Mening oʻgʻillarim – Vatan himoyachisi
Ota-ona uchun farzandlarining kamolini koʻrishdan ham ulugʻroq baxt boʻlmasa kerak. Men ana shunday baxtga musharraf boʻlgan insonlardan biriman. Farzandlarim Davronbek bilan Nurbekjonlar ona Vatanga xizmat qilishdek sharafli kasbni tanlashganidayoq ich-ichimdan quvonib: "mening oʻgʻillarim Vatan himoyachilari boʻladi!” – deganman gʻurur bilan.
Katta oʻgʻlim Davronbek Oʻrinov 2001 yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtini tugatib, Sirdaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida, ikkinchi oʻgʻlim Nurbek Oʻrinov Toshkent axborot texnologiyalari Universitetining maxsus fakultetini tugatib, Toshkent viloyatidagi harbiy qismlarning birida xizmat qilmoqda.
Men har gal harbiy oʻgʻillarim bilan uchrashganimda ona Vatan himoyasiga qodir farzandlarning otasidek sharafli nom bilan yashayotganimdan faxrlanaman.
Ilohim, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ona Vatan posbonlari hamisha postlarida sergak, omon boʻlsin!
Davlatboy Oʻrinov,
"Oʻrta qalʼa” ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶