01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 07:36
Jamiyat 👁 4,432

OGOH DILLAR MAFLUB BOʻLMAYDI

OGOH DILLAR MAFLUB BOʻLMAYDI

Oʻzbekiston moziydan bagʻrikeng, diniy bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik yuksak qadr topgan mamlakat. Mamlakatimiz tarixida biron marta ham etnik boʻlinishlar, bir-birovni kamsitish, bir millat bilan boshqa millat oʻrtasida, bir din vakillari bilan boshqa dinga eʼtiqod qiluvchilar oʻrtasida nizolar boʻlmagan va hamisha insoniy tuygʻular ulugʻ tutilgan. Oʻzbekiston zaminida  islom, xossatan, xristian, yahudiy, bahoiy jamoalari va krishnani anglash jamiyati hamda ular bilan birgalikda turli din oqimlari va yoʻnalishlari vakillarining tinch-osoyishta, eʼtiqodda emin-erkin yashab, mehnat qilayotganlarining oʻzi diniy bagʻrikenglikning mazmun va mohiyati, maqsadi naqadar ezguligidan dalolatdir.

"YoGʻOChNING BOʻShINI QURT YeYDI DOIM”

Hozir XXI asr. Zamon oʻzgargan, turli siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy va ijtimoiy voqealarga nisbatan dunyoqarashlar ham... oʻzgargan.

Asrlar davomida insoniyatga ezgulik, yaxshilik va odamiylik timsoli, maʼnaviy tarbiya vositalaridan biri boʻlib kelgan islom dinining inson hayotida tutgan oʻrni, uning kishi ruhiyatini boshqarishdagi salohiyati juda katta. Islom dinining ana shu benazir salohiyatidan aksariyat gʻaraz niyatli kuchlar oʻzlarining qabih maqsadlarini amalga oshirishda foydalanayotgani ham XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib  bormoqda. Chunonchi, bugungi davrimizda asrlar davomida shakllangan millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik, etnik sabr-toqat kabi maʼnaviy qadriyatlarning ildiziga bolta urishga, aynan shu maʼnaviy qadriyatlarni soxtalashtirishga xizmat qiluvchi omillar, kuchlar, guruhlar, oqimlar kun sayin urchib, maʼnaviyat sohasi gʻoyaviy kurash maydoniga aylanib qoldi. Baʼzan ochiqdan-ochiq, baʼzan esa yashirin ravishda uyushtirilayotgan mafkuraviy xurujlar siyosiy kuchlar koʻzlagan natijalarni bermagach, dunyo  xalqlarining, xususan, oʻzbek xalqining ham maʼnaviyatini izdan chiqarishga oshkora urinishlar yuz  bermoqdaki, maʼnaviyatga qaratilgan har qanday tahdid bilimi sayoz, ayniqsa, diniy savodsiz, ishonuvchan kishilarni oʻz domiga tortmoqda. Chunki, bunday kishilarni xohlagan tomonga egib olish osonligini gʻoyaviy dushmanlar juda yaxshi biladilar. Axir buyuk rus masalchisi Krilov "Yogʻochning boʻshini qurt yeydi doim”, deb bejiz xulosa chiqarmagan. Ulugʻlardan biri mafkurani "maʼnaviy qilich” deb ataganini esga olsak, mafkura maydonidagi "maʼnaviy qilichbozlik” sahnasi bugungi yuksak taraqqiy etgan davr uchun yanada xavfliroq tus olib borayotgani hech kimga  sir emas. Demak, bugungi maʼnaviy tahdid kuchlari internet tarmogʻidagi minglab buzgʻunchi saytlar orqali xalqimizning boy maʼnaviy dunyosini yemirish, parchalab tashlash uchun qilichlarini qayrab turganlarini bir lahza ham unutishga haqqimiz yoʻq.

Internet tarmogʻiga in qurgan saytlarning aksariyati diniy ekstremizm, terrorizm, egotsentrizmni targʻib qilishini hisobga olsak, bu kabi mafkuraviy xurujlar maydonidagi "maʼnaviy qilichbozlik” qanday noxush oqibatlarga olib kelishini anglash aslo qiyin emas. Bunday "maʼnaviy qilich” domiga boshini tutib berayotganlarning aksariyati yoshlar ekanligi yanada xatarli.

 

OʻZINI ANGLAGAN OʻGʻIL

Yaqin tanishlarimdan birining oʻgʻli qoʻshni davlatda ishlab, ikki yil deganda uyiga qaytdi.

- Oʻgʻlim boshqacharoq boʻlib qaytdi, - dedi bir kuni onaizor. – Uyga kel, sen ham bir gaplashib koʻr.

Bordim, onasi kuyib-pishganicha bor ekan. Oʻzga davlatda R.N. ismli bu oʻgʻil faqat ishlab pul topmabdi, diniy-ekstremistik tashkilotlardan birining vakili bilan "doʻstlashibdi” ham. "Tabligʻchilar”da unday ekan, "Nurchilar”da bunday”, qabilida sof islomiy haqiqatlarni inkor etuvchi adabiyotlar haqida soʻz yuritib, oʻzining "ancha narsani bilib olgani” haqida gapirdi.

- Menga qara, - dedim "bilimi gʻovlab ketgan” oʻgʻilga, - Imom al-Buxoriy kim?

- Bir musulmondir-da... – dedi-yu duduqlanib qoldi, - d-dindor.

- Xoja Ahror Valiy, Yusuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshbandiy,Moturidiy, Margʻinoniylar-chi?

Oʻgʻil boshini egib qoldi.

- Qurʼoni Karimdan biron oyatning mazmunini bilasanmi?

-...

- Bilmaysan, oʻsha sen ishlab qaytgan joyda seni "oʻqitmoqchi” boʻlganlar tilga olgan "Tabligʻchilar” ham, "Nurchilar” ham haqiqiy islom dinini buzib talqin qilishgan.

Men unga haqiqiy, sof islomiy tushunchalar haqida gapirdim. Alloh taolo Qurʼoni Karimda "Hammangiz Allohning arkoni (Qurʼon)ni mahkam tuting va firqalarga boʻlinmang” ("Oli Imron” surasi, 103-oyat) deb marhamat qilganini, yuqorida tilga olingan diniy oqimlar ayrim manfaatparast kimsalarning oʻylab topgan mafkuraviy sahna koʻrinishlaridan biri ekanligini, diniy savodli boʻlish uchun qanday adabiyotlarni oʻqishi kerakligini tushuntirdim.

Shunda oʻgʻil chet davlatda oʻzi guvoh boʻlgan bir holat haqida hikoya qildi: Oʻzbekistondan borib, har xil qurilish ishlarida yollanib ishlayotgan yoshlarni oʻz yoʻllaridan ogʻdirish maqsadida xorijda ozod-erkin, toʻkin-sochin jannatiy hayot vaʼda qilayotganlar asosan ishni diniy adabiyotlar targʻibotidan boshlashini, agar ularning aytganlarini qilishsa, mukofotlar berishlarini aytarkan:

- Endi-chi, nima qilmoqchisan?  - soʻradim.

- Koʻp narsani bilmas ekanman, opa, - deydi u. – Haqiqiy islomiy taʼlimot haqidagi siz aytgan adabiyotlarni topib oʻqiyman. Tumanimizda namunali uy-joylar qurilishini olib borayotgan qurilish tashkilotlaridan biriga ishga kirdim. Nasib qilsa, oliygohga hujjat topshirish niyatim bor...

Yaxshiyamki, oʻgʻil ortiga qaytdi. Yaxshiyamki, u diniy-ekstremistlar qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib qolmasidan oʻzini angladi. Hayot yoʻlini ezguliklar tomon burdi u. Qani endi, boʻsh vaqtlarini internet olamidagi buzgʻunchi saytlarga kirish bilan oʻtkazayotgan ayrim oʻgʻil-qizlarimiz ham ana shu oʻgʻil kabi oʻz qalblariga quloq tutsalar, toʻgʻri yoʻldan adashmasalar...

 

OʻZINI VA SOʻZINI ANGLAMAGAN MALʼUNLAR

Agar  eʼtibor bergan boʻlsangiz, keyingi paytlarda Oʻzbekiston televideniyesining kanallari orqali efirga ketma-ket uzatilayotgan toʻgʻri yoʻldan adashgan kimsalar haqida hikoya qiluvchi  koʻrsatuvlarda bir oiladan bir emas ikki, hatto uch nafar yoshlar oʻz oilasi, ota-onasi yuziga oyoq qoʻyib, tugʻilib-oʻsgan yurtigaxoinlik qilganliklari va ularga nisbatan ota-ona, el-yurt nafrati cheksizligiga guvoh boʻlayotirmiz.

Yo alhazar! Bu yoshlarga nima yetishmayotirki, birlari hatto davlat granti asosida taʼlim olib yurib, nufuzli oliy taʼlim dargohi talabasi boʻlaturib, diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilotlar qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib ulgurishgan. Yana birlari xorijda xorzorlikda oʻlim topishgan. Vatanda esa...

Ne koʻrgulikki, Vatanda onaizor kulfat va uyatdan zor qaqshab, oʻgʻlidan voz kechib turibdi. Ne umidlar bilan voyaga yetkazgan jigargoʻshasini oq qilayotir ona shoʻrlik. Onaning boshi egilgan, otaning qaddi bukilgan, opa-singillarning yuzlari shuvut. El-yurt, mahalla-koʻy xoin oʻgʻillar dastidan "dod!” deb vijdon oʻtida qovurilgan.

Endi ayting, azizlar, oila tinch, ota-ona, mahalla, Vatan tinch, qoʻshni-qoʻshnisining hurmatini joyiga qoʻyib, bir-birlariga mehr-oqibat koʻrsatib yashayotgan yurtdan bosh olib ketish, chetdan turib, Vatan gʻanimlari va xoinlarining buyrugʻi bilan oʻzi tugʻilib oʻsgan yurtiga oʻq uzishga taraddudlanish bu sotqin, malʼunlarga nega kerak boʻlib qoldi?

Xalqimizda "oʻzini anglagan soʻzini anglaydi”, degan purmaʼno hikmat bor. Boisi, oʻzini anglagan inson eng avvalo oʻzligini, aytar soʻzini anglaydi. Soʻzini anglagan inson esa oʻzgalar diliga yoʻl topa oladi. El-yurtiga ezguliklar urugʻini sochib yashaydi. Vatan xoinlari – ular na soʻzini, na oʻzini anglaydilar. Balki ular oʻzgalar tomonidan boshqariladigan maʼnaviy qashshoq, odamzot shaklidagi robotlardir. "Ot”, desalar otib, "oʻl”, desalar, oʻlib ketishga tayyor turishadi ular. Bundaylar uchun insoniy fazilatlar begona. "Hizb-ut tahrir”chimi, "Tabligʻchilar” yoki "Qora sallalilar”mi, "Nurchilar” yo boʻlmasa eng ashaddiy terrorchi tashkilot IShIDchilarmi, qaysi ekstremistik va terrorchi  tashkilot aʼzolari boʻlishidan qatʼiy nazar, istagan paytlarida oʻz yaqinlarini, ota-onasi va kindik qoni tomgan ona yurtini sotishga, xonavayron etishga tayyor.

 

Loqaydlik – maʼnaviy halokatdir

Shu bois, biz oʻsib kelayotgan yosh avlodni, muhtaram Prezidentimiz qayta-qayta taʼkidlaganlari kabi: "ayniqsa, yoshlarni eʼtibordan chiqarmasligimiz lozim. Agar bugun biz ular bilan shugʻullanmasak, "boshqalar” shugʻullanishi va aks holda keyin kech boʻlishi mumkin. Chunki, azaldan maʼlumki, beparvo odam dushmandan ham xavfliroqdir”. Sababi, dushmanning kimligini, asl qiyofasini anglash oson. Loqayd va beparvo odamning qiyofasini ham,maqsadini ham anglash oʻta qiyin. Aynan shunday loqayd odamlar "menga nima?” qabilida yashab, shaxsiy manfaat qullari sifatida shundoq ichimizda, oyogʻimiz ostida oʻralashib yuradilar va eng xavfli bombadan ham xavfliroqdirlar.

Prezidentimiz oʻzlarining "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahlil etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilganligini taʼkidlab oʻtganlar: "Dushmanlardan qoʻrqma – nari borsa, ular seni oʻldirishi mumkin. Doʻstlardan qoʻrqma – nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qoʻrq – ular seni oʻldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir boʻlaveradi”.

Soʻzim muxtasarida shuni qayta-qayta taʼkidlashni istardimki, loqaydlik – eng avvalo maʼnaviy halokatdir. Illoh-billoh maʼnaviyatimiz tanazzulga yuz tutmasin, jamiyatimizda maʼnaviy boʻshliq yuzaga kelmasin. Har lahza ogoh, har lahza hushyor, har lahza eʼtiqodda sobit boʻlgan elni hech qanday kuch magʻlub etolmaydi. Maʼnaviyatimizga, yurtimizdagi millatlararo totuvlikka, tenglik va tinchlikka, dinlararo bagʻrikenglikka chetdan turib qilinayotgan har qanday tahdid – bu xalqimizning erkinligiga va demakki, shaxs erkiga qarshi tahdiddir. Unga qarshi kurashish, ogoh yashash xalqimiz erkinligini, totuvlik va tinchligini himoya qilishdir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

(Foto - http://protoday.globalproart.com)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026