01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:44
Jamiyat 👁 2,757

JASUR JANGChI XOTIRALARI

JASUR JANGChI XOTIRALARI

Yaqinda Ikkinchi jahon urushi faxriysi, "Qipchoq” ovuli markazida istiqomat qiluvchi, ayni kunda toʻqson ikkinchi bahorni qarshilayotgan tabarruk inson Oʻtamurod bobo Bozorboyev xonadonida boʻlib, u bilan samimiy suhbatlashdik. Bu oddiy, kamtar, ochiqkoʻngil, inson bilan suhbatlashishning gashti va zavqi boshqacha.

U urush voqealari haqida hikoya qilarkan, jumladan shularni aytdi.

- Men 1943-yil martda Qipchoq tuman harbiy komissariatidan oʻz tengqurlarim bilan birga jangga otlandim. Dastlab Xivada uch oylik harbiy-taktik mashgʻulotlarni ado etdik. Bu yerga Qoraqalpogʻiston boʻyicha yigitlar toʻplangan edi. Oʻsha paytda men oʻn toʻqqiz yoshda edim. Bizlar daryo paroxodiga va unga tirkalgan barjalarga minib, Moʻynoqqa yetib keldik. U yerda dengiz kemasiga chiqib, katta Aralsk portida tushdik. U yerdan bir eshelon boʻlib poyezdda yoʻlga chiqdik va Chelyabinsk viloyatidagi Chubarkul stantsiyasiga yetib bordik. U yerdan bizlarni 1-Ukraina fronti tomon joʻnatishdi. Xarkov shahri tomon yoʻl oldik. Bu paytda Xarkov dushmandan endigina ozod qilinib tozalangan ekan. Qolgan-qutgan dushmanga sezdirmaslik uchun tuni bilan yayov yoʻl yurib, u yerga yetib bordik. Ertasiga Dnepr daryosidan kechib oʻtish uchun bir necha yuzlab qaragʻay daraxtlarini kesib undan katta-katta sollar yasadik va bu sollarga harbiy texnikalarni yuklab, daryodan omon-eson oʻtib oldik. Negaki, ilgari daryoga qurilgan katta koʻprik dushman tomonidan buzib tashlangan ekan. Daryo boʻyida joylashgan Dnepropetrovsk shahri yaqinidagi bir qishloqda dushmanning qoldiq kuchlari bilan yuzma-yuz kelishimizga sal qoldi. Darhol mudofaa uchun okoplar qazidik. Shu payt dushman tanklari biz tomonga oʻq yogʻdirib kela boshladi. Biz ularga yetarli qarshilik  koʻrsata olmadik. Chunki bizda tankka qarshi otadigan qurollarimiz yoʻq edi. Tanklar ustimizga yetib kelganda bizlar okopda yotib oldik. Tanklar esa okoplarni rosa ezgʻilab, aylanib-aylanib ketdi. Mening yonimdagi 13 nafar jangchilarning  10 nafari okop tubida qolib ketdi. Bir amallab tuproq ostidan yer yuzasiga chiqib oldim. Qolgan 2 nafar jangchilarning tuproq tagidan chiqishiga yordam berdim. Keyin oldimizdagi qishloqqa  yetib borganimizda uchta nemis bombardimonchi samolyotlari bizlarni ayovsiz ketma-ket bombalay ketdi. Bu dahshatli bombalardan yeru osmon bir boʻlib qoldi. Bir payt qarasam, yonimga tushgan bomba tuprogʻi  tagida koʻmilib qolibman. Bir quroldosh jangchi doʻstim meni zoʻrga tuproq ostidan kovlab olibdi. Men kontuziya boʻlgan ekanman. Bu 1943-yil oxirlarida yuz bergan edi. Yangi 1944-yilni Saratov gospitalida kutib olib, may oyigacha davolandim...

Shunday ogʻir damlarni boshidan kechirgan  Oʻtamurod bobo  urush tugagach ona yurtiga qaytib kelib, oilali boʻldi va baxtli hayot kechirdi.

- Hozirgi kunda 25 nevara va 30 evaralar  davrasida baxtli hayot kechirmoqdaman. Mening yagona tilagim endi hech qachon yer yuzida urush boʻlmasin! Har kuni, har soatda va hamisha tinchlik qadriga yetaylik. Bugungi obodlik va farovonlik tinchlik tufaylidir, - deydi tabarruk inson Oʻtamurod bobo Bozorboyev duoga qoʻl ocharkan.

Ha, tinchlik – oliy qadriyat. Uning qadriga yetishni barchamizga muyassar qilsin!

 

Qobul ShOMURODOV.

Suratda: Oʻ.Bozorboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026