93 yoshli pir-u badavlat onaxon
Jumagul momo Jumaniyozova umr boʻyi el-yurt farovonligi yoʻlida mehnat qilib, ayni kunda mehnatlarining rohatini koʻrayotgan keksalarimizdan biridir. U dastlab yurtimizning ishga yaroqli erkaklari Ikkinchi jahon urushiga safarbar etilgan vaqtlarida Mangʻit MTSda traktorchilar tayyorlash qisqa kursini bitirib, traktorchilik qildi. Yogʻochsoz usta boʻlgan otasiga koʻmakchi boʻldi. Kanal qazuvlarida qatnashdi. Qiz bola boʻlsa-da, zabardast gavdali, chaqqon va oʻtkir soʻzli edi, qanday ish boʻlsa-da erkaklardan kam ishlamasdi.
Urushdan soʻng, to nafaqaga chiqqunicha xalqqa savdo xizmati koʻrsatishda namunali mehnat qilgan Jumagul momo Jumaniyozova hozir 93 yoshda. Hozir ham tetik, soʻzlari maʼnoli, qatʼiy. Yoshlarga oʻz boshidan oʻtgan qiyinchilikli yillarni hikoya qilib, ularni bugungi dorilomon kunlar qadriga yetishga chaqiradi.
- Bugungi farovon hayot, tinch-osoyishta zamonning qadriga yeting, yanada yaxshi yashash uchun intiling, - deya uqtiradi. Oʻzi esa gazeta-jurnal, turli badiiy va maʼrifiy kitoblarni oʻqishdan hech charchamaydi.
Suratda: Jumagul momo Jumaniyozova.
M.ShOMURODOV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶