01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:43
Jamiyat 👁 2,866

ELIM DEB EVRILGAN JON

ELIM  DEB  EVRILGAN  JON

Ayolning joni qirqta boʻladi, degan gap bor xalqimizda. Mening  nazarimda xalqimiz boshidan kechgan ogʻir yillarda elda roʻshnolik boʻlsin, deb halovat bilmay erkaklar bilan baravar el tashvishini yelkalagan ayollar uchun bu taʼrif ozdek. Ularning boshidan oʻtkazgan mashaqqatlarini, ogʻir mehnatlarini toʻla taʼriflash ham mushkul.

Doʻrmanlik ilk oʻqituvchilardan biri, Ikkinchi jahon urushining zaxmatli yillarida ham maktabda oʻqib, ham paxtachilik brigadasida tabelchi boʻlib ishlagan, bolalikning zavqli oʻyin lahzalarini tirikchilik tashvishiga almashgan va bir umr eldoshlarini, ularning farzandlarini ilmu maʼrifatli qilishdek ezgu niyat bilan yashab oʻtgan Tojigul Yusupova ana shunday moʻʼtabar ayollarning biri edi.

U 1926-yilda tugʻildi. Sobiq Lermontov nomli (hozirgi 20-sonli) maktabning 6-sinfida oʻqib yurgan begʻam, betashvish kunlarida Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Ovulning ishga yaroqli erkaklari Vatan himoyasiga otlandi va dehqonchilik, paxtachilikning, oilaning butun tashvishlari ayollar zimmasiga tushdi. Hali maktab oʻquvchisi boʻlgan Tojigulni zehnli, xat-savodli boʻlgani uchun brigadaga tabelchi qilib qoʻyishdi. 7-sinfda oʻqib yurgan kezlarida esa oʻqituvchilar yetishmaganligi uchun Mangʻitdagi oʻqituvchilar tayyorlash qisqa kursiga yuborishdi va uni tugatgach, oʻzi oʻqigan maktabga oʻqituvchi qilib tayinlashdi. Keyinchalik Xivadagi pedagogika bilim yurtida oʻqib, oʻz bilim va malakasini oshirdi. Qilichboyning ilk ayol muallimalaridan biri boʻlgan Tojigul Yusupova eldoshlari, ularning farzandlarini ilmu maʼrifatli qilish uchun halovat bilmay mehnat qildi. Kunduzlari ovul bolalariga boshlangʻich sinflarda dars bersa, kechalari kechki savodsizlikni tugatish kurslarida kattalarga saboq berdi. U yorugʻ kunlar kaliti ilmda ekanligini hammaga tushuntirishga, elni savodli qilishga intildi.

Urush tugagach, oʻzi kabi murabbiy Rahimboy Otajonov bilan turmush qurib, 10 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi,  oila, farzand, maktab, kasbi tashvishlarini baravar ado etdi.

Bugungi kunda Qilichboy elida Tojigul Yusupovadan saboq olib, hayotda oʻrnimni topdim, deydiganlarning soni koʻp. Uch nafar oʻgʻli ota-ona kasbini tutishdi. Qolganlari ham turli kasb-hunarning egalari, elda eʼzozli insonlar boʻlib yetishdilar.

Tojigul Yusupova 1994-yil 6 mayda Yurtboshimiz Farmoniga koʻra, "Shuhrat” medali bilan, 1995-yilda "1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 50 yilligi” yubiley medali bilan taqdirlangan, davlatimizning bu eʼtiboridan, eʼtirofidan oʻzida yoʻq sevingan edi. Umrining farogʻatli damlariga tinimsiz shukronalar aytib oʻtirgan onaxon 2009-yilda vafot etdi.

Shundan beri oradan yillar  oʻtayapti. Matonatli va fidoyi ayol – tilidan shukrona tushmagan, nolishni bilmay oʻtgan Tojigul Yusupovaning hayot yoʻli barchaga oʻrnak boʻlgulik ekanligiga iqror boʻlaman. Shu boisdanda mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanayotgan ushbu damlarda onaxon haqida yozishni oʻzimning burchim, deb bildim.

Oygul RAJABOVA, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026