XUShYoRLIK – DAVR TALABI
Yaqinda tuman hokimligida yigʻilish oʻtkazildi. Unda tuman hokimligi, huquq-tartibot organlari masʼullari, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlardan vakillar qatnashdi.
Fuqarolar yigʻinlari raislari, "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan yigʻilishda "Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi toʻgʻrisida” Qonunining mazmun-mohiyati boʻyicha keng tushuncha berildi. Shuningdek, fuqarolarning odam savdosi, missionerlik va boshqa xatarlar girdobiga tushib qolishlarining oldini olish, noqonuniy ravishda chet ellarga ish izlab ketish holatlariga chek qoʻyish boʻyicha tushunchalar berildi.
Yigʻilish soʻngida "Osoyishta sarhad – barchamizniki” nomli videofilm namoyish qilindi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.
(Foto - http://zakovat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶