir qiluvçi faoliyatni samarali boşqariş, huquqbuzarliklarning oldini olişga yordam beradi.
Özbekiston qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratayotgan davlatlardan biriga aylanmoqda. 2025-yilda mamlakatda 3,5 GVt quvvatdagi yaşil energiya manbalari va 1,8 GVt energiya saqlaş tizimlarini işga tuşiriş rejalaştirilgan. Bu nafaqat tabiatni muhofaza qiliş, balki energetika tizimini zamonaviylaştiriş, yangi iş örinlari yaratiş va iqtisodiy ösişga xizmat qiluvçi muhim omildir.
Atrof-muhitni asraşda jamoatçilik ongini yuksaltiriş, ayniqsa yoş avlodni tarbiyalaş juda muhim. Şu boisdan, mamlakatda ekologik taʼlim va madaniyatni rivojlantiriş böyiça yangi kontseptsiya qabul qilindi. Bu kontseptsiya asosida millionlab bolalar va öquvçilar ekologik bilim va tarbiya olişmoqda. Ularning tabiatga mehr va hurmat bilan qaraşi kelajakda soğlom jamiyat va sof muhitni taʼminlaşning muhim kafolatidir.
Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qiliş kuni bayram sifatida nişonlanişi bilan bir qatorda insonni tabiatga nisbatan bölgan munosabatini qayta körib çiqişga ham undaydi. Tabiat — bizga berilgan eng buyuk neʼmat. Unga eʼtiborsizlik kelajak avlodlarning hayotiga tahdid soladi. Yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli loyihalar va taşabbuslar inson va tabiat örtasidagi muvozanatni saqlaş, sof muhitni asraş hamda barqaror taraqqiyot sari intilişda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiat — bizning umumiy uyimiz. Uni asraş — umuminsoniy burç!
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶